19
Ekologik vaziyatni ob’ektiv va
har tomonlama tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ekologik xavf-xatarlarning vujudga kelishi nafaqat fan-
texnika
taraqqiyotiga,
balki
jamiyatning
tabiat
bilan
o‘zaro
munosabatlarini boshqarish mexanizmining yo‘qligiga bog‘liq. Tabiiyki,
bunday hol tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, tabiiy
muhitning nomaqbul o‘zgarishlariga olib keladi. Ekologik vaziyatning
yomonlashuvi hamda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning
keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining
qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e’tibor
berilmaganligi bilan ham
bog‘liq. Ichki boshqaruv mexanizmiga ega bo‘lgan tabiiy muhit o‘zida
sodir bo‘ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish
imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhit ham
muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o‘zgarish
dinamikasi ma’lum sig‘im orqali, ya’ni o‘z-o‘zini tiklash resurslarining
mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta’sir ko‘lami
tabiiy muhitning o‘z-o‘zini tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo‘lsa,
(ko‘pgina hollarda shunday bo‘lmoqda ham) tabiiy muhitning nomaqbul
o‘zgarishlari ro‘y beradi va bu o‘zgarishlarni qanday yo‘nalishda sodir
bo‘lishini oldindan belgilash va boshqarish imkoniyatlari qiyinlashadi.
Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o‘zgarishlarining
ilmiy texnikaviy omillarni ko‘pgina hollarda jamiyatning tabiatga
nisbatan munosabatlariga bog‘liq. Chunki jamiyat tabiat bilan o‘zaro
ta’sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni rivojlantirish va
boshqarish strategiyasini optimallashtirish vazifalarining hal etish uchun
yetarlicha tayyor bo‘lmaydi. Binobarin, taraqqiyotning
hozirgi bosqichi
fan-texnika taraqqiyoti shartlarida jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro
munosabatlar muammolarining dolzarbligi o‘zaro ta’sir jarayonini
optimallashtirishning yo‘llarini “jamiyat-tabiat” tizimini doirasida
izlashni taqozo etadi. Tabiiy muhitga inson faoliyati ta’sirining
kuchayishi va tabiiy muhit sifatining turli mintaqalarida yomonlashuvi
yo‘l qo‘yilgan ko‘pgina xatoliklarning sabablarini ochish va jamiyat
xo‘jalik faoliyatini boshqarish mexanizmini teran tadqiq qilish
zaruriyatini vujudga keltiradi.
Jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro ta’sir va bu ta’sir tufayli tabiiy
muhitda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning dolzarb umumzaminiy
mummolari Markaziy
Osiyo mamlakatlarida xususan, O‘zbekistonda
ham vujudga kelishiga ko‘ra, o‘ziga xos mintaqaviy belgilarga va
sharoitlarga ega.
20
Markaziy Osiyo mintaqasi – ekologik falokatning g‘oyat xavfli
hududlaridan biridir. «Vaziyatning murakkabligi shundaki,- deb
ta‘kidlaydi I.Karimov o‘zining «
Ўзбекистон
XXI
аср
бўсағасида
…»
kitobida, - u bir necha o‘n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor
etish natijasidagina emas, balki bu mintaqada inson hayot faoliyatining
deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolagnligi natijasida kelib
chiqqandir» (116-sahifa).
Darhaqiqat, Markaziy Osiyo mintaqasida
ko‘plab odamlar bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun
fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo‘q bo‘lib ketishi
yoqasiga keltirib qo‘ydi. Bu jarayonlar O‘zbekistonda juda murakkab va
xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Shu sababli hukumat va davlat
mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish masalalariga juda katta e’tibor bermoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab
atrof muhitni muhofaza
qilishga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilindi.
Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasidagi barcha chora-tadbirlar atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha
barcha 2005 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturi asosida tashkil
etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi tadbirlar boshqa davlatlar
va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish
ishi bilan qo‘shib olib borilayotir.
Jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro ta’sir jarayoni va uning
oqibatlarini
bashoratlarini
ishlab
chiqish
muhim
ilmiy-amaliy
ahamiyatga ega va bunday bashortlash ekologik bashoratlash deb
ataladi.
Ekologik bashoratlash ekotizimlarni tabiiy jarayonlar hamda inson
faoliyatining ta’siri ostida rivojlanish sharoitlarini oldindan aytish bo‘lib,
bashoratlantirilayotgan hodisalarning miqyosiga ko‘ra
ekologik
bashortlashda chiziqli ekstropolyatsiya (lotincha ekstra – haddan
tashqari, haddan ziyod, polire – silliq qilish, bezaklash, pardozlash)
modeli ekspropolyatsiya, intuitiv (ekspertli) oldindan aytish, sabab
oqibat zanjirini tahlil qilish va boshqa metodlarni tabiiy-tarixiy, sotsial-
iqtisodiy va texnologik bashoratlarining birikmasi
ekologik taraqqiyot
bashorati deb nom olgan.
Ekologik bashoratlashda muhitni ta’sirining bashorati, tabiatdan
foydalanish
bashorati,
muhit
o‘zgarishining
bashorati,
tabiiy
resurslardan foydalanish bashorati va boshqa bashoratlar mavjud.
21
Muhit o‘zgarishining bashorati tabiiy muhitda unga insonning
bevosita ta’siri va bu ta’sirning uzoq kelajakda bilvosita oqibatlari bilan
bog‘liq bo‘lgan murakkab zanjirli reaksiyalar tufayli vujudga keladigan
barqaror o‘zgarishlarni oldindan aytib berishni o‘z ichiga oladi. Muhitga
ta’sirni bashorat qilishda esa loyihalashtirilgan, qurilayotgan yoki yaqin
vaqtda qurilgan ishlab chiqarish korxonasi, inshoat yoki ularning
majmuasining muhitga ta’siri natijasida tabiiy muhitda ro‘y berishi
kutilayotgan o‘zgarishlar oldindan aytib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: