www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
olaylik. U arab. Uning xalifa oldida qanchalik obro‘ga ega ekanini mendan ko‘ra
yaxshiroq bilasan. Yaxshisi, o‘zingni ol: arab bo‘lishingga qaramay, u seni o‘ziga yaqin
tutmadimi? Obro‘-martabangni ko‘tarmadimi?
Hammod bosh chayqab: «Fikrimcha, sen do‘sting xalifani mudofaa qilmoqchi bo‘lyapsan.
Minglab xor-zor bo‘lgan, kambag‘allik va yo‘qsillikka uchragan arablardan ko‘z yumib,
qozi Ahmadni menga ro‘kach qilyapsan. Yana sen menga o‘zimni gapirasan. To‘g‘ri, men
ham mansabdor edim. Koshki shunday mansab qurib ketsa! U Makkadagi Ka’badan
musulmonlarni chalg‘itish uchun Somurroda yasama Ka’ba qurib, meni unga mas’ul
xizmatchi qilib qo‘ydi. Makkadagi Ka’ba Hijoz arablari uchun daromad manbalaridan biri
edi. Ular har yili hajga boradiganlardan manfaat ko‘rardi. Xalifa esa ularni shu
manfaatdan mahrum etdi. Musulmonlar Hijoz arablari bilan aloqa qilishmasin, deb
Somurroda o‘sha Ka’bani qurdirdi.
Zirg‘om uning so‘zini bo‘ldi:
— Lekin bu ishni Mu’tasim boshlagani yo‘q. Bundan oldingi xalifa va amirlar ham shunga
harakat qilishgan. Hajjoj va Mansurlar bunga uringan bo‘lsalar ham, uddasidan
chiqolmay muvaffaqiyatsizlikka uchrashgan.
— Mu’tasim ham maqsadiga erisha olmaydi, chunki baytulloh Makkadadir, uni
Somurroda barpo etish hech kimning qo‘lidan kelmaydi.
* * *
Zirg‘om bunday qarasa, suhbat uning bu yerga kelgandagi maqsadidan butunlay
tashqariga chiqib ketyapti. U gapni qisqa qilmoqchi bo‘ldi:
— Har narsa deganingda ham, bu gaplar sening qaroqchilik qilishingni oqlay olmasa
kerak.
— Qaroqchilik dema, biz o‘g‘rilik degan narsani mutlaqo qilganimiz yo‘q.
Zirg‘om o‘zini mudofaa qilayotgan Hammodning gapidan kulimsirab bosh silkib qo‘ydi.
— Kulma, do‘stim. Biz o‘g‘rilik qilayotganimiz yo‘q. O‘g‘ri emasmiz ham. Biz o‘z
huquqimiz uchun kurashyapmiz.
Uning gapidan ajablangan Zirg‘om «nima deyapsan» degandek bo‘ynini cho‘zib qaradi.
Hammod davom etdi:
— Mana bu yerda yotgan mollar kambag‘al, beva-bechoralarning haqi, xudo qur’onda
«buni o‘shalarga berilsin» degan. Bular yer egalarining daromadidan olingan ushr* yoki
o‘ljaga olingan mollarning beshdan biridir. Bularni islomning avvalidagi xalifalar boy va
savdogarlardan olib, kambag‘allarga sadaqa yoki ehson qilib berishardi. Mu’tasim esa
uni berdirmay qo‘ydi. Musulmonlar arab bo‘lgani uchun ochdan o‘lishi kerakmi? Xalifa
kambag‘allarni shu ko‘yga solmoqchi bo‘lgani uchun biz ularning haqini zo‘rlik bilan olib
beramiz.
Uning keltirayotgan vaji o‘rinli bo‘lgani uchun Zirg‘om qoyil qoldi, lekin bahsni
to‘xtatmoqchi bo‘ldi:
— Xo‘p, mayli, yaqinginada sen Somurroda turganingni bilaman. Xalifa maoshingni
to‘xtatib qo‘ygani yo‘q-ku. Unga qarshi chiqishingning boisi nima?
Hammod xo‘rsinib o‘rnidan turdi. Uning yuzidagi jahl o‘rnini qayg‘u egalladi:
— Meni unga qarshi qo‘yayotgan, gina-kuduratimni qo‘zg‘ayotgan bir narsa bor. Shu
narsa tanamdagi jonimni hiqildog‘imga keltirdi, yuragimga sanchilib, to‘g‘ri yo‘ldan
adashtirdi. Shuning uchun jonim boricha bu zolimdan o‘ch olmay qo‘ymayman.
Uning peshanasidan g‘ar-g‘ar ter quyilib ketdi. Zirg‘om nima gapligini aniqlashga juda
ham qiziqdi. Uning gaplaridan sevgilisidan judolik azobidan shikoyatni sezdi-da:
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |