O‘rtacha ekovaziyat o‘rtacha balandlikdagi va past tog‘lar,
Qizilqum va Ustyurt plotasining ayrim hududlariga, ularda tuproq va
o‘simlik qoplamining bo‘zilish belgilari aniqlangan. Masalan, hozirga
kelib cho‘llarimizning 1/3 qismi har xil darajadagi cho‘llanishga
uchragan. Doimiy mol saqlanayotgan hududlar, aholi yashayotgan joylar
atrofida 0,5 mln.ga yerdagi o‘simliklar umuman yo‘q qilingan. Cho‘l
yaylovlarida noto‘g‘ri mol boqish natijasida umuman yeyilmaydigan
o‘simliklar maydoni ko‘payib 1 mln. gektardan oshdi. Cho‘llarda har
yili 450-460 ming tonna shuvoq chopib olinmoqda – ya’ni har yili 100
ming ga yerdagi shuvoqlar yo‘q qilinayapti.
Birgina Haydarko‘l suvlari ostida 0,6 mln. ga unumdor yaylov
qolib ketdi. Bu ko‘rsatkich yildan – yilga ko‘paymoqda. Moy
boqilmaganligidan Qizilqumning 3,3 mln. gektaridagi asosiy ozuqali
shuvohzor yaylovlarini mox, mishayniklar qoplab olmoqda.O‘tgan
asrning 30 – yillarida cho‘lning har 100 m
2
maydonida umuman
yeyilmaydigan o‘tlar 2-3 donani tashkil qilgan bo‘lsa, hozirga kelib bu
ko‘rsatkich 6-9 donani tashkil qildi.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |