102
O‘zbekistondagi yana bir ekologik tanglik, shaharlar havosining ancha
og‘irlashganligidir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 121 shahar, 113 ta
shaharcha va 14 ming ta qishloq bor. Shulardan 31 ta shaharlar
havosining ifloslik darajasi talab qilingan me’yorlardan ortiqdir. Bu
shaharlardagi ishlab chiqarish zavodlari, korxonalaridagi asbob-anjomlar
eskirgan, havoga chiqarilayotgan chiqindi gazlarni tozalovchi uskunalar
talabga javob bermaydi. Ikkinchidan shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish
o‘ta sust kechmoqda.
Xalqaro sog‘liqni saqlash markazining ma’lumotlari bo‘yicha
atmosferani ifloslaydigan asosiy manbaalarning 40% i yonilg‘i-
energetikaga, 13,3% i avtomobillarga to‘g‘ri keladi.
Sanoat manbaalari
140 xildan ziyod zaharli gazlarni havoga chiqaradi. Insonda uchrayotgan
rak kasalligining 60-90% i ifloslangan havoda yuz beradi. Aniqlanganki,
rak kasallikdan o‘lish qishloqlarga nisbatan shaharlarda 2 %ga ko‘p.
Havoda is gazi (SO
2
) 0,07% bo‘lsa organizmlar halok bo‘ladi. Reaktiv
samalyot Amerikadan Yevropagacha 8 soatda 50- 75t kislorod yoqadi,
50-75 t kislorodni 8 soatda 50 ming ga o‘rmonzor ishlab chiqaradi.
Shahardagi 1 ga ko‘kalamzor 2000 kishiga yetadigan erkin
kislorod chiqaradi. Xuddi 1ga yerdagi o‘simliklar shaharda 7 tonna
changni yutadi. Shahardagi xiyobonlar, daraxtlar shovqinning 70% ini
yutadi va hakazo. Shaharlarimiz atmosferasini
tozalash uchun birinchi
navbatda qayd qilinganlarni mukammal tahlil qilib birinchi navbatda
ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘ta jiddiy e’tibor berishimiz, bu masala
hukumat miqyosida yechiladigan muammo darajasida bo‘lishi lozim.
Respublikamizdagi yana bir ekologik muammo aholini ichimlik
suvi bilan ta’minlash masalasidir. Ayniqsa quruq iqlimni cho‘l mintaqasi
aholisi ichimlik suvi yetishmasligidan hozirgacha juda ko‘p azob
chekmoqda. Bu holat ko‘plab shaharlarda ham hanuz, davom etmoqda.
Hozirda Respublikamizdagi 3 ta –Toshkent, Navoiy, Uchquduq va
Zarafshon shaharlaridagi yashayotgan aholi ichimlik suvi bilan halqaro
me’yorlar darajasida ta’minlangan xolos. Aholining
turmush darajasini
belgilovchi ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash ham davlat miqyosidagi
yechimini topadigan masala darajasida bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizdagi yana bir ekologik tanglik Surxondaryo
viloyatidagi ahvoldir. Tojikistondagi alyuminiy zavodi sobiq ittifoq
davlatiga
alyuminiy
mahsulotlarini
yetkazib
beruvchi
qudratli
zavodlardan edi. Bu zavoddan chiqayotgan chiqindilar, havoni
zaharlayotgan zaharli gazlar, quruq subtropik iqlimga ega bo‘lgan
janubiy Surxondaryo hududlari
tabiatni butunlay abgor qilib, aholi
103
sog‘ligiga sezilarli darajada zarar yetkazmoqda. Yaqinda bu zavod
Rossiya homiyligida alyumin ishlab chiqarish quvvatini yiliga 200 ming
tonnaga oshirish rejasini qabul qildi. Surxandaryo viloyatidagi kelgusi
ekologik holat o‘ta og‘ir vaziyatga tushib qolish xavfi yana kuchaydi.
Hozirgi ma’lumotlar bo‘yicha Surxandaryo janubidagi bog‘dorchilik
tumanlari alyuminiy zavodining zaharli chiqindilaridan katta zarar
ko‘rmoqda. Vohadagi anorzorlardan sifatli hosil olish butunlay izdan
chiqdi. Mevali daraxtlarning yoppasiga
qurib qolish oddiy hol
bo‘lmoqda. Chorva mollarining tishi 2-3 yoshligidan to‘kilib borayapti.
Eng dahshatlisi shundaki yosh-kelin kuyovlarda bepushtlikning yildan-
yilga ko‘payib borayotganligiga sabab ham zavoddan chiqayotgan va
vahoga tarqalayotgan og‘ir metal chiqindilari ekanligi tibbiyotda rasman
qayd qilindi.
Falokatli ekovaziyat Orolbo‘yida, Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq
to‘mani va butun Orol dengizi akvatoriyasiga mansub. Bu yerlarda
geotizimlarning buzilishi va tiklanmaydigan tabiiy va ekologik
jarayonlar kuchayib ketdi. Shu o‘rinda afsus bilan ta’kidlash joizki
sayyoramizning biror tabiiy mintaqasida
yoki biror davlatda bunday
ekologik holat ro‘y bergan emas. Orol dengizining fojiasini Yerning
«o‘pkasi» deb nomlangan Amazonka daryosi havzalaridagi tropik
o‘rmonlarning kesilib borayotganligiga tenglashtirmoqda. Lekin
Amazonka daryosi havzasidagi o‘rmonlarni ko‘p yillar davomida qayta
tiklash mumkin.
Suv balansi butunlay buzilgan Markaziy Osiyodagi Orol dengizini
qayta tiklashning biron-bir aniq loyihasi hozirgacha yo‘q. Orol dengizini
Markaziy Osiyo xalqlarining o‘ta birdamligi va halqaro hamjamiyati
kuchli ma’naviy, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi
bilangina asl holiga
qaytishi mumkin. Atmosfera suvining aylanma harakatidagi tenglikni va
moddalar aylanishning saqlanish qonunini nazarda tutsak Orol
havzasidagi, umuman Markaziy Osiyo havzasidagi suv planimizning
biror bir togmoniga yoki okeanlarga oqib ketgan emas.
Shu o‘rinda quyidagi fikrlarni ham keltirish o‘rinli deb
hisoblaymiz. Biosfera-ancha yengil ta’sirda jarohatlanadigan yer
qobig‘idir. Uning muvozanati buzilsa ko‘m-ko‘k tabiiy bog‘lari
birdaniga cho‘lga aylanadi. Markaziy Osiyoning iqlimini yumshatib
turvchi Orol dengizi bilan shunday holat yuz berdi. Dunyoning eng yirik
34 ta daryolaridan bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orolga yetib
bormayapti.Orol fojiasi o‘z uyiga yashash makoniga o‘ta befarqlik bilan
qaragan Markaziy Osiyodagi xalqlarning qo‘li bilan amalga oshiriladi.
104
Ta’kidlaganimizdek bu dunyoviy ekologik halokat bo‘yicha
ikkinchi
o‘rinda turadi. (Amazonka havzasidagi qirqilgan o‘rmonlardan keyin).
Dengizning qurib borishi holokatiga tenglashtirilganligi quruq, vahimali
shov-shuv emas. Orol fojiasi inson bilan tabiat o‘rtasidagi dahshatli
qarama-qarshilikga ko‘rinarli misoldir.
Suvdan bo‘shagan joylar maydoni -3 million gektar. Bu yerlar
hayosiz, oppoq tuz bilan qoplangan, maydon kattarmoqda. Orol bo‘yida
sho‘r
changli
bo‘ronlar
kuchaymoqda.
Markaziy
Osiyo
Gidrometeoxizmatning ma’lumotlari bo‘yicha har yili shamol 72 mln.
tonna tuzni havoga ko‘tarmoqda. Bu zaharli chang janub yo‘nalishida
500 km gacha, sharq yo‘nalishida Toshkent yaqinidagi Yangiyo‘l
tumanlarigacha sochilmoqda. Shunday tuz changlar Tyanshan va Pomir
tog‘larida ham to‘planmoqda. Amudaryo va Sirdaryo shu tog‘lardan,
boshlanadi. Bu daryolar suvidan Markaziy Osiyo xalqlari suv ichadi.
Qayd qilinganlardan xulosa qilsak kelajakda bizlarni qanchalik
ko‘ngilsiz voqealar kutayotganligini tasavvur qilish qiyin emas. Orol
dengizining mashhur tadqiqotchisi bo‘lgan akademik A.S. Berg XX asr
boshlarida yozgan «Orol dengizi» kitobida dengizning qurishi natijasida
hosil bo‘lgan tuzlar Pomirgacha boradi, bu halokatdir degandi. Bashorat
to‘g‘ri chiqdi. Halokat boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: