Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Suvlarni  muhofaza  qilishning  huquqiy  chora-tadbirlari.  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududida  suv  resurslaridan  foydalanuvchilar  undan  oqilona, 
tejab  foydalanishlari,  uni  muhofaza  qilishlari  shart.  Agar  ushbu talablarga 
rioya  qilinmasa,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  muvofiq  tegishli 
huquqiy  javobgarlik  mavjud  ekanligini  eslatish  lozim.  Suv  to‘g‘risidagi 
qonunlarni  buzganlik  uchun  tegishli  javobgarlik  masalasi  O‘zbekiston 
Respublikasining  «Suv  va  suvdan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  qonunining 
XXVII bob 114-116-moddalarida o‘z aksini topgan.  
Ushbu  qonunning  114-moddasida  ko‘rsatilganidek,  suvdan  foyda-
lanish  huquqini  boshqaga  berish  hamda  davlatning  suvga  egalik  huquqini 
oshkora  yoki  yashirin  shaklda  buzadigan  boshqa  xil  bitimlar  haqiqiy 
hisoblanmaydi. 
Bitimlarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar, shuningdek: 
–  suv  obyektlarini  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olgan  yoki  suvdan 
o‘zboshimchalik bilan foydalangan; 
– suvdan foydalanish limitlarini buzgan holda suv olgan; 
– daryolarni bulg‘agan va ifloslagan; 
–  suvni  bulg‘ash  va  ifloslashning  yoki  suv  yetkazadigan  zararli 
ta’sirning  oldini  oladigan  inshootlari  va  qurilmalari  bo‘lmagan  kor-
xonalarni, kommunal obyektlarni va boshqa obyektlarni ishga tushirgan; 
–  suvdan  (suv  obyektlaridan  chiqarib  yoki  ajratib  olingan  suvdan) 
xo‘jasizlik bilan foydalangan; 
–  suv  havzalarida  suvni  muhofaza  qilish  rejimini  buzib,  uning 
bulg‘anishiga,  tuproqni  suv  yuvib  ketishiga  va  boshqa  zararli  hodisalar 
ro‘y berishiga sabab bo‘lgan; 


 
110
–  suv  xo‘jaligi  inshoootlari  va  qurilmalariga  shikast  yetkazgan  va 
ularni vayron qilgan; 
–  suv  xo‘jaligi  inshootlarini  va  qurilmalarini  ishlatish  qoidalarini 
buzgan; 
–  suvning  holatiga  ta’sir  qiluvchi  to‘siqlar,  nasos  stansiyalari  va 
boshqa inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurgan; 
–  suv  haqi  va  suvdan  foydalanish  qoidalarini  buzganlik  uchun 
solingan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan; 
–  rejalarda  ko‘zda  tutilib,  suvni  bulg‘anish,  ifloslanish  va  kamayib 
ketishdan  saqlashni,  shuningdek  suv  hollati  va  rejimini  yaxshilashni 
ta’minlovchi gidrotexnika, texnologiya, o‘rmon-melioratsiya, sanitariya-
texnika tadbirlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirmagan; 
–  vodoprovod  va  kanalizatsiya  tarmoqlariga  o‘zboshimchalik  bilan 
ulangan; 
–  foydalanish  va  kuzatish  quduqlarini  yo‘q  qilib  tashlagan  yoki 
ularga zarar yetkazgan; 
–  suv  quduqlarini  burg‘ilashning  belgilangan  qoidalari  va 
texnologiyasini buzgan; 
–  suvni  muhofaza  qilish  inshootlari  va  qurilmalarini  qo‘rishning 
me’yoriy muddatlarini barbod qilgan; 
– qurilishi tugallanmagan suvni muhofaza qilish inshootlarini ularning 
samarali ishlashiga salbiy ta’sir etuvchi kam-ko‘stini bitirmay va loyihadan 
chetga chiqishlar bilan foydalanishga topshirgan; 
– suvni muhofaza qilish qoidalariga rioya etmagan; 
– suvdan foydalanganlik haqidagi davlat hisobotlarini taqdim etmagan 
yoki ushbu ma’lumotlarni buzib ko‘rsatgan; 
–  tabiatni  muhofaza  qilish  nazoratini  amalga  oshiruvchi  organlarning 
ko‘rsatmalarini bajarmagan; 
– alohida qo‘riqlanadigan suv obyektlari rejimini buzganlikda aybdor 
bo‘lgan  shaxslar  qonunlarga  muvofiq  jinoiy,  ma’muriy  va  o‘zga  tarzdagi 
javobgarlikka tortiladilar. 
Qonunlarda suv to‘g‘risidagi qonunlarning boshqa turdagi buzilishlari 
uchun ham javobgarlik belgilab qo‘yilishi mumkin. 
Umuman  olganda,  suv  resurslaridan  noqonuniy  foydalanganlik,  u 
to‘g‘risidagi  qonunlarni  buzganlik  va  suvni  muhofaza  qilish  talablariga 
e’tibor  bermaganlik  uchun  intizomiy,  fuqarolik,  ma’muriy  va  jinoiy 
huquqiy chora-tadbirlar mavjud. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish