26
Real va potensial resurslar orasidagi “chegara” fan va texnika
traqqiyotiga bog‘liq holda yo‘qolib boradi, ya’ni potensial resurslarning
katta qismi real resurslarga aylanadi. Masalan, toshko‘mir va neft
zahiralari ibtidoiy odamlarga ham ma’lum bo‘lgan, potensial resurslar
bo‘lib qolavergan. Hozirgi paytda ham transport vositalari borishi qiyin
bo‘lgan (aniqrog‘i qimmatga tushadigan) tog‘li hududlarda, cho‘llarning
ichki qismlarida mavjud bo‘lgan mineral hom ashyo resurslari potensial
saviyasiga ega.
Tabiiy resurslardan foydalanish darajasi
va shakllari ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishiga fan va texnika taraqqiyotiga mos
holda va shuningdek, insonning tabiiy resurlarning ma’lum turlariga
bo‘lgan
ehtiyojning
ortib
borishiga,
ishlab
chiqarishdagi
texnologiyaning takomillashuviga bog‘liq holda o‘zgaradi. Tabiiy
sharoitlarda yangicha ahamiyat kasb etadi va potensial resurslardan real
resurslarga aylanadi.
Resurslar sikli – tabiat va jamiyat orasidagi modda almashuvi
bo‘lib, bu jarayon tabiatdan resurslarni olishni, ularni ishlab chiqarishga
jalb qilishni va ulardan foydalangach o‘zgartirilgan
holda atrof
muhitgaqaytarishni bildiradi.
Resurslarning sikllari tabiat manbalarining inson tomonidan
foydalanishning barcha bosqichlarida (qidirib topish, foydalanishga
tayyorlash, tabiiy muhitdan olish, qayta tayyorlash, iste’mol qilish va
tabiatga
qaytarish)
sodir
bo‘ladigan
moddalar
yoki
ularning
guruhlarining o‘zgarishi va harakatining majmuasi sifatida qaraladi.
Resurs sikllari asosiy moddalar yoki ularning
birikmalarining turlariga
ko‘ra ajratiladi. Har bir sikl qo‘shimcha va birgalikda sodir bo‘ladigan
kichik sikllaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bu kichik sikllar asosiy
resurslardan va foydalanishga jalb qilingan asosiy materiallardan har
tomonlama foydalanish negizida rivojlanadi. Resurslar sikllarida tabiiy
resurslar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
a) ishlab chiqarish qurollarining moddiy negizi (substrati) ni
tashkil etuvchi, tubdan o‘zgartirilgan, o‘zining tabiat bilan bo‘lgan
aloqalarini yo‘qotgan va boshqa tizimlar tarkibiga kirgan resurslar;
b) mehnat predmetiga aylangan, tabiat bilan bevosita aloqasidan
ajratib olingan resurslar (qazib olingan ma’adanlar, kesilgan o‘rmon va
boshqalar);
v) moddiy ishlab chiqarishga jalb qilingan, lekin tabiiy muhit bilan
dastlabki aloqalarini saqlab qolayotgan resurslar (qishloq xo‘jaligida
foydalanilayotgan yer resurslari, sun’iy o‘rmonlar va b.sh.).
27
Tabiiy resurslarning asosiy guruhlari (mineral, o‘simlik,
yer va
b.sh. resurslar) mustaqil sikllarni hosil qiladi. Ayrim resurslar sikllari
jamiyat va tabiat orasidagi moddalar almashinuvining bir qismi bo‘lib,
umumzaminiy miqyosdagi (geologik, biologik va b.sh.) aylanma
harakatlarning
ijtimoiy
bo‘g‘inini
tashkil
etadi
va
to‘liq
tugallanmaganligi sababli ko‘p sikllari (politsikllik) sajiyaga ega.
Resurslar sikllari bir-biri bilan mujassam aloqada bo‘lgan holda
rivojlanadi, chunki tabiatning biror bir moddasidan foydalanish odatda
boshqa moddalardan foydalanish bilan bir payt sodir bo‘ladi.Tabaitda
tabiiy resurslarning qanday holatda bo‘lishi, ulardan foydalanish
xususiyatlariga ko‘ra, bir nechta turlarga ajratiladi.
Bularga yer yoki
tuproq boyliklari, atmosfera (iqlim) boyliklari, o‘simliklar boyliklari,
hayvonot dunyosi boyliklari, foydali qazilma yoki mineral boyliklari,
rekreatsion (orombaxsh)
boyliklar, kosmik (quyosh radiatsiyasi)
boyliklari, yerning tagi qismidagi geotermik boyliklar kiradi.Albatta
tabiiy resurslarning turlari ichida yer boyliklari asosiy bo‘lib, boshqa
resurslar ham u bilan chambarchas bog‘lanishga ega. Ma’lumki yer
boyliklari qishloq xo‘jalikni asosi deb ta’kidlanadi, bu iboraga shak-
shubha yo‘q. Lekin yer avvalo, insoniyat makoni, tirikchilik vositasi
shunga
binoan sanoat tarmoqlari, transport, qurilish va boshqa xalq
xo‘jalik tarmoqlarini ham asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: