www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
— Xo‘sh, eshitganingni ochiqroq gapiraver, — Hayzuron unga ishora qildi. Somon gapini
davom ettirdi:
— O‘sha kishining aytishicha, hammamizning boshimizga yetgan o‘sha katta
dushmanimiz o‘z odamlaridan bir to‘dasini Zirg‘om tomonga ham yuboribdi. Ular yo‘lning
muyulishida biqinib yotib, Zirg‘om o‘tishi bilan uning ishini to‘g‘rilashgan emish. —
Somon yig‘lab yubordi.
Jahon uning gapini eshitib, yig‘laganini ko‘rgandan keyin yig‘isi to‘xtaguncha o‘zini tutib
turdi. Keyin puchakdan sarani ajratadigan kishidek uning betiga tikildi. Go‘yo Jahonning
ko‘zidan olov shu’lasi chiqib, ko‘ziga tushayotgandek Somon unga qarolmay, boshini
yerga solib turardi. Odatda munofiq kishilar birovga tik qaray olmaydi. Xususan,
mag‘zini chaqqan Jahon Somonning yolg‘on so‘zlayotganini payqadi. Somon «bu xabar
Jahonni albatta, esankiratib qo‘yadi. O‘zini qaerga qo‘yishini bilmay qoladi», deb kutgan
edi. Lekin aksincha bo‘lib chiqdi. Jahon akasi Somonning o‘tmishdagi qiliqlarini birma-bir
xayolidan o‘tkazdi-da, «iflos niyatiga yetish uchun atayin yolg‘on gapiryapti», degan
qarorga keldi:
— Aka, haqiqatan rost gapiryapsizmi?
— Bo‘lmasa, shuncha gapni ichimdan to‘qib gapiryapmanmi? Men senga ko‘rgan-
eshitganlarimni aytib berdim. «Ishqilib, bu yolg‘on bo‘lsaydi», deb orzu qilaman.
Jahon bir dam boshini yerga egib turdi:
— Mening bu yerdaligimni sizga kim aytdi? Qasrga sizni kim kiritdi?
Singlisining bu savoliga javob topolmay, Somon shoshilib, g‘o‘ldirab qoldi. Chunki Jahon
shu yerdaligini bilishi uning qaroqchilar bilan muqarrar aloqasi borligini ko‘rsatib turardi.
U hech narsa deyolmay lol qolgandi. Javob axtarishiga ham qo‘ymay, Jahon dedi:
— Bas, javobning keragi yo‘q. Niyatingizni fahmladim. Shuning o‘zi menga kifoya. Endi
xurramiy do‘stlaringiz oldiga boring, ular bu xizmatingiz uchun sizga mukofot berishar,
boring, tezroq jo‘nang! — Jahon uydan tashqari chiqdi. Chunki u Haylonanikiga borish
taraddudida turgan edi. Somon boshini chayqab gapiga Jahon ishongani va uydan
haydab chiqarganidan ajablangan bo‘lib chiqib ketdi. Hayzuron Jahonni xoli topib:
«Menimcha, Somonning gaplariga beparvolik qilmay, Zirg‘om haqida aniq bir gap topib
keladigan kishini yuborishimiz kerak», — dedi.
— Somonning gapi yolg‘onligiga shubham yo‘q. O‘sha Haylona aytgan ayg‘oqchiga
Somurroga borib, Zirg‘omni xalifa qo‘riqchilarining boshlig‘i, deb so‘rashini iltimos
qilsangiz.
Keyin Jahon bilan Hayzuron Haylonani ko‘rgani borishdi. Mezbon ikki aziz mehmonni
ochiq chehra bilan qabul qildi. Haylona bilan Jahon suhbatlashib o‘tirarkan, Hayzuron
ayg‘oqchiga beriladigan topshirig‘ini yaxshilab tushuntirdi.
* * *
Bobakning oqsochi qasrning xojasi bo‘lib, aytgani aytgan, degani degan edi. Qasrdagi
hamma ayollar va bichilgan* xodimlar oqsochning shijoatidan qo‘rqishar va topshirig‘ini
bajarishga bajonidil harakat qilishardi. Chunki u xizmatkorlar bilan Bobak o‘rtasida
vositachi edi. Jahon o‘z tabiatidagi xushmuomalalik va ehtiyotkorlikni o‘zgartirmadi.
Oqsoch uni qadrlar, hurmatini joyiga keltirardi. Bir necha kundan keyin sevinchidan
yuzlari bo‘rtgan oqsoch Jahonning oldiga kelib salomlashdi-da, «Sizga xushxabar —
kuyov keldilar», dedi.
Oqsochning bu gapidan Jahon cho‘chib ketdi, unga javob ham qilmadi. «Kuyov
deganimdan uyaldi shekilli», deb o‘yladi-da, oqsoch: «Men ulug‘imiz Bobakning
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |