2. O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik mushkul vaziyatlar.
O‘zbekistondagi ekologik vaziyatlarning geografik joylanishi va
darajasiga qarab olimlar quyidagicha bo‘lishgan (Rafiqov, Abirqulov,
Hojimatov, 2004).
a) qanoatlanarli ekovaziyat;
b) o‘rtacha ekovaziyat;
v) keskin ekovaziyat;
g) tang ekovaziyat;
d) falokatli ekovaziyat.
Qaonatlanarli ekovaziyat tizma tog‘larning suvayirg‘ich, baland
va o‘rta balandlikdagi tog‘larning yonbag‘irlariga xos. Bu hududlarda
tabiiy sharoit deyarli o‘zgarmagan, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining
miqdoriy kamayishi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |