36
uning resurslari sifatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimini
belgilashga o‘tilmoqda.
Atrof tabiiy muhit sifatini ta’minlash inson ta’sirida deyarli
o‘zgarmagan tabiiy ekotizim (geotizim, landshaft)larda tabiatning o‘zi
tomonidan amalga oshiriladi. Insonning vazifazi esa tabiiy muhitda
mavjud bo‘lgan dinamik muvozanatni buzmaslikdan iborat bo‘ladi.
Inson ta’sirida o‘zgargan va uning faoliyati sharoitlarida rivojlanayotgan
ekotizmlarda atrof tabiiy muhitning sifati jamiyatning iqtisodiy
manfaatlarini hamda tabiat va insonning ekologik himoyasi talablarini
mos holda tartibga solib turish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro ta’sir
jarayonlarini bunday
tartibga solib turish metodi tabiiy atrof muhit sifatini boshqarish deb
nom olgan. Bu metodda tabiiy muhit muhofazasining hozirgi
sharoitalrdagi jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlarini optimal
nisbatlari mavjudligini ifodalaydigan mohiyati namoyon bo‘ladi.
Bunday optimal nisbat mavjud bo‘lganda insonning moddiy va
ma’naviy ehtiyojlar iqtisodiyotni yanada rivojlantirish asosida
qondirilgan holda u yashaydigan sog‘lom, mahsuldor va xilma-xil tabiiy
muhitni saqlash imkoniyati bo‘ladi.
E.V.Milanova va A.M.Ryabchikov (1986)
tabiiy resurslar muhit
holatini monitoringi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlarning asosiy
yo‘nalishlari
quyidagi
masalalarni
qamrab
olishi
lozim
deb
hisoblaydilar:
1. Moddalarning tabiiy aylanishini (muhitga tushadigan manbalar,
migratsiya xususiyatlari “kirish” va “chiqish”dagi miqdori) va muhitda
kimyoviy muvozanatning tuzilishi natijasida ularning o‘zgarishini
o‘rganish.
2. Insonning faoliyati natijasida vujudga kelgan (antropogen)
ekotizmlarda energiya balansining (fransuzcha balans - tarozi)
o‘zgarishi. Energiyaning umumzaminiy (global) balansi tabiiy muhitda
energiya almashinuvining dinamikasini (dinamikos – kuchga mansub,
kuchli) sathlarni hosil qiluvchi bir qator omillar (atmosferaning gaz
tarkibi, okean va havo oqimlarining tizimi,
radiatsiya balansi va
yuzaning albedo 5 kattaligi) tufayli saqlanib turadi. Energiya aylanishi
bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar majmuasida atmosfera gaz tarkibi,
tiniqligi va ifloslanganligining o‘zgarishi (ular atmosferaning singdirish
va tarqatish qobiliyatiga ta’sir ko‘rchsatishi mumkin), umumzaminiy
biologik siklda (yunoncha siklos – doira, aylana) energiyaning o‘zgarish
jarayonlarini
(energiyaning
ekotizimlar
tomonidan
to‘planishi,
37
to‘planish tezligi va b.sh.; fizikaviy kimyoviy va biokimyoviy
reaksiyalar (lotincha re-qarshi, aktio-harakat)
tezligi oshishining ayrim
organizmlar uchun biologik oqibatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan yo‘nalishlardir. Bu jarayonlarni o‘rganish inson faoliyati
ta’siri ostida tabiiy muhitni ehtimoliy o‘zgarishlarini bashoratlashtirish
imkoniyatlarini beradi.
3. Suv balansining o‘zgarishi. Bu muammo sanoat va qishloq
xo‘jaligida foydalanilgach qaytmaydigan suvlarning taqchilligiga
bog‘liq bo‘lgan sifati bilan bog‘liq. Suvning
aylanishi muammolarini
o‘rganish suv balansiga inson xo‘jalik faoliyatining (qishloq xo‘jalik
melioratsiyasi, suv omborlarining) qurilishi, yer osti suvlarini to‘plash,
havzalararo suv resurslaridan foydalanish va ifloslanish ta’sirini tahlil
qilish asosida o‘rganishni taqozo etadi. Suv havzalari fizikaviy kimyoviy
xususiyatlarini pollyutantlar (lotincha pollutio – iflos qilish)
to‘planadigan aktivatoriyalarda (lotincha akua-suv, torium – makon,
moy) – daryolarning mansablari, shelflar, ko‘llarda o‘rganish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
4.Antropogen
landshaftlarda
ro‘y
beradigan
jarayonlar
dinamikasini o‘rganish. Landshaftlarda foydalanishning noqulay
oqibatlarini (eroziya jarayonlari, qayta sho‘rlanish va zax bosish,
ifloslanish) o‘rganish va
bashorat qilish va shuningdek, inson faoliyati
ta’sirining muayyan usuli tufayli shakllangan “jiddiy xavfli” hududlarni
belgilash ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza
qilish muammolariga bog‘liq holda tabiiy resurslar tugaydigan va
tugamaydigan resurslarga ajratiladi. Tugaydigan resurslar o‘z navbatida
tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: