Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Intizomiy-huquqiy  javobgarlik  deyarli  ko‘proq  mehnat  intizomini 
buzish  oqibatida  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanmagan  taqdirda  yoki 
suv to‘g‘risidagi qonunlar buzilganda paydo bo‘lishi mumkin. 


 
111
Suv  va  suvdan  foydalanish,  uni  muhofaza  qilish talablarini  buzganlik 
uchun,  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  181-moddasiga 
asosan, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi 
intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: 
1) xayfsan; 
2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda 
jarima.  Ichki  mehnat  tartibi  qoidalarida  xodimga  o‘rtacha  oylik  ish 
haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham 
nazarda  tutilishi  mumkin.  Xodimning  ish  haqidan  jarima  ushlab  qolish 
ushbu Mehnat kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish 
beruvchi tomonidan amalga oshriladi; 
3)  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  (100-modda  ikkinchi 
qismining 3 va 4-bandlari).  
Ushbu  moddada  nazarda  tutilmagan  intizomiy  jazo  choralarining 
qo‘llanilishi taqiqlanadi. 
Fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  esa  ko‘proq  suv  to‘g‘risidagi  qonun-
larni  buzish  yoki  undan  oqilona  foydalanmaslik  oqibatida  keltirilgan  yoki 
yetkazilgan zarar natijasida kelib chiqadi. Jumladan, «Suv va suvdan foy-
dalanish  to‘g‘risida»gi  qonuning  114-moddasiga  asosan,  suvdan 
foydalanish  huquqini  boshqaga  berish  hamda  davlatning  suvga  egalik 
huquqini  oshkora  yoki  yashirish  shaklda  buzadigan  boshqa  xil  bitimlar 
haqiqiy hisoblanmaydi. 
Mazkur  qonuning  116-moddasiga  binoan,  o‘zboshimchalik  bilan 
egallab  olingan  suv  obyektlari  ulardan  qonunsiz  foydalanish  vaqtida 
qilingan xarajatlar qoplanmagan holda o‘z egasiga qaytarib olib beriladi. 
Shuningdek,  «Suv  va  suvdan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  qonunning 
XXVIII  bob  117-118-moddalari  «suv  to‘g‘risidagi  qonunlarni  buzish 
natijasida  yetkazilgan  zararlarni  undirish»  va  «zarar  yetkazishda  aybdor 
bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning moddiy javobgarligi» 
masalalariga bag‘ishlangan. 
Ushbu  qonunning  117-moddasiga  asosan,  korxonalar,  muassasalar, 
tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer va dehqon 
xo‘jaliklari  va  fuqarolar  suv  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish  natija-
sida  yetkazilgan  zararlarni  qonun  hujjatlarida  belgilanadigan  miqdorda  va 
tartibda qoplashlari shart. 
Bundan  tashqari,  mazkur  qonunning  118-moddasida  zarar  yetkazgan 
mansabdor  shaxslar  va  boshqa  xodimlarning  moddiy  javobgarligiga  ham 
alohida e’tibor berilgan. Jumladan, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar 
zarar xarajatlarini to‘lashda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa 
xodimlar belgilangan tartibda moddiy javobgar bo‘ladilar. 


 
112
Ta’kidlash  kerakki,  asosan  suv  resurslaridan  oqilona  foyda-
lanmaslik,  ular  to‘g‘risidagi  qonunlarni  buzganlik  uchun  deyarli  ko‘p 
hollarda ma’muriy va jinoiy javobgarliklar qo‘llaniladi. 
Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari sifatida 
ma’muriy-huquqiy  javobgarlik  qo‘llanilishi  mumkin.  Ushbu  huquqiy 
javobgarlik  «O‘zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘-
risida»gi  kodeksida  aniq  ko‘rsatilgan.  Mazkur  kodeksning  72-moddasiga 
ko‘ra,  suvlarni  ifloslantirish  yoki  bulg‘atish,  suv  to‘plash  inshootlarida 
suvni  muhofaza  qilish  rejimini  buzish  –  fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish 
haqining  uchdan  bir  qismidan  bir  baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga 
esa – bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga 
sabab bo‘ladi. 
Korxonalar, kommunal va boshqa obyektlarni suvlarning ifloslanishi 
va  bulg‘anishi  yoki  ularning  zararli  oqibatlari  oldini  oluvchi  inshootlar 
va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv obyektlarining 
tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish – mansabdor shaxslarga 
eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch  baravarigacha  bo‘lgan 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Suv  quduqlarini  qazishning  belgilangan  qoidalari  va  texnologiyasini 
buzish,  ishlatilayotgan  va  kuzatuv  quduqlarini  yo‘q  qilib  yuborish  yoki 
shikastlantirish,  suv  o‘zi  chiqadigan  quduqlarni  tartibga  soladigan  quril-
malar  bilan  jihozlash,  shuningdek  ishlatishga  yaroqsiz  quduqlarni 
konservatsiyalash  yoki  yo‘q  qilish  choralarini  ko‘rmaslik,  sifatli  yer  osti 
suvlari hosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlarining ifloslanishi yoki ular-
ning  sifati  yomonlashishi  manbai  bo‘lib  qolishi  mumkin  bo‘lgan  sanoat, 
qishloq  xo‘jalik  inshootlari  va  boshqa  obyektlarni  joylashtirish  –  fuqa-
rolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikkidan  bir  qismidan  bir  barava-
rigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa,  bir  baravaridan  uch  baravarigacha 
bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazar-
da  tutilgan  huquqbuzarliklar  ma’muriy  jazo  chorasi  qo‘llanilganidan 
keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – 
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch barava-
rigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa,  uch  baravaridan  yetti  baravarigacha 
bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Mazkur  Kodeksning  74-moddasida  ham  suvdan  foydalanish  va  suv 
iste’moli  qoidalarini  buzish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  huquqbuzarlik  uchun 
ma’muriy javobgarlik belgilangan. 


 
113
Tabiiy  suv  oqimlari  (jilg‘alar,  soylar,  daryolar  va  boshqalar),  suv 
havzalari  (ko‘llar,  dengizlar,  yer  osti  suvli  qatlamlari)  va  boshqa  tabiiy 
suv  obyektlaridan  olinadigan  suvdan  foydalanish  va  suv  iste’moli 
qoidalarini,  suv  olish  limitlarini  buzish,  shuningdek  loyihada  nazarda 
tutilgan baliqlarni  muhofaza qilish  inshootlari  va  qurilmalari  bo‘lmagan 
holda ulardan suv olishni amalga oshirish –  
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki barava-
rigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan olti baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  
Sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoq-
lari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuz-
lar  va  boshqalar)  hamda  boshqa  sun’iy  suv  obyektlaridan  olinadigan 
suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish, ya’ni suvdan xo‘ja-
sizlarcha  foydalanish,  suvlarning  va  suv  obyektlarining  holatiga  ta’sir 
etuvchi  gidrotexnika  ishlarini  va  boshqa  ishlarni  o‘zboshimchalik  bilan 
bajarish,  suv  obyektlaridan  belgilangan  suv  olish  limitlari,  suvdan 
foydalanish va suv iste’moli rejalarini buzish –  
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  uchdan  ikki  qismidan  bir 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  bir  baravaridan  to‘rt 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  
Ushbu  moddaning  birinchi  va  ikkinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan 
huquqbuzarliklar  ma’muriy  jazo  chorasi  qo‘llanilganidan  keyin  bir  yil 
davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –  
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki  baravaridan  olti 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  olti  baravaridan  o‘n  to‘rt 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Shuningdek,  ushbu  Kodeksning  75-moddasida  «Suvlarning  davlat 
hisobini  yuritish  qoidalarini  buzganlik»  uchun  ma’muriy  javobgarlik 
ko‘rsatilgan.  Suv  obyektlaridan  olinadigan  va  ularga  quyiladigan  suv 
miqdorining  dastlabki  hisobini  yuritish  va  oqib  kelib  qo‘shilayotgan 
suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri 
yuritishning belgilangan tartibini buzish – 
mansabdor  shaxslarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Xuddi  shunday  huquqbuzarlik  ma’muriy  jazo  chorasi  qo‘llanilga-
nidan  keyin  bir  yil  davomida  takror  sodir  etilgan  bo‘lsa,  mansabdor 
shaxslarga  eng  kam  ish  haqining  uch  baravaridan  yetti  baravarigacha 
bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Ayni  paytda,  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksning  76-
moddasida  suv  xo‘jaligi  inshootlari  va  qurilmalarini  shikastlantirish, 


 
114
ulardan  foydalanish  qoidalarini  buzganlik  uchun  ham  ma’muriy 
javobgarlik belgilangan.  
Jumladan,  suv  xo‘jaligi  inshootlari  va  qurilmalarini  shikastlantirish, 
eng  kam  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  bir  baravarigacha  miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi.  
Suv  xo‘jaligi  inshootlari  va  qurilmalaridan  foydalanish  qoidalarini 
buzish,  
mansabdor  shaxslarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Bundan  tashqari,  O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksida 
suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzganlik uchun jinoiy 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish