Microsoft Word экология лотин doc


2-§. Suvdan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilish sohasida



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

 


 
100
2-§. Suvdan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilish sohasida 
davlat boshqaruvi hamda nazorat etish tartibi  
hamda javobgarlik masalalari 
 
Obihayotdan  foydalanishdagi  boshboshdoqlik  va  mas’uliyatsizlik 
yomon  oqibatlarga  olib  kelishini  Markaziy  Osiyoda  tashkil  topgan 
mustaqil  davlatlar  hamda  Qozog‘iston  Respublikasi  meliorasiya  va  suv 
xo‘jaligi  xizmati  rahbarlari  obdon  mulohaza  qilib  ko‘rdilar.  Bu 
masalaning ahamiyati va murakkabliklarini tushinib yetdilar. 
1992-yilning  18-fevralida  Qozog‘iston  Respublikasining  Olmaota 
shahrida mintaqadagi davlatlararo suv zaxiralarini birgalikda boshqarish 
va muhofaza qilish yuzasidan ahdlashuvga kelishildi. Ahdnoma hujjatini 
Markaziy  Osiyo  respublikalari  Melioratsiya  va  suv  xo‘jaligi  vazirlari 
imzoladilar.  Hujjatda  suv  manbalaridan  oqilona  foydalanishga,  suv 
zaxiralarini muhofaza etishda mintaqadagi barcha davlatlar teng huquqli 
hamda  baravar  mas’uliyatga  ega  ekangliklari  ko‘zda  tutildi.  Har  bir 
respublika  o‘z  hududida  ahdnomaga asosan  amal  qilish  majburiyatlarini 
oldi.  Jumladan,  ahdlashuvchi  tomonlarning  manfaatlarini  hurmat  qilish, 
suvdan foydalanishda bir-biriga ziyon yetkazmaslik, suvdan foydalanish 
va uning zaxiralarini ifloslantirmaslik haqida Ahdnomada ko‘zda tutilgan 
talablarga  og‘ishmay  amal  qilish  majburiyatlari  e’tiborda  tutiladi,  deb 
kelishib olindi. 
Tomonlar  suvni  isrof  qilmaslik,  bu  bebaho  boylikdan  samarali 
foydalanish  xususida,  shuningdek,  ekologiya  muammolari,  Orol 
dengiziga har yili zarur miqdorda suv yetkazib turish haqida bamaslahat 
bir fikrga keldilar. 
1993-yil  6-mayda  O‘zbekiston  Respublikasining  «Suv  va  suvdan 
foydalanish  to‘g‘risida»gi  qonuni  qabul  qilinib,  u  suv  va  suvdan 
foydalanishga  doir  munosabatlarni  tartibga  solishdan,  aholi  va  xalq 
xo‘jaligi  ehtiyojlari  uchun  suvdan  oqilona  foydalanishdan,  suvni 
bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlashdan, suvning zararli 
ta’sirini oldini olish va uni bartaraf qilishdan, suv obyektlarining holatini 
yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, 
muassasalar,  tashkilotlar,  dehqon  xo‘jaliklari  va  fuqarolarning 
huquqlarini himoya qilishdan iborat bo‘ldi. 
Mazkur  qonunda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining 
suvga  doir  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasidagi  vakolatlari  ham 
aniq ko‘rsatildi. 


 
101
Jumladan,  qonunning  5-moddasida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining  suvga  doir  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasidagi 
vakolatlari quyidagicha ko‘rsatilgan: 
–  suv  va  suvdan  foydalanish  to‘g‘risidagi  qonunlarni  qabul  qilish, 
ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish; 
–  suv  resurslaridan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishga  oid 
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda suv xo‘jaligiga 
oid strategik davlat dasturlarini qabul qilish; 
–  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  tasarrufiga  kiradigan 
boshqa masalalarni hal etish. 
Ushbu  qonunning  6-moddasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  suvga  doir  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasidagi 
vakolatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ular quyidagilar: 
– suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish 
va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
–  suv  resurslaridan  kompleks  va  oqilona  foydalanish,  ularni 
boshqarish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’sirining 
oldini  olish  hamda  ularni  bartaraf  etish  sohasida  vazirliklar,  davlat 
qo‘mitalari, 
idoralar, 
boshqa 
yuridik 
shaxslarning 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
–  suv  fondini  hosil  qilish  va  undan  foydalanish  tartibini,  suvdan 
foydalanish,  suv  iste’moli  me’yorlarini  va  suv  obyektidan  suv  olish 
limitlarini  (bundan  buyon  matnda  suv  olish  limitlari  deb  yuritiladi) 
tasdiqlash tartibini belgilash; 
–  suvlarning  davlat  tomonidan  hisobga  olib  borilishini  hamda  suvdan 
foydalanishni  nazorat  qilish  va  ularni  muhofaza  etishni  ta’minlash,  davlat 
suv kadastri va suv monitoringini yuritish; 
– yirik avariyalar, falokatlar, ekologiya tangligi va suvlarning zararli 
ta’siri oldini olish hamda ularga barham berish yuzasidan chora-tadbirlar 
ishlab chiqish; 
–  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  haq  to‘lash,  suv 
obyektlarini  bulg‘atganlik  va  quritib  qo‘yganlik  uchun  haq  undirish 
tartibini belgilash; 
– davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish; 
– qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga 
oshirish. 
Shunisi  e’tiborliki,  mazkur  qonunda  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlarining  suvga  doir  munosabatlarni  tartibga  solish  sohasidagi 
vakolatlariga ham e’tibor qaratilgan. 


 
102
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni 
tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi: 
–  o‘z  hududidagi  suv  resurslaridan  foydalanish  va  ularni  muhofaza 
qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; 
– suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza 
qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta’minlash; 
–  suv  obyektlari holatini  hisobga  olib borish  va ularga baho berish, 
suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi,  belgilangan suv 
olish  limitlariga  rioya  etilishi,  suvdan  foydalanuvchilarning  suvdan 
foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish; 
–  suv  obyektlarini  saqlash  va ularning  holatini  yaxshilash,  suvlarning 
zararli  ta’sir  ko‘rsatishini,  shuningdek  bulg‘anishining  oldini  olish  va  uni 
bartaraf  etish  hamda  avariyalar,  toshqin,  sel  va  tabiiy  ofatlar  natijasida 
vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish; 
–  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  masalalarni  tartibga 
solish (7-modda). 
Suvdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  ustidan  davlat nazorati-
ning  vazifasi  suvdan  foydalanish  borasida  belgilab  qo‘yilgan  tartibga 
barcha  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralar,  davlat,  kooperativ, 
jamoat  korxonalari,  tashkilotlar,  muassasalar  va  fuqarolarning  rioya 
qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararrli ta’sirining oldini olish 
va  bartaraf  qilish  vazifalarini,  suvni  hisobga  olish  qoidalarini,  shuning-
dek,  suv  to‘g‘risidagi  qonunlarda  belgilab  berilgan  boshqa  qoidalarni 
bajarishlarini  ta’minlashdir.  «Suv  va  suvdan  foydalanish  to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunining  8-moddasiga  asosan  suvdan 
foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagicha ko‘rsatilgan. 
Suvdan  foydalanish  sohasida  davlat  boshqaruvi  O‘zbekiston  Res-
publikasi  Vazirlar  Mahkamasining  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv 
organlari, shuningdek bu sohada maxsus vakolati bo‘lgan hamda suvdan 
foydalanishni  bevosita  yoki  havza  (hududiy)  boshqarish  orqali  tartibga 
solib  turuvchi  davlat  organlari  hamda  boshqa  tashkilotlari  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (yer usti 
suvlari),  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Geologiya  va  Mineral 
resurslar  qo‘mitasi  (yer  osti  suvlari)  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 
sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorot qilish 
davlat qo‘mitasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) o‘z vakolatlari 
doirasida  suvdan  foydalanishni  tartibga  solish  sohasida  maxsus  vakolati 
bo‘lgan davlat organlari hisoblanadi. 


 
103
Ma’lumki,  1991-yildan  suv  uchun  haq  to‘lashning  uzoq  muddatga 
mo‘ljallangan  iqtisodiy  normativlarini  belgilab  qo‘yish  zarur  deb  topildi. 
Shuning  uchun  ham  suv  iste’molining  belgilab  qo‘yilgan  limitlariga  rioya 
qilinishini  nazorat  etish  katta  ahamiyatga  egadir.  Bu  masalaga  amaldagi 
suv qonunchiligida quyidagicha e’tibor berildi. 
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining 
vazifasi  suvdan  foydalanish  borasida  belgilab  qo‘yilgan  tartibi  barcha 
vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralar,  mulkchilikning  barcha  shaklla-
ridagi  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  dehqon  xo‘jaliklari  va 
fuqarolar rioya qilishlari suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta’sirining 
oldini  olish  va  bartaraf  qilish  vazifalarini,  suvni  hisobga  olish  qoidalarini, 
shuningdek suv to‘g‘risidagi qonunlarda belgilab berilgan boshqa qoidalar-
ni bajarilishini ta’minlashdir. 
Suvdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  ustidan  davlat  nazoratini 
mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlari,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Sanoatda,  konchilikda  va  kommunal-maishiy  sektorda  ishlarning  bexatar 
olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradilar. 
Suvdan  foydalanish  ustidan  idoraviy  nazoratni  O‘zbekiston 
Respublikasi  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Davlat  geologiya  va  mineral  resurslar  qo‘mitasi  organlari  amalga 
oshiradilar. Bundan tashqari, suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza 
qilish  bo‘yicha  tadbirlarni  amalga  oshirishda  jamoat  birlashmalari, 
jamoalar va fuqarolarning ishtiroki ahamiyatlidir. 
Jamoat  birlashmalari,  jamoalar  o‘z  nizomlariga  muvofiq  suvdan  oqi-
lona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  tadbirlarni  amalga 
oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadilar. Bu tadbirlarni o‘tkazishda 
davlat  organlari  jamoat  birlashmalari,  jamoat  va  fuqarolar  takliflarini 
hisobga oladilar. 
Xullas,  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  etish 
ustidan  davlat  boshqaruvi  hamda  nazoratini  olib  borish  katta  ahamiyatga 
ega  bo‘lib,  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish,  tejab-tergash  va  uning 
sofligini saqlash hamda har qanday nojo‘ya ekologik huquqbuzarliklarning 
olishni ta’minlaydi. 
«Suvdan  foydalanish  huquqi»  tushunchasi  asosan  ikki  holat  bilan 
bog‘liq.  

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish