28
faoliyatining turli sohalarida, ishlab chiqarishning turli jarayonlarida yer
resurslarining iqtisodiy funksiyalari ham turli xildir.
Yer resurslarining yaxlit integral resurslar
sifatidagi universalligi
ko‘pgina tadqiqotchilar yerni inson faoliyatining birorta turi u siz
mavjud bo‘lolmaydigan alohida, o‘ziga xos resurslar deb hisoblanadilar.
Boshqacharoq qilib aytganda, yer resurslari muayyan tabiiy – hududiy
komplekslarni (landshaftlarni) o‘z ichiga oladigan hududidir. Shu nuqtai
nazarda qaralganda “tabiiy resurslar” va “yer resurslar” tushunchalari
xususiy va umumiy tushunchalardir. Yer
resurslarning har bir ayrim
xossasiga tabiiy resurslarning muayyan bir turi to‘g‘ri keladi, tabiiy
resurslarning muayyan bir turi to‘g‘ri keladi, tabiiy resurslarning
kompleksi esa yer resurslarni hosil qiladi. Ammo qishloq xo‘jaligi fani
va amaliyotida ko‘pgina hollarda “yer” tushunchasi “tuproq”
tushunchasining sinonimii “yer resurslari” esa “tuproq resurslari”
tushunchasining sinonomi sifatida qaraladi. Ammo yer va tuproq
resurslari yer resurslarning qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan
xossadir.
Tuproq va uning hosildorligi yer resurslarning ishlab chiqarishning
boshqa vositalaridan farq qilishiga
olib keladigan eng muhim
xususiyatlaridan biridir. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligida yer resurslarining
asosan qatlami – tuprog‘ foydalanilsada, iqtisodiy geografik nuqtai
nazaridan “yer” ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida “tuproq”
tushunchasiga nisbatan ancha kengroq qaralishi lozim, chunki yer
resurslarining mahsuldorligiga
nafaqat tabiiy muhit, balki barcha
komponentlari relf, iqlim va b.sh., balki meliorativ tizimlar, sun’iy
o‘rmon ixotazorlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, yuqorida
ta’kidlanganidek, “tuproq” tushunchasi “yer”
tushunchasiga uning
tarkibiy unsuri sifatida kirish mumkin.
Yer resurslarining ishlab chiqarishning asosiy vositasi bilan
almashtirib bo‘lmasligida va qayta yaratib yoki ishlab chiqarishning
boshqa vositasi bilan almashtirib bo‘lmasligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yer resurslardan ko‘p maqsadlarda foydalanish xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda yerning ko‘p maqsadli xo‘jalik funksiyalari
amalga oshiriladigan hudud deb qarash mumkin.
Suv tirik organizmlarning mavjudligi
va hayotiy faoliyati
jarayonlarini ta’minlaydigan xossalarga ega bo‘lgan bebaho mineral va
noorganik birikmadir. Suv har qanday tirik mavjudotning xujayralari va
tuqimalari tarkibiga kiradi; ularning organizmlarda suv bo‘lgandagina
murakkab reaksiyalar kechadi.
29
Suv hayotining mavjudligini ta’minlagan holda, uning asosini ham
tashkil etadi. Zero, hayvonlar tanasining 60 -86% ini suv tashkil etadi.
Tirik organizmlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini organizmlar tanasidagi
suvning 10-20% ini yo‘qotsa halok bo‘ladi. Odamda ovqat hazm qilish
jarayoni bir kunda kamida 9-10 l suv ishtirokida kechadi.
Shuningdek,
suv organik olamini vujudga kelishiga asos bo‘lgan murakkab kimyoviy
birikmalarning hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi.
Suv tirik organizmlar, litosfera va atmosfera bilan murakkab
o‘zaro munosabatlarda bo‘ladi. Birikmagan (kristalli) holdagi suv tufayli
kristallar muayyan tuzilmaga ega bo‘ladi. Hatto vulkanlarning 10 yer
yuzasiga chiqadigan mogma (yunoncha magmalamir, loybalchiq)
tarkibining 12% ini suv tashkil etadi.
Suv muhim iqlim hosil qiluvchi omil bo‘lib, iqlimning tarkib
topishida
atmosfera
suv
bug‘lari
muhim
ahamiyatga
ega.
Geosferalarning o‘zaro murakkab ta’sirida suv termodinamik (yunoncha
therma-issiq, iliq; dinamik kuchli) jarayonlarning retmlarini (yunoncha
rhithimos-bir me’yorda, bir maromda) tartibga solib turadi.
Inson o‘zining nafaqat fiziologik hayotiy faoliyatida, balki xo‘jalik
faoliyatining barcha turlarida suv iste’mol
qiladi yoki suvdan
foydalaniladi. Tarkibiy hisoblarga ko‘ra, mineral ressrularini qazib olish,
qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarish uchun jahonda har kuni 8-10
mlrd. t suv sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: