O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARI KAFEDRASI
“PARDOZBOP VA ISSIQLIK IZOLYATSIYA MATERIALLARI” fani bo’yicha
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Polimer pardozlash materiallari. Ularning xom ashyosi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va qo’llanilishi
Bajardi: 47-18 guruh talabalar
Karimov Abdurahmon
Botirov Davron
Tekshirdi: Mo’minova N. A
Toshkent-2021
Kirish. - Kirish.
- Asosiy qism
-Polimer pardozlash materiallari. -Polimer pardozlash materiallari xom ashyosi. -Ishlab chiqarish texnologiyasi -Qo’llanilishi - Xulosa.
Reja :
Tarixda ma`lum davrlarni tosh asri bronza asri va temir asri deb atalgan. Chunki, bu davrlarda tosh, bronza va temir as osiy konstruksion material hisoblangan. Yaqin o`tmishdagi XVIII va XIX asrlarni metallar asri deb atash mumkin. Chunki, bu davrlarda asosiy konstruksion material sifatida qora va rangli metallardan foydalanilgan.
XX asrda esa xalq xo`jaligining barcha sohalarida metall va uning qotishmalari bilan birgalikda metallmas materiallar: polimer, plastmassa, kauchuk, rezina, beton, temirbeton, sopol va boshqa konstruksion materiallardan yasalgan konstruksiyalar, elementlar va detallar keng qo`llanildi. Xususan, po`latdan qattiq va po`kakdan yengil plastiklar yaratildi, mashina va samolyot dvigatellari sopoldan yasaldi, beton va temirbetondan ulkan inshootlar bunyod qilindi. Shuning uchun bu asrni shartli ravishda metall va metallmaslar asri deb atash mumkin.
Mutaxassislar tomonidan biz yashayotgan XXI asr plastiklar asri bo`lishi ta`kidlangan. Chunki, bu asrda plastmassalar asosiy konstruksion materialga aylanadi.
Hozirgi vaqtda sanoatda yog`och va metallar bilan birgalikda plasmassalar ham keng ko`lamda ishlatilmoqda. Chunki, yog`och va metallarga nisbatan plasmassalarning tannarxi arzon hisoblanadi.
Kirish.
Polimer pardozlash materiallari.
Pardozlash-bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan
binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush
izolatsiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari, ko‘pchilik to‘suvchi
polimer materiallardan ham pardozlash-bezak ishlarida foydalaniladi.
Pardozlash list materiallariga qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar,
«poliform«, «polidekor» panellar va boshqalar kiradi.
Qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar avvaldan fenol-formaldegid,
karbamid-formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog‘ozni
issiq holatda presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 1000–3000,
eni 600–1600, qalinligi 1–5 mm list ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, bo‘rtma gulli, relyefli
matbaa usulida tayyorlangan qog‘ozdan yasaladi. Odatda, rasm
yog‘och (dub, yong‘oq, yasen, buk) teksturasini, qimmatbaho
toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) ko‘rinishini ifodalaydi.
Qalinligi 1,6 mm bo‘lgan plastiklar asosga bitum-rezinali, epoksidli,
rezortsin-formaldegidli yelim va mastika bundan qalin plastiklar
mix, shurup bilan mahkamlanadi. Qog‘oz qatlamli plastiklar
madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini pardozlash va
mebel tayyorlashda ishlatiladi.
Yog‘och-tolali pardozlash plitalari
Do'stlaringiz bilan baham: |