Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

maqsadi  –  yerlardan  yer  kadastr  hujjatlarida  aks  ettiriladigan  aniq 
maqsadlarni  ko‘zlab  foydalanishning  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibi va shartlaridir. 
Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan 
asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi. 


 
73
Yerlarni  yer  fondi  toifalariga  bo‘lish,  bir  toifadan  boshqasiga 
o‘tkazish yerga egalik qilishga va uni foydalanishga berish huquqiga ega 
bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Yer  fondining  toifasi  yerni  egalik  qilishga  va  foydalanishga  berish 
huquqiga  ega  bo‘lgan  organlar  tomonidan  qabul  qilinadigan  yer 
uchastkalarini  berish  to‘g‘risidagi  qarorlarda,  yerga  egalik  qilish  va 
yerdan 
foydalanish 
huquqini 
tasdiqlovchi 
guvohnomalarda, 
shartnomalarda,  boshqa  hujjatlarda,  davlat  yer  kadastri  hujjatlarida,  yer 
uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga  olish  hujjatlarida 
ko‘rsatiladi. 
Yerlarni  bir  toifadan  boshqasiga  o‘tkazishning  belgilangan  tartibini 
buzish  bunday  o‘tkazish  faktlarini  g‘ayriqonuniy  deb  va  ular  asosida 
tuzilgan  yer  uchastkalariga  doir  bitimlarni  haqiqiy  emas  deb  topishga, 
shuningdek,  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga 
olishni rad etishga asos bo‘la oladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  amaldagi  «Yer  kodeksi»ga  asosan, 
yer  uchatskasi  –  yer  fondining  qayd  etilgan  chegaraga,  maydonga, 
joylashish  manziliga,  huquqiy  rejimga  hamda  yer  uchastkasiga  bo‘lgan 
huquqlarning davlat yer kadastrida va davlat ro‘yxatiga olish hujjatlarida 
aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir. 
Yer uchastkasining chegarasi rejalarda (chizmalarda) qayd etiladi va 
naturada  (joyning  o‘zida)  belgilanadi.  Yer  uchastkasining  maydoni 
naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi. 
Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin. 
O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga 
qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy 
normalar  va  qoidalarni  buzmagan  holda  qismlarga  bo‘lish  mumkin 
bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning 
har biri mustaqil yer uchastkasi hisoblanadi. 
Foydalanish  maqsadiga ko‘ra  mustaqil  yer  uchastkalariga bo‘linishi 
mumkin  bo‘lmagan  yer  uchastkasi  bo‘linmaydigan  yer  uchastkasi 
hisoblanadi. 
Yuqoridagi  yer  fondi  toifalarining  o‘z  nomi  va  foydalanish 
xususiyatidan  ko‘rinib turibdiki, har bir kategoriya  yer  fondi toifasining 
hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  iqtisodiy,  ekologik  va  ijtimoiy 
ahamiyati qattadir. 
Xullas,  har  bir  yer  fondi  toifalaridan  qonunda  belgilangan  tartibda, 
o‘z  maqsadi  yo‘lida  oqilona  foydalanilishi  va  huquqiy-ekologik 
muhofaza qilinishi maqsadga muvofiqdir. 


 
74
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yerga nisbatan mulkchilik eng muhim: 
ham  siyosiy,  ham  iqtisodiy,  ham  huquqiy  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa, 
iqtisodiy  taraqqiyotning  amalga  oshishi  ko‘p  jihatdan  yerga  nisbatan 
mulkchilik shakliga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi
1

Umuman olganda, yerga nisbatan davlat mulkchiligi yoxud xususiy 
mulkchilik 
belgilanishi 
mumkin. 
Hozirgi 
sharoitda 
ko‘pchilik 
davlatlarning  yerga  oid  qonunchiliklarida  yerga  nisbatan  davlat 
mulkchiligi bilan birga xususiy mulkchilik ham belgilangan. 
O‘zbekiston  Respublikasida  mazkur  masalaga  juda  to‘g‘ri  e’tibor 
berilgan. Jumladan, respublika Konstitutsiyasining 55-moddasida: «Yer, 
yer  osti  boyliklari,  suv,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa 
tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur 
va ular davlat muhofazasidadir», deb ko‘rsatilgan. 
Mamlakatimizda,  1992-yil  9-dekabrda  qabul  qilingan  «Tabiatni 
muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi  qonunning  5-moddasida  ham  tabiiy 
resurslarga, jumladan yerga nisbatan mulkchilik belgilandi. 
Tabiiy  resurslarni  berish,  ulardan  foydalanish  hamda  ularni 
muhofaza  qilishning  shartlari  va  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasining 
qonunlari bilan belgilanadi. 
Mazkur  muammo  amaldagi  «Yer  kodeksi»ning  16-moddasida  esa 
quyidagicha o‘z ifodasini topgan. 
Yer davlat mulki – umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish 
zarur,  u  davlat  tomonidan  muhofaza  etiladi  hamda  oldi-sotdi  qilinmaydi, 
ayirboshlanmaydi,  hadya  etilmaydi,  garovga  qo‘yilmaydi,  O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 
Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq 
yerga  doimiy  egalik  qilish,  undan  doimiy  muddatli  (vaqtincha) 
foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega 
bo‘lishlari mumkin. 
Jismoniy  shaxslar  Yer  kodeksi  va  boshqa  qonun  hujjatlariga 
muvofiq  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish,  doimiy 
foydalanish,  muddatli  (vaqtincha)  foydalanish,  ijaraga  olish  va  mulk 
huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi»da yuridik va jismoniy 
shaxslarning  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  mulk  huquqlari  quyidagicha 
belgilangan. 
                                                
1
  Холмўминов  Ж.Т.  Табиий  ресурслардан  фойдаланиш  ва  муҳофаза 
қилишнинг  экологик-ҳуқуқий  муаммолари.  –  Фалсафа  ва  ҳуқуқ.  –  2009.  – 
Б.240.; Узокова Г.Ш. Ерга нисбатан мулк ҳуқуқи. – Т., 2012. – Б. 100 


 
75
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  mulk 
huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer 
uchastkalari  bilan  birga  xususiylashtirilganda  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda vujudga keladi. 
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston 
Respublikasida  akkreditatsiya  qilingan  xalqaro  tashkilotlarning  yer 
uchastkalariga  mulk  huquqi  ularga  o‘zlari  vakolatxona  binosi  sifatida 
foydalanayotgan  imorat  yoki  imoratning  qismlari,  shu  jumladan 
vakolatxona  boshlig‘ining  qarorgohi  ular  joylashgan  yer  uchastkalari 
bilan  birga,  shuningdek  mazkur  vakolatxonalarning  imoratlarini  qurish 
uchun  yer  uchastkalari  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
realizatsiya qilinganda vujudga keladi. 
Chet  ellik  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  –  diplomatiya  korpusi 
xodimlarining,  O‘zbekiston  Respublikasida  akkreditatsiya  qilingan 
matbuot  vakillarining,  firmalar,  kompaniyalar  va  xalqaro  tashkilotlar 
doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi 
korxonalarda  doimiy  asosda  ishlovchi  shaxslarning,  shuningdek 
respublikada  doimiy  istiqomat  qiluvchi  va  yashash  uchun  guvohnomasi 
bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi ularga uy-
joy  binolari  shu  binolar  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan  birga  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  realizatsiya  qilinganda  vujudga  keladi 
(18-modda). 
Yer  uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish 
huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham berilishi 
mumkin. 
Fuqarolarning yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish huquqi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi. 
Yer  uchastkasiga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish 
huquqini  beruvchi  davlat  hujjatining  shakli,  uni  ro‘yxatga  olish  va 
bunday hujjatni berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish