javobgarlik ham belgilangan.
Ushbu kodesning 203-moddasiga binoan, suv yoki suv havzalaridan
foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam
oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi paytlarda suv huquqiy javobgarligini qo‘llash taklif
qiliniyapti. Bunga ko‘ra, suvdan foydalanuvchilar ma’lum paytgacha
suvdan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
Xullas, suv manbalarini muhofaza qilish, ulardan oqilona
foydalanish, ular to‘g‘risidagi qonunlarni o‘z vaqtida bajarish va ularga
amal qilish suv bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini oladi va unga
qarshi kurashishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |