Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
Boshqa bir hadisi sharifda: «Kimki Alloh va oxirat kuniga ishonar ekan, unda yaxshi gap
gapirsin yoki sukut saqlasin», deyilgan (Muttafaqun alayh).
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Tiliga egalik qilgan, uyi sig‘dirgan va xatolariga yig‘lagan kishiga jannat bo‘lsin»,
dedilar (Tabaroniy rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Mo‘min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, axloqsiz va behayo so‘zlovchi bo‘lmaydi»
(Termiziy rivoyati).
Alloh taolo lutf-marhamati ila barchamizni tillarimiz yomonligidan saqlasin. Albatta, u
saxovatli, marhamatli zotdir.
Foyda: Musannif rahimahulloh aytadilar: «Kim pok ekanliklarini
tasdiqlovchi oyat
tushganiga qaramasdan, Oisha roziyallohu anho onamizga tuhmat qilsa, u Qur’onni
yolg‘onga chiqargan kofir hisoblanadi va o‘ldiriladi».
Qirq birinchi gunohi kabira
LA’NAT AYTISH
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, o‘ldirish
esa kufrdir» (Muttafaqun alayh).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish bilan
barobardir» (Muttafaqun alayh).
Abu Dardodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«La’natlovchilar
qiyomat kunida shafoatchi ham, guvoh ham bo‘lmaydilar» (Muslim
rivoyati).
Imom Muslim rivoyat qilgan boshqa bir hadisda: «Siddiq kishi la’natlovchi bo‘lishi durust
emas», deyilgan.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Mo‘min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, axloqsiz va behayo so‘zlovchi
bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati).
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Agar banda biron narsani la’natlasa, la’nat osmonga ko‘tariladi.
Biroq osmon
eshiklari uning qarshisida yopiladi. So‘ng yerga qaytadi. Biroq uning qarshisida yer
eshiklari ham yopiladi. Keyin o‘ngga-so‘lga yuradi. Agar biron imkon (qo‘nimgoh)
topmasa, mabodo la’natlangan kishi munosib bo‘lsa, unga qaytadi. Munosib bo‘lmasa,
aytgan odamga qaytadi» (Abu Dovud rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tuyasini la’natlagan ayolni tuyasidan mahrum
qilish bilan jazolaganlar.
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
Imron ibn Husayn roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
safarda edilar. Bir vaqt ansoriy ayollardan biri achchiqlanib,
minib kelayotgan tuyasini
la’natladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni eshitdilar-da: «Ustidagi narsalarni
olib, o‘zini qo‘yib yuboringlar. Zero, u mal’un-la’natlangandir», dedilar. O‘sha tuya
odamlar orasida yurgani-yu, unga hech kim tegmaganini men hozir ham ko‘rib
turgandekman» (Muslim rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kishi birodarining or-nomusiga tajovuz
qilishi eng katta sudxo‘rlikdir» (Bazzor rivoyati).
Amr ibn Qays aytgan ekanlar: «Agar kishi uloviga minsa, ulovi: «Ey Allohim, uni menga
mehribon hamroh qilgin», deydi. Agar uni la’natlasa: «Alloh
va rasuliga osiy
bo‘lganlarimizga Alloh azza va jallaning la’nati bo‘lsin», deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: