www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
«Somonga tegishli bo‘lgan hissaga ko‘z olaytirgani yetmagandek, Jahonning merosiga
ham qo‘l cho‘zibdi-da», deb o‘ylagan va boshqa narsani xayoliga keltirmagan
Zirg‘omning a’zoyi badani jimirlashib ketdi.
— Demak, u insofsiz Jahonning merosiga ham qo‘l cho‘zibdi-da?
Somon o‘zining soqolsiz taqir iyagini ishqalab turib, yo‘talib qo‘ydi-yu, hech narsa
demadi. Bu xatti-harakatdan shubhalangan Zirg‘om:
— Shunday emasmi? — deb so‘radi.
— U ablah faqat merosga ko‘z olaytirgan bo‘lsa mayli edi-ya. Jahonning o‘ziga ham ko‘z
olaytirdi. Bu achchiq haqiqatni sizga aytib, xafa qilganim uchun avf eting. Bu rost gap. U
Jahonning botir Zirg‘omga aytib qo‘yilganini bila turib, o‘ziga og‘dirib olmoqchi bo‘ldi.
Jahon uni o‘ziga tan mahramlikka qabul qilishi amri maholligini Afshin yaxshi bilardi.
Zirg‘om qalt-qalt titrardi:
— Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi?
— Biz qochish chorasini ko‘rdik. Yengil-elpi yuklarimizni olib, Jahon bilan bir qofilaga
qo‘shilib, yo‘lga tushdik. Bu ishimizni saroydagilardan oqsoch Hayzuron bilardi, xolos.
Uni ham o‘zimizga hamroh qilib, Afshin xabar topib qolmasin deb, shoshilinch ravishda
uchalamiz Somurro tomon yo‘l oldik. Issiq-sovuq demay, yo‘l azobini chekib, ancha
qiyinchilik bilan Xurosondan o‘tdik va Hamadonga yaqinlashganimizda, hamrohlarimiz
bizdan ajralib, bo‘lak tomonga ketishdi. Biz esa endi tinch yerga yetib oldik, xotirjam
bo‘laversak arziydi, deb o‘yladik. Shu payt otliq qaroqchilardan bir to‘dasi kelib,
yo‘limizni to‘sdi. Kuchimiz yetgancha ulardan o‘zimizni mudofaa qildik, hatto mening
qo‘lim sinib, boshim jarohatlandi. «Men o‘lsam sadqai sar, ammo Jahon salomat qolsin»,
deb urindim. Lekin afsuski...
— Keyin nima bo‘ldi? U jarohatlandimi yoki olamdan o‘tdimi?
— Jahon sog‘-salomat, lekin uni va oqsoch Hayzuronni olib qochib ketishdi. U menga:
«Zirg‘omga salom ayting va bo‘lgan voqeani unga yetkazing!» — dedi.
Zirg‘omning tutuni osmonga chiqib, qoni qaynab, ko‘zlaridan o‘t chaqnardi:
— U qaroqchilar kim ekan? Birortasini ham tanib olmadingmi?
— Yo‘q, ular «tanib qolishsa, sirimiz fosh bo‘ladi», deb yuzlariga parda to‘sib olishgan.
Ovozlarini ham sira chiqarishmadi.
* * *
Zirg‘om boshini quyi solgancha, jonsiz kishidek birmuncha vaqt jim qoldi. Keyin
masjiddan chiqib kelayotgan odamlarning g‘ovur-g‘uvuri qulog‘iga kirib, o‘ziga keldi.
Xalifa ham masjidda ekanini esladi. Xalifa «Zirg‘om nega yashirinib turgan ekan», degan
shubhaga tushmasin deb Somonga: «Meni kutib tur» ishorasini qildi-da, o‘zi davlat
arboblari yoniga borib turdi. Sal fursat o‘tmay, tik turgan kishilar safdan chekinib,
o‘rtadan xalifaga yo‘l bo‘shatishdi va unga salom bermoq uchun kutib turishdi. Xalifa
o‘tayotganda turgan kishilarning yuziga birma-bir qararkan, Zirg‘omga ko‘zi tushdi,
«qani, orqamdan kelaver» degandek unga ishora qildi. Xalifaning bu taklifi Jahon
to‘g‘risidagi gaplarni bilib olishimga monelik qilmasmikin, deb Zirg‘om ikkilanib qoldi.
Xalifa qasrga yetmasidanoq odamlar asta-sekin tarqalishdi. Zirg‘omdan bo‘lak hech kim
qolmagandi. Xalifa qasrga kirib borarkan, «sen ham birga yuraver» degandek uni yana
chaqirdi. Ular ikkalasi xalifaning xos hujrasiga kirgandan keyin xalifa Zirg‘omdan:
«Namoz tugamasdan oldin nega masjiddan chiqib ketding?» deb so‘radi. Xalifaning bu
savolidan Zirg‘om xijolat tortdi. O‘zi oyna orqali tashqaridan kirgan Somonni
ko‘rganidek, xalifa ham orqadan kirgan-chiqqan kishilarning hammasini ko‘rib turishini u
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |