32-§. Qimmatbaho, bezak va texnik toshlar
«Qimmatbaho va bezak toshlar» deb zargarlik buyumlari, taqin-
choqlar va bezak berib ishlanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan
mineral va tog‘ jinslariga aytiladi. O‘ziga xos ranglar jilosi, shaffoflik,
yaltiroqlik, qattiqlik, nur qaytarish, qirralanish, ishlov berilganda
estetik zavq beradigan manzara paydo qiladigan mineral va tog‘
jinslari shular jumlasiga kiradi.
«Texnik toshlar» deb ayrim fizik xossalari bo‘yicha (qattiqlik,
pishiqlik, nur sindirish va h.k.) muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
mineral xomashyoga aytiladi.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |