Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
128
ishlar bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Ular butun mavjudotlar ichida hech bir jonzot qilmagan
ishni qilib, erkaklarning orqasiga yaqinlik qilar va boshqa munkar ishlarni amalga oshirar
edilar.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytgan ekanlar: «O‘nta xislat Lut qavmi amallaridandir:
sochni silliq qilib tarash,
tugmalarni qadamay yurish, yong‘oq otish, mayda tosh otish,
kaptar uchirib o‘ynash, barmoqlar bilan hushtak chalish, bo‘g‘imlarni qirsillatish, izor
(ishton)ni uzun qilib sudrab yurish, ustki kiyimlar (chakmon)ning
orqasini kesish, mast
qiluvchi ichimliklar ichishga mukkasidan ketish va erkaklarga yaqinlik qilish».
Rivoyat qilishlaricha, to‘rt toifa odamlar Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan holda tong
orttirib, Allohning qahrini keltirgan holda kunni kech qiladilar: O‘zlarini erkaklarga
o‘xshatuvchi ayollar, o‘zlarini ayollarga o‘xshatuvchi erkaklar,
hayvonga yaqinlik qiluvchi
kimsa va erkaklarga yaqinlik qiluvchi kimsa.
Rivoyat qilishlaricha, agar bir erkak boshqa bir erkakning ustiga chiqsa, Arsh Alloh
taoloning g‘azabidan qo‘rqqanidan titrab ketadi. Osmonlar ham yerga qulab tushishiga
bir bahya qoladi. Shunda farishtalar osmonning har tarafidan tutib: «Qul
huvallohu
ahad»ni oxirigicha o‘qiydilar. Shundagina, Alloh azza va jallaning g‘azabi bosiladi.
Asarlardan birida kelganki, yetti toifa odamlarga Alloh qiyomat kunida qaramaydi, ularni
(gunohlaridan) poklamaydi, butun olamlar (barcha mavjudotlar) bilan birga to‘plamaydi
va ularni do‘zaxga birinchilar qatorida kirgizadi.
Agar tavba qilsalar, bu uqubatlardan
xalos bo‘ladilar. Zero, kimki tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. (Ular:) qo‘liga
aloqa qiluvchi va qildiruvchi, mast qiluvchi narsalarga mukkasidan ketgan kimsa, ota-
onasiga qo‘l ko‘taruvchi, hattoki ular
uning dastidan dod deydilar, qo‘shnilariga ozor
beruvchi, hattoki uni odamlar la’natlaydilar va qo‘shnisining xotini bilan aloqa qiluvchi
kimsa.
Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida bir toifa odamlar zinodan qo‘llari homilador bo‘lgan
holda tiriladilar. Ular bu dunyoda olatlarini o‘ynagan bo‘ladilar.
Yana bir rivoyatda keladiki, quyidagilar Lut alayhissalom qavmi amallaridandir: narda
o‘ynash,
kaptar uchirib musobaqa qilish, it urishtirish, qo‘chqor suzishtirish, xo‘roz
urishtirish, hammomga lungisiz kirish, o‘lchov va tarozidan urib qolish. Bu ishlardan
birontasini qilgan kimsaga vayl bo‘lsin.
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Agar bachchavoz tavba qilmay o‘lsa,
qabrda to‘ng‘izga aylanadi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Erkak yoki
ayolning orqasiga yaqinlik
qilgan kimsaga Alloh azza va jalla qaramaydi» (Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).
Abu Said Sa’lukiy aytgan ekanlar: «Yaqinda bu ummatda «bachchavoz» degan qavm
paydo bo‘ladi. Ular uch toifa bo‘lib, bir toifasi qaraydigan, boshqa toifasi qo‘l
ushlaydigan, uchinchi toifasi mana shu ishni qiladigan bo‘ladi».
Ayol va o‘spiringa shahvat bilan qarash ham zinodir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytganlarki: «Odam farzandiga zinodan bo‘lgan nasibasi bitilgan bo‘lib, u bu