Issiqlik elektro stansiyalari yuqori darajada minerallashgan
suvlarni havzalarga tashlashlari oqibatida ularning kimyoviy va biologik
xususiyatlari buzilmoqda.Chorvochilik fermalari,
maishiy xizmat
korxonalari, davolash markazlari keyingi yillarda yer usti va osti
suvlarining ifloslanishiga jiddiy sabab bo‘lmoqda.
Suv resurslarini ifloslanishdan saqlashda va uni qayta tiklashda
quyidagi tadbir-choralari amalga oshirish zarur deb uylaymiz.
1. Dunyodagi barcha mamlakatlar
chuchuk suvning sifat
me’yorini, ya’ni suvlarda zararli moddalarning normadagi maksimum
konsentratsiyasi ishlab chiqishlari va joriy etilishiga qat’iy rioya qilishi
zarur.
2. Suv resurslarining sifatini pasayib
ketishdan saqlash uchun
sanoat korxonalarida ilg‘or texnologiyani qo‘llab, iflos oqova suvlar
miqdorini kamaytirishga erishish kerak.
3. Suv resurslarni ifloslanishdan saqlash va qayta tiklashning yana
bir chora-tadbirlari bu bir necha bir-biriga yaqin korxonalarning suvidan
kooperativlashtirgan holda foydalanishga o‘tishdir.
4. Daryo suvlarini ifloslanishidan saqlashda zovur-drenaj
suvlaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega va hakozalar.
O‘zbekistonda hozirgi ifloslangan oqova suvlarni tozalovchi 600
dan ortiq turli
inshootlar ishlab turibdi, lekin ularning taxminan 50%
iflos suvni belgilangan talabga javob beradigan darajada tozalash
texnologiyasiga ega emas.
Yuqoridagi muammolarni hal qilish va suv boyliklarimizni
muhofaza qilish uchun ayrim chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Biz ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
1. Respublikamizdagi barcha sanoat korxonalarida ilg‘or
texnologik jarayonlarni qo‘llab, iflos
oqova suvlar miqdorini
kamaytirishga erishish kerak. Buning uchun sanaot korxonalarida toza
suvdan foylanishining berk suv ta’minotiga o‘tish zarur.
2. Bir-biriga yaqin korxonalar suvdan kooperativlashgan holda
foydalanishga o‘tish. Bunda bir korxona ishlatgan suvni tozalab, sovitib,
quvurlar orqali ikkinchisi, so‘ngra uchinchisiga o‘tkazish mumkin.
3. Katta shaharlarda ikkita suvquvur tarmog‘iga o‘tish
maqsadga
muvofiq. Bunda birinchi quvurdan toza ichimlik suv, ikkinchisidan esa
sanoat, maishiy-kommunal xo‘jalik uchun ishlatiladigan suv keladi.
4. Qishloq xo‘jaligida suvning isrof bo‘lishiga chek qo‘yish uchun
sug‘orish
tarmoqlarini qayta qurib, suvning shimilib ketishini
58
kamaytirib, foydali ish koeffitsiyentini ko‘tarish, sug‘orishning yangi
usullarini qo‘llash.
5. Chorvachilik komplekslari va
parrandachilik fermalaridan
chiqilgan iflos suvlarni va gunglarni tabiiy suv havzalariga qushilishiga
mutlaqo chek qo‘yishga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: