Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Intizomiy-huquqiy  javobgarlik  –  bu  yer  to‘g‘risidagi  qonunlarni  va 
ekologik  talablarni  buzganlik  uchun  qo‘llanilib,  asosan  yerdan 
foydalanuvchilarning  bajarishi  va  amalga  oshirish  lozim  bo‘lgan 
majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  bajarmaslikdan  kelib  chiqadi.  Intizomiy-
huquqiy  javobgarlik  korxona  rahbari  tomonidan  qo‘llaniladi.  Bu 
javobgarlik  asosan  mehnat  qonunlari  asosida  amalga  oshirilib,  ko‘proq 
yer boyliklaridan oqilona foydalanish va uni ekologik holatlarini saqlash 
paytidagi mehnat intizomining buzilishi oqibatida vujudga keladi. 
Ma’muriy-huquqiy  javobgarlik  –  bu  intizomiy  javobgarlikka 
nisbatan  og‘irroq  bo‘lib,  yer  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  huquqbuzarliklar 
O‘zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi 
kodeksi
1
da ko‘rsatilgan. 
Jumladan,  ushbu  qonunga  asosan  quyidagi  huquqbuzarliklar  uchun 
ma’muriy javobgarlik belgilangan. 
Yerlardan  xo‘jasizlarcha  foydalanish,  obyektlar  qurish  paytida 
unumdor  qatlamni  olmaslik,  yer  maydonlaridan  boshqa  maqsadlarda 
foydalanish, 
yerlarni 
foydalanishdan 
chiqarishga, 
hosildorlik 
pasayishiga,  tuproqning  buzilishi  yoki  yo‘q  bo‘lib  ketishiga  olib 
keladigan  boshqa  harakatlarni  sodir  etish,  shuningdek  tanazzulga  yuz 
tutgan  qishloq  xo‘jaligi  yerlarini  konservatsiyalashning  belgilangan 
tartibini buzish, – 
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  uch  baravaridan  besh 
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
                                                
1
  Ўзбекистон  Республикасининг  Маъмурий  жавобгарлик  тўғрисидаги 
кодекси. – Т., 2010. 


 
89
Qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa  yerlarni  yaroqsiz  holga  tushirish,  ularni 
ishlab  chiqarish  chiqitlari  va  boshqa  chiqindilar,  kimyoviy  va  radioaktiv 
moddalar hamda oqova suvlar bilan isloflantirish, – 
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  bir  baravaridan  uch  bara-
varigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha 
bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 65-m). 
Yer  berish  tartibini  buzish,  xuddi  shuningdek  fermer  va  dehqon 
xo‘jaligi  yuritish  uchun  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  va  turar-joy 
binosiga  xizmat  ko‘rsatish,  jamoa  bog‘dorchiligi  va  polizchiligi  uchun 
fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, – 
mansabdor  shaxslarga  eng  kam  ish  haqining  uch  baravaridan  yetti 
baravarigacha  bo‘lgan  miqdorda  jarima  solishga  sabab  bo‘ladi  (MJTK 
66-m). 
Vaqtincha  egallab  turilgan  yerlarni  o‘z  vaqtida  qaytarib  bermaslik 
yoki  ularni  o‘z  o‘rnida  foydalanish  uchun  yaroqli  holga  keltirish 
yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, – 
eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch  baravarigacha  miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 67-m). 
Tasdiqlangan  yer  tuzilishi  loyiha  hujjatlaridan  tegishli  ruxsat 
bo‘lmay  turib  chetga  chiqish,  xuddi  shuningdek  tegishli  organlar  bilan 
kelishmay  turib  obyektlarni  joylashtirish,  loyihalashtirish,  qurish  va 
ularni  foydalanishga  topshirish,  davlat  yer  kadastri  yuritish  qoidalarini 
buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, 
axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish, – 
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  bir 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Xuddi 
shunday 
huquqbuzarliklar 
ma’muriy 
jazo 
chorasi 
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –  
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  uch  baravaridan  yetti 
baravarigacha  bo‘lgan  miqdorda  jarima  solishga  sabab  bo‘ladi  (MJTK 
68-m). 
Egalikdagi  va  foydalanishdagi  yerlarning  chegara  belgilarini, 
o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, – 
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  bir  baravaridan  ikki 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  uch  baravaridan  besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 69-m). 


 
90
Shuningdek,  o‘rmon  fondi  yerlaridan  foydalanish  qoidalarini 
buzganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilangan. MJTKning 77-
moddasiga  ko‘ra,  tegishli  ruxsat  olmay  turib  imorat  solish,  yog‘ochni 
qayta  ishlash,  omborlar  va  boshqa  inshootlar  qurish  maqsadida  o‘rmon 
fondi  yerlaridagi  daraxtni  kundakov  qilish,  o‘rmon  fondi  yerlarida 
pichanzorlar  va  yaylovlarni  shikastlantirish,  o‘zboshimchalik  bilan 
pichan  o‘rish  va  mol  boqish,  drenaj  tizimlarini  va  yo‘llarni  yo‘q  qilish 
yoki shikastlantirish, –  
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  bir 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Xuddi 
shunday 
huquqbuzarliklar 
ma’muriy 
jazo 
chorasi 
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – 
fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  –  uch  baravaridan  yetti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Fuqarolik  huquqiy  javobgarlik  –  bu  asosan  yer  egalari  va  yerdan 
foydalanuvchilarning  ko‘rgan  va  yetkazgan  zararlarini  qoplash  bilan 
bog‘liq. 
Bu masala O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksini 86-moddasida 
quyidagicha ko‘rsatilgan. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchast-
kalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu jum-
ladan  boy  berilgan  foyda)  quyidagi  hollarda  to‘la  hajmda  qoplanishi 
kerak
1

–  yerlar  olib  qo‘yilgan,  qayta  sotib  olingan  yoki  vaqtincha  egallab 
turilganda; 
–  davlat  qo‘riqxonalari,  zakazniklar,  milliy  tabiat  bog‘lari,  tabiat 
yodgorliklari, madaniy-tarixiy yodgorliklar, suv havzalari. Suv ta’minoti 
manbalari,  kurortlar  tevaragida,  daryolar,  kanallar,  suv  tashlamalari, 
yo‘llar,  truboprovodlar,  aloqa  liniyalari  va  elektr  uzatish  liniyalari 
bo‘ylab  muhofaza,  sanitariya  va  ixota  zonalari  belgilanishi  munosabati 
bilan ularning huquqlari cheklanganda; 
–  suv  havzalari,  kanallar,  kollektorlar,  shuningdek  qishloq  xo‘jaligi 
ekinlari  va  dov-daraxtlar  uchun  zararli  moddalar  chiqaradigan  boshqa 
obyektlar  qurish  va  ulardan  foydalanishning  ta’siri  hamda  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarning  hosil  kamayishiga  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsu-
lotining  sifati  yomonlashuviga  olib  boradigan  boshqa  xatti-harakatlari 
oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda. 
                                                
1
 Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси. – Т., 2011.  


 
91
Zararning  o‘rni  olib  qo‘yilayotgan  yer  uchastkalari  ajratib  berila-
digan  korxonalar,  muassasalar  va  tashilotlar  tomonidan,  shuningdek 
faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilar 
va  mulkdorlarining  huquqlari  cheklanishiga  yoki  yaqin  atrofdagi 
yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. 
Jinoiy-huquqiy  javobgarlik  –  boshqa  huquqiy  javobgarliklarga 
nisbatan ancha xavfli va og‘irroq. 
Ushbu  jinoiy  huquqbuzarliklarni  sodir  etganlik  uchun  jinoiy  javob-
garlik  O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksiga
1
  asosan 
qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksini  197-moddasiga 
asosan,  yer,  yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  shartlarini  yoki  ularni 
muhofaza  qilish  talablarini  buzish  og‘ir  oqibatlarga  sabab  bo‘lsa,  –  eng 
kam  oylik  ish  haqining  ellik  baravaridan  yuz  baravarigacha  miqdorda 
jarima  yoki  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  uch  yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Xullas, ushbu qonunlarda ko‘rsatilgan jazo va ko‘rsatib o‘tilgan qo-
nun talablarining asosiy maqsadi yer bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning 
oldini  olish,  unga  qarshi  kurashish  va  fuqarolarni  tarbiyalashdan 
iboratdir. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish