Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
98
Bobak Jahonga «shartingni qabul qildim», degandek ishorat qildi va shu bilan Jahonning 
uning ustidan qozongan g‘alabasi nihoyasiga yetdi. Chunki manmanlik va qo‘pol 
muomalalikda nom chiqargan bir kishi ipakday muloyim bo‘ldi qoldi. 
Mana bu, er kishilarni yomon yo‘ldan qaytarish uslubini yaxshi bilgan aqlli ayol 
tadbirining kuchidan dalolat beradi. Ayollar bu kuchga avval o‘ziga muhabbat uyg‘otish 
yo‘li bilan erishadi. Ular erkakning qalbiga ega bo‘ldimi bilingki, jiloviga ham ega bo‘ladi. 
Ammo dakki berish bilan uni tuzatmoqchi bo‘lsa, yomonlikka battaroq yopishadigan qilib 
qo‘yadi. 
Bobakning o‘zgargani va shartini qabul qilgani uchun Jahonning sevinchi ichiga 
sig‘masdi! Chunki bunda o‘z sevgilisining qismatini bilguncha va Afshindan o‘ch 
olinguncha, Jahonga o‘zini saqlab turish imkoni tug‘ilgan edi. Shu payt akasi Somonni 
eslab, Jahon Bobakni to‘xtatdi: 
— Mening ham sizdan bitta talabim bor. Shuni amalga oshirib bersangiz. 
— Nima istasang, bajarishga tayyorman. 
— Akam Somonning menga qilgan xiyonatini yaxshi bilasiz. Undan men o‘ch olmoqchi 
emasman. Lekin uni bu shahardan chetlatsangiz, chunki bu yerda turishi askarlar uchun 
xavfli. Uni o‘ldiring yoki qamang demayman. Vasvasasidan qutulishimiz uchun 
chetlatsangiz kifoya. 
— Uning xoinligidan foydalangan bo‘lsam ham, shahardan chetlatmoqchi bo‘lib 
turgandim. To‘g‘ri, u bo‘lmaganda men Farg‘ona malagiga erisha olmagan bo‘lardim. 
Lekin u singlisiga sotqinlik qilganidek, bir kun menga ham xoinlik qilishi mumkin. Yaqin 
orada uni bu mamlakatdan badarg‘a qilaman. Mening qasrimda istiqomat qilishni 
istamaysanmi? 
— Yo‘q, meni shu qasrdan qo‘zg‘atmang. Bu yerdagi odamlarga o‘rganib qoldim. Agar 
biror maslahat yoki tadbir ustida kerak bo‘lib qolsam, va’dalashib, uchrashaylik. 
Bobak tabassum bilan oshiqi beqarordek Jahonga tikilib turib, so‘zlarini qabul qildi. 
Jahon ochiq chehra bilan o‘rnidan turdi. Bobak u bilan xayrlasharkan: «Hozirdan boshlab 
bir-birimizning gapimizdan chiqmaydigan bo‘ldik. Meni sevasanmi?» — dedi. 
— Biz siz bilan aka-singilmiz. Siz menga akasiz. Singil o‘z akasini sevgandek sizni 
sevaman. Sizga singil o‘z og‘asiga boqqandek boqaman. Sizning osoyish va rohatingiz 
yo‘lida o‘zimni ayamasligimni tez fursatda ko‘rasiz. 
_____________ 
* Odatda saroylardagi haramlarda xizmat qiladigan erkaklarni bichib qo‘yilardi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish