www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
Xuvaylid qizi haqida o’ylar ekan, uning go’daklik chog’larini esladi. Uning ilk qadamlari,
yengil harakatlari, mehribon va ma’sum qarashlari ko’z oldidan o’tdi. Hursand bo’lib,
Allohga shukur aytganicha, o’z-o’ziga dedi: “Qanday odamlar-a… Bulardan ham zolimroq
kimsa bormi?! Qanday qilib, o’z qizlaridan jirkanadilar?! Bunchalik berahm bo’lishmasa?!
Axir, nobud bo’lga norasidalar orasida Xadicha singari ma’sum checheklar qancha?! Ha,
chindan ham Xadicha hovlimizdagi hushbo’y rayhon, ko’nglimizning quvonchidir…” Keyin
u qizini huzuriga chaqirdi. Nasihatlar qildi. Qizini odob bilan bosh egib turishini ko’rib,
ich-ichidan quvondi. Porloq yuziga, go’zal qomatiga nazar tashlarkan, Xadichaning qo’lini
so’rab kelayotgan sovchilar ko’z oldidan o’tdi. Biroq u bu haqida gapirishning hali
mavridi emas, deb o’yladi. Qolaversa, sovchi qo’ygan yigitlarning aksariyati Xadichaga
emas, balki dunyo ziynatlariga ko’ngil qo’yishgani va faqat obro’li xonadonga kuyov
bo’lishni rejalashtirganini yaxshi anglar edi.
Xadicha qo’ni-qo’shnilar orqali o’ziga kelayotgan sovchilar haqida eshitar, bu haqida gap
ketarkan, beixtiyor yuzi qizarib, nima deyishni bilmay qolar edi. U erga tegish haqida
bosh qotirmas, ko’proq o’z ishlari bilan band bo’lardi. Chunki otasining diyonatli inson
ekanini bilar, uni albatta yaxshi honadonga, solih insonga uzatishiga ishonar edi. Zero,
otasi muruvvat va sahiylik sifatlari bilan ziynatlangan kishi edi. Makka shayhlari yosh
yigitlardek havolanganda, u o’zini o’ta kamtar tutardi. Xuvaylid har bir ishni tarozuga
solib ko’radigan, ma’suliyatni his qiladigan, hakim va dono kishi edi. U har qanday
holatda ham sahovat va ezgulik tamoyilidan og’ishmasdi.
Kunlarning birida kech payti Xuvaylidning hovlisiga Bani Mahzum qabilasidan mehmonlar
kelishdi. Ular shunchaki mehmonlar emasdi. Ziyofat, o’zaro suhbat uzoq davom etdi.
Mehmonlar hayr-hush qilib uylariga qaytishgach, Xuvaylid ham hujrasiga kirdi. Uni xotini
Fotima intiqlik va hayajon bilan kutardi. Xuvaylid gapni cho’zmasdan muddaoni bayon
qilib qo’ya qoldi. Fotimaning yuzi yorishdi. Erining qarori unga ham ma’qul kelgan edi.
Ular shod-hursand holda hujradan chiqdilar. Xuvaylid dam olish uchun qurilgan so’riga
borib o’tirdi. Ipakdan tikilgan qimmatbaho ko’rpa-bolishga yonboshlab, o’yga toldi.
Xotini ham kelib yoniga o’tirdi. Keyin qizi Xadichani chaqirdi. Qizi tezda, lekin uyalibgina
ko’rinish berdi. Ulardan sal uzoqroqda to’xtadi.
Xuvaylid qiziga tabassum bilan qarab: “O’tir, Xadicha, - dedi. – Sen bilan bir masala
yuzasidan fikrlashmoqchiman. Qani, sen nima der ekansan?! Gaplarimini yaxshilab
tinglab, o’ylab javob ber”.
Do'stlaringiz bilan baham: |