63
Yer yuzida hammasi bo‘lib 265000 to‘r o‘simlik bor. Shulardan 92
% i suvlikda o‘suvchi o‘simliklardir. O‘simliklar turlarining 50 % gulli
o‘simliklar, 27 % i zambrug‘lar, qolganlari mox va lishayniklardir.
Quruqlikda o‘simliklar tuzilishiga qarab 6 guruhga ajratiladi:
1 – Daraxtlar; 2 – butalar; 3 – yarim butalar; 4 – o‘t o‘simliklar; 5
– lishayniklar; 6 – Moxlar.
O‘simliklarning xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyati haqida
quyidagi
misollarni
keltirish
mumkin.
O‘simliklar
resurslari
insoniyatning ya’ni oziq-ovqati, kiyimi qurilish ashyosidir.
Hozirgi vaqtdagi madaniyatlashtirilgan o‘simliklar
insoniyatning
yovvoyi o‘simliklardan foydalanishdagi minglab yillardagi faoliyati
natijasidir. O‘simliklarni madaniyatlashtirishda Janubiy va Janubiy-
Sharqiy Osiyo juda katta hissa qo‘shdi. Bu mintaqada 7822 tur
o‘simliklar madaniylashtiriladi. Yevropada -1312; Afrikada – 500;
Amerika qit’asida – 2117 tur o‘simliklar madaniylashtirilgan. Insoniyat
hozirgi 30 ming tur o‘simliklardan
foydalaniladi, shundan eng ko‘p
ishlatiladigani -12 ming tur. Bundan 5 mingi manzarali o‘simliklar.
Inson 250 tur o‘simlikdan xom ashyo oladi. Bu o‘simliklar butun
dunyoda ekiladigan ekin maydonlarining 82% ini tashkil qiladi.
O‘simliklar haqida aytiladigan,
yoziladigan hamma fikrlar
o‘rmonga, o‘rmon boyliklariga taaaluqlidir. Inson faoliyatida o‘rmon
mahsulotlari ishlatilmaydigan sohaning o‘zi yo‘q. Birgina yog‘ochdan
hozir 20 ming xil mahsulot olinmoqda. O‘rmon daraxtlarining
dorivorligi ham beqiyos. Masalan, paxta daraxti – dizenteriya, qorag‘ay-
sil, archa-nafas oluvchi organlari zaharlovchi viruslarni o‘ldiradi.
O‘rmonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shahar havosiga
nisbatan 70-80 marotaba kam bo‘ladi.
Archaning karbonat angdrid
yutish qobiliyati – 100 %, keng bargli o‘simliklarning -120 – 450 %,
terakniki – 700 % dir. Bir gektardagi 60 yoshli qorag‘ay o‘rmonlari 1
yilda 60 tonna kislorod, 40 yoshli eman daraxtzorlari 14 t kislorod
chiqaradi. Bir gektar yerdagi terak daraxti vegetatsiya davomida 340 g
chang yutadi. Bu 1 ga arquvonzorlardan 900 kg, 1 ga o‘rmon
malinazorlaridan 270 kg asal olish mumkin. O‘simliklarning
dorivorlik
xususiyatlari haqida buyuk vatadoshimiz Ibn Sinoning – dorivorlik
xususiyat bo‘lmagan o‘simlik yo‘q degan so‘zlarini yod olishimiz kerak.
Tibbiyotning otasi bo‘lgan Gippokrat – 200 xilga yaqin dorivor
o‘simliklar haqida ma’lumotlar qoldirgan. Bobokalonimiz Ibn Sino –
900 xil o‘simliklardan foydalanish yo‘llari haqida asarlar bitgan.
64
Yer yuzida o‘rmonlarning umumiy maydoni 410 mln.
ga atrofda,
ya’ni quruqlikning 31 % ini tashkil qiladi. Yog‘och miqdori -140 mlrd.
m
3
o‘rmonlar aholi jon boshiga; Kanadada -24 ga; Finlyandiyada -5 ga
Rossiyada -4,2 ga, Shvesiyada -5,0 ga; Norvegiyada -2,2 ga, AQSHda –
1,6 ga; Yevropa davlatlarida -0,1-0,4 ga va O‘zbekistonda- 0,04 gektar
to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: