Intizomiy-huquqiy javobgarlik. Ushbu javobgarlik ishchi va
xizmatchilarni, mansabdor shaxslarni mehnat qilish jarayonida bajarish
kerak bo‘lgan majburiyatlarini bajarmaslik, qabul qilingan farmon,
qarorlar, buyruq va ko‘rsatmalarga amal qilmaslikdan kelib chiqadi.
Intizomiy javobgarlik, asosan, atmosfera havosini muhofaza qilish
haqidagi huquqiy normalarni bajarmaganlik uchun korxona, muassasa va
tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Atmosfera havosi haqidagi qonunlarni buzganlik uchun intizomiy
javobgarlik u sodir etilib aniqlangandan keyin 1 oy ichida qo‘llanishi
lozim. Agar ishchi, xizmatchi kasal yoki dam olishda bo‘lsa, bu vaqt
hisobga kirmaydi.
Intizomiy javobgarlikka tortilgan fuqaro berilgan jazodan norozi
bo‘lsa, u 1 hafta ichida sudga yoki boshqa «Mehnat nizolarini ko‘rib
chiquvchi komissiya»ga murojaat qilishi mumkin.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni
buzganlik uchun, tabiatni muhofaza qilish qoidalariga e’tibor
bermaganlik va ularni bajarmaganlik uchun, tegishli reja va tadbirlarni
amalga oshirmaganlik uchun korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari
mukofotdan to‘liq yoki qisman mahrum etiladi.
149
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini 181-moddasida1
intizomiy jazoning aniq turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, xodimga mehnat
intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo
choralarini qo‘llashga haqli:
1) hayfsan;
2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan
miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik
ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish
hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima
ushlab qolish Mehnat kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan
holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismi-
ning 3 va 4-bandlari).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini
qo‘llash taqiqlanadi.
Xususan, xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llashda huquqbuzarlik
motivi, u qay vaziyatda sodir etilganligi, xodimning oldingi ish joyi va
nihoyat, ekologik huquqbuzarlik sodir etish vaqtidagi ruhiy holatini
hisobga olish zarurdir.
Shunisi e’tiborliki, mazkur masala yuzasidan intizomiy jazo
berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum
qilinib, tilxat olinadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik. Mazkur javobgarlik, atrof-muhitni
ifloslantirganlik, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun
va talablarni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksi1ga asosan belgilanadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik intizomiy javobgarlik asoslari bilan
biroz bog‘liq va o‘xshash. Shuning uchun ham fuqarolik javobgarligi
mehnat intizomi va uni vijdonan bajarish majburiyatining buzilishi,
tegishli shartnomalarni o‘z vaqtida bajarmaslik, bitimlarning amalga
oshirilish holatlariga e’tibor bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar,
shuningdek, ekologik talablarga rioya etmaslik va ekologik qonunlarni
buzish oqibatida vujudga keladi.
Bunda asosiy talab yetkazilgan ekologik zarar qoplanishi va to‘lani-
shi lozim bo‘ladi. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi
qonun va talablarni buzganlik uchun yetkazilgan zararni to‘latish tartibi
xo‘jalik sudlariga da’vo arizasi berish bilan bog‘liq bo‘ladi va ular
tomonidan hal etiladi.
O‘zbekiston hududida sanitariya qoidalarini qo‘pol ravishda buzib,
havoni, suvni va boshqa tabiat boyliklarini ifloslantirsa hamda zarar yet-
150
kazsa, O‘zbekiston Respublikasi «Davlat Sanitariya nazorati to‘g‘ri-
sida»gi 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan qonun hamda O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablari asosida javobgarlik
belgilanib, amaldagi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |