Microsoft Word экология лотин doc


-§. Yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

 
3-§. Yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza 
qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli va vazifalari 
 
Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni barqa-
rorlashtirish,  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  ekologik 
qonunlarida  ko‘rsatilgan  talablarni  o‘z  vaqtida  bajarish  hozirgi  kunda 
juda  katta  ijtimoiy-iqtisodiy  va  huquqiy  ahamiyatga  molik  masalaga 
aylandi. Bu masala o‘z vaqtida aql-idrok bilan hal qilinmasa yoki tegishli 
nazorat  organlari  o‘zlarining  bu  sohadagi  faoliyatini  takomillashtirmasa 
yoxud  qabul  qilingan  qonun  va  qoidalar  to‘liq  amalga  oshirilmasa, 
aholining  sihat-salomatligi,  mamlakatimizning  milliy  xavfsizligi, 
qolaversa,  yer  yuzidagi  barcha  tirik  mavjudotlarning  hayoti  xavf  ostida 
qoladi
2

                                                
1
 Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т., 2013.  
2
 Шоимов Н.Б. Ички ишлар органларининг экологик қонунлар ижросини 
таъминлаш фаолияти: Ўқув қўлланма. – Т., 2011. – Б. 63. 


 
92
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaga-
nidek, «ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun 
dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. 
Ekologiya  hozirgi  zamonning  keng  miqyosdagi  keskin  ijtimoiy 
muammolaridan  biridir.  Uni  hal  etish  barcha  xalqlarning  manfaatlariga 
mos  bo‘lib,  sivilizatsiyaning  hozirgi  kuni  va  kelajagi  ko‘p  jihatdan  ana 
shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir»
1

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  aytish  mumkinki, 
ekologik  tizimni  sog‘lomlashtirish,  ekologik  muvozanatni  saqlash,  eko-
logik xavfsizlikni ta’minlash davlatning eng asosiy vazifalaridan biridir. 
Bizga  ma’lumki,  davlat  o‘z  oldida  turgan  vazifalarni  vakolatli 
organlari orqali amalga oshiradi. Davlatning ekologik, jumladan yerga oid 
qonunlar  ijrosini  ta’minlashdagi  organlari  safida  huquqni  muhofaza 
qiluvchi organlar alohida ahamiyatga molik vazifalarni bajaradi.  
Prokuratura  organlari  O‘zbekiston  Respublikasi  «Yer  kodeksi»ning 
ijrosi  ustidan  nazoratni  amalga  oshiradi,  ma’muriy  va  jinoiy  ishlarni 
qo‘zg‘atadi,  yer  resurslariga  yetkazilgan  zararni  qoplash  da’vosini 
qo‘zg‘atadi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  yerdan  foydalanish  va  uni  ekologik 
muhofaza  qilishda  barcha  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  qatori 
ichki ishlar organlarining ham muhim o‘rni bor. 
Ichki  ishlar  organlari  O‘zbekiston  Respublikasi  «Yer  kodeksi»ning 
8-moddasida ko‘rsatilgan barcha toifalaridagi yerlarni, jumladan, qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlari, sanoat, transport, aloqa, 
mudofaa,  tabiatni  muhofaza  qilish,  sog‘lomlashtirish,  rekreatsiya 
maqsadlariga  mo‘ljallangan,  tarixiy-madaniy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan, 
o‘rmon, suv va zaxira yerlaridan oqilona foydalanish va  ularni ekologik 
muhofaza qilish ishida aktiv ishtirok etadilar. 
Jumladan, ichki ishlar organlari, ayniqsa «Profilaktika inspektorlari» 
aholi  punktlari,  shahar,  dam  olish,  rekratsiyaviy  mintaqalar  va  boshqa 
jamaot  joylarining  tozaligini  nazorat  qilishda  o‘z  vazifasini  amalga 
oshiradi. 
Umuman  olganda,  ichki  ishlar  organlari  yer  resurslaridan to‘g‘ri  va 
oqilona  foydalanish  maqsadida  yer  qonunchiligini  tushuntirish,  barcha 
toifa  yerlardan  oqilona  foydalanish,  ularni  muhofaza  etish,  profilaktik 
talablariga  javob  beradigan  holatlarni  belgilash,  barcha  kategoriya 
                                                
1
  Каримов И. А.  Хавфсизлик  ва  барқарор  тараққиёт  йўлида.  Т.  6.  –  Т., 
1998. – Б. 110. 


 
93
yerlarda  ximiyaviy  moddalar  va  boshqa  chiqindilar  tashlashning  oldini 
olish,  yer  to‘g‘risidagi  qonunchiliklarning  buzilishiga  qarshi  kurash 
ishlarini  olib  boradi.  Bu  ishda  ichki  ishlar  organlarining  boshqa  bo‘lim 
va  xizmatlari,  qo‘riqlash  xizmatlari,  DYHXX,  YOXB,  TB  va  boshqa 
xizmatlarining o‘rni alohida ahamiyatga egadir. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish