3-ma’ruza
Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi.Web-sahifa yaratish
texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish.
Kompyuter grafikasi va uning turlari
Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar
Kompyuterlarning o‘zaro turli ma’lumotlar, programmalar almashish maqsadida
biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi. Kompyuterlar uchun bunday tarzda (tarmoqqa
biriktirilgan holda) foydlanish juda ko‘p afzaliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‘iga
ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida
hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib, har bir bo‘lagini alohida tarmoq
kompyuterida tayyorlash mumkin. Kompyuterlarning fizik jihatidan birlashtirilishi (simlar yoki
boshqa yo‘llar bilan) tarmoq o‘zidan-o‘zi ishlaveradi degani emas. Tarmoqdagi kompyuter
tarmoq OT boshqaruvida ishlaydi.
1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida
DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba tarmog’ini tashkil
etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan
iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo’lishi
edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog’i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga
o’zgartirdi.
80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta’sir protokollari standartlashtirildi.
Boshlang’ich variant TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi
bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil
etildi. ARRANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa
tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil
ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot
yordamidagina kirish mumkin edi.
Kompyuter tarmoqlarining asosiy vazifalari
•
Tarmoq abonentlari orasidagi axborot almashuvini ta’minlash;
•
Abonentlar uchun umumiy axborot resurslarini tashkil qilish;
•
Turli axborot spektrlarini yagona kanallarga mujassamlashtirish;
•
Telekommunikatsion tizimlarni konvergensiyalash (infokommunikatsion tarmoqni
tashkil etish).
1970-1980 yillarda ushbu masalalarni xal etishda axborotni "markazlashtirilgan" qayta ishlash
tizimlaridan foydalanish keng tus olgan edi. Katta moddiy harajatlar talab qiluvchi elektron
hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash
quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini
cheklanishiga olib keldi. Qolaversa markaziy EHM ning biror bir qismining qisqa vaqtga
bo‘lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun oir oqibatlarni keltirdi. Bu esa informatsion tizim
foydalanuvchilarining barchasining ishini to‘xtatishga olib keldi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p
mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular
Do'stlaringiz bilan baham: |