Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Xamr, shak-shubhasiz, barcha nopok ishlarning onasi bo‘lib, ko‘plab hadislarda uni
ichgan odam la’natlangandir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va
har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Kimki bu dunyoda
xamr ichsa va uni ichishga
odatlangan holda vafot etsa, oxirat sharobini ichmaydi» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud,
Termiziy rivoyati).
Jobir roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir mast
qiluvchi narsa haromdir. Mast qiluvchi ichimlikni ichgan kishini «Tiynatul xobal»dan
(chiqindilar aralashmasi) sug‘orish xususida Alloh huzurida ahd, qat’iy qaror bor»,
dedilar. «Yo
Rasululloh, «Tiynatul xobal» nima?» deb so‘rashgan edi, «Do‘zax ahlining
terlari yoki do‘zax ahlidan ajralgan suyuqliklar», deya javob berdilar» (Muslim rivoyati).
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Kim bu dunyoda xamr ichsa-yu,
so‘ng u uchun tavba qilmasa, oxiratda sharobdan mahrum bo‘ladi» (Muslim rivoyati).
Ibn Abbos rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim xamrga
mukkasidan ketgan holda Allohga yo‘liqsa, U zotga xuddi butparast singari yo‘liqibdi»,
dedilar» (Ibn Hibbon rivoyati).
Ya’ni, xamr ichishni halol deb bilgan kimsa butparast bilan barobardir.
Xamrga mukkasidan ketgan
kimsa tavba qilmay vafot etsa, jannatga kirmasligi xususida
Abu Dardo roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
«Xamrga mukkasidan ketgan kimsa jannatga kirmaydi!»
Boshqa bir hadisda: «Uch toifa odam jannatga kirmaydi: xamrga mukkasidan ketgan,
qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzgan va sehrni tasdiq qilgan kimsa», deyilgan (Imom
Ahmad, Tabaroniy va Abu Ya’lo rivoyati).
Alloh mastning bironta yaxshiligini qabul qilmaydi. Bu xususda Jobir ibn Abdulloh
roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytadilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi
va ularning bironta
yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayiniga qaytib, qo‘lini uning
qo‘liga qo‘ymagunicha, erini g‘azablantirgan – norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi
bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha» (Tabaroniy,
Ibn Hibbon, Ibn
Huzayma, Bayhaqiy rivoyati).
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim xamr ichsa, qirq
kungacha namozi qabul qilinmaydi.
Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Bordi-
yu qaytib ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh
tavbasini qabul qiladi. Yana ichsa, qirq tong uning namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba
qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Mabodo, to‘rtinchi marta qaytib ichsa,
qirq kungacha
namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qilmaydi. Alloh undan
g‘azablanadi va uni Xobal daryosidan sug‘oradi», dedilar».
Bir kishi Ibn Umar roziyallohu anhudan: «Ey Abu Abdurahmon, Xobal daryosi nima?»
deb so‘ragan edi, u: «Do‘zax ahlining yiringlari oqadigan daryo», deb javob berdilar