www.ziyouz.com kutubxonasi
137
Fasl
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu xamr ichishni gunohi kabiralarning eng kattasi deb
bilganlar.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Abu Bakr, Umar va boshqa kishilar
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin o‘tirib eng ulkan gunohi
kabiralar haqida zikr qildilar. Bu borada ular ilmsiz bo‘lib, meni Abdulloh ibn Amrdan
so‘rab kelish uchun yubordilar. U kishi menga: «Eng katta gunohi kabira xamr ichish»,
dedilar. Qaytib kelib ularga bu gapni aytgan edim, buni inkor qilishdi va barchalari turib
uning hovlisiga yo‘l olishdi. U kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday
deganlar: «Bani Isroil podshohlaridan biri bir kishini tutib, uni xamr ichish yoki odam
o‘ldirish, yoki zino qilish, yoxud to‘ng‘iz go‘shtini yeyish va yo o‘zini qatl etishlaridan
birini tanlash ixtiyorini bergan edi, u xamrni tanladi. Xamrni ichganidan keyin esa, undan
nimani talab qilishsa, tap tortmadi. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Kimda-kim xamr ichsa qirq kecha uning namozi qabul qilinmaydi. Qovug‘ida biron
tomchi xamr bo‘lgan holida vafot etsa, aniqki, u sababli unga jannat harom bo‘ladi.
Bordi-yu, u qirq kecha mobaynida vafot etsa, johiliyat o‘limida o‘lgan bo‘ladi», deb
ularga xabar berdilar» (Tabaroniy, Hokim rivoyati).
Fasl
Xamr aqlni o‘tmaslashtiradigan, aql ko‘zini ko‘r qiladigan narsa bo‘lib, uning ho‘lu
qurug‘i, yeyimligu ichimligi bir xil zararlidir.
Nasha o‘simligi yaprog‘idan tayyorlanadigan narsa (nasha) ham harom bo‘lib, xamr
ichgan kishi singari, uni chekkan kishiga ham had-darra uriladi. Chunki u ham «Har bir
mast qiluvchi narsa xamrdir» hadisiga binoan xamrning bir turidir.
Nasha aql va fe’l-atvorni buzib, kishini dayus, xotinchalish qilib qo‘yishi va bundan
boshqa salbiy xususiyatlari bilan xamrdan battarroq bo‘lsa, xamr urish-janjal, qotillikka
olib borishi bilan nashadan yomonroqdir. Biroq ikkalasi ham Allohni zikr qilishdan va
namozdan to‘sadi.
Nasha suyuq emas, quyuq narsa bo‘lgani bois, ulamolar uning pok yoki najasligi
hususida uch xil fikrni bildirganlar:
1) nasha ham aroq kabi najosatdir. Sahih hukm shudir;
2) uning qurug‘i pok, suyug‘i najasdir;
3) quyug‘ining suyug‘idan farqi bor;
Har qanday holatda ham nasha Alloh va Rasuli harom qilgan mast qiluvchi xamr safiga
kiradi.
Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Yo Rasululloh, biz Yamanda tayyorlaydigan ikki
ichimlik haqida fatvo bering. Biri «bit’a» deb nomlanib, asaldan tayyorlanadi, ikkinchisi
«mizar», deb atalib, zarra va arpadan tayyorlanadi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam juda balog‘at va fasohat bilan so‘zlar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Namozdan chalg‘itadigan har bir mast qiluvchi narsadan qaytaraman», dedilar».
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |