4-§. Yer osti boyliklari va atmosfera havosini ekologik-huquqiy
muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli
va vazifalari
Yer osti boyliklari va atmosfera havosini ekologik-huquqiy muhofaza
qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rni alohida ahamiyat
kasb etadi. Jumladan:
Prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasining «Yer osti boylik-
lari to‘g‘risida»gi va «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi
qonunlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ma’muriy va jinoiy
ishlarni qo‘zg‘atadi, bu resurslarga yetkazilgan zararni qoplash da’vosini
qo‘zg‘atadi.
Bojxona organlari «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi va «Atmosfera
havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning ijrosi ta’minlab, dav-
lat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini
himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza etish chora-tadbirlarining amalga
oshirilishiga ko‘maklashadi.
Ichki ishlar organlarining yer osti boyliklari va atmosfera havosini
ekologik-huquqiy muhofaza qilish faoliyati alohida o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘-
risida»gi qonuni 18-moddasi «Yer sti boyliklari va foydali qazilmalardan
foydalanish shartlari»ga bag‘ishlangan.
Zero, ichki ishlar organlari ushbu talabni amalga oshirish jarayonida
faol ishtirok etib, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishni, ularni muho-
faza qilishni, atrof tabiiy muhit va yer osti boyliklarining ifloslanishini
oldini oladilar, ayniqsa, foydali qazilmalardan o‘zboshimchalik bilan
foydalanish, qazib olish hollariga ham chek qo‘yish mumkin.
Yer osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilishda barcha
profilaktika inspektorlari (ayniqsa, foydali qazilmalar mavjud joydagi
profilaktika inspektorlari), DYHXX, yong‘indan saqlash bo‘limi,
qo‘riqlash xizmatlarining mas’uliyati katta bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha vazirlik va qo‘mitalar qatori IIV
ham atrof-muhit muhofazasi va tabiiy manbalardan foydalanish, ularni
muhofaza qilishda bir qator ishlarni amalga oshiradi.
153
Atmosfera havosini ifloslantirish ko‘proq transport vositalari faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgani uchun atmosfera havosini muhofaza qilish asosan
yo‘l harakati xavfsizlik xizmati xodimlari zimmasiga tushadi. Shu
maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
14-noyabrda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
vazirligi davlat avtomobil nazorati xodimlarining mas’uliyatini oshirish-
ga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori katta ahamiyatga ega.
Mazkur qaror DYHXX atmosfera havosini muhofaza qilishda
alohida e’tibor berish, ularning huquqiy-ekologik madaniyati va
ma’naviyati yuqori bo‘lishi hamda o‘z kasbini sevab, ardoqlashiga
alohida e’tibor qaratdi.
Demak, DYHXX xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab
chiqarilayotgan va foydalanilayotgan harakatdagi manbalar uchun quyidagi
GOSTlardan foydalanishni nazorat qilishlari lozim:
–
temir yo‘l transporti bo‘yicha 24028-80, 24585-81, 30574-98;
–
avtomobil transporti va qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha
17.2.2.03-87; 21393-75; 17.2.2.02-98, 23734-98, 17.2.2.01-84,17.2.2.02-
86, 17-2.2.04-86.
–
aviatsiya transporti uchun 17.2.2.04-86.
Shunisi e’tiborliki, RD 118.0027714.32-93-sonli «Atmosferaga za-
rarli moddalar chiqarish uchun ruxsatnomalar berish tartibi» me’yoriy
hujjatga asosan korxona va tashkilotlarga qo‘zg‘almas manbalardan chi-
qarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar uchun Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi tomonidan PDV me’yoriy loyihasiga muvofiq ruxsat-
noma beriladi.
Respublikamiz hududiga transport va harakatlanuvchi vositalarni olib
ketish va olib kelinishini nazorat qilish DYHXX vakolati doirasiga kiradi.
DYHXX avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan ishlatilgan gazlar
zaharliligini (tutun miqdorini), nazorat-o‘lchov va boshqa ishlarini
amalga oshiradilar. DYHXX xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan «Toza
havo» tadbirini har doim o‘tkazish atmosfera havosini muhofaza qilishga
yordam beradi.
Xullas, ichki ishlar organlari tizimida atmosfera havosini muhofaza
qilishda faqat DYHXX xodimlari emas, balki yong‘inga qarshi
kurashuvchi bo‘lim, qo‘riqlash bo‘limlari, profilaktika inspektorlari ham
tegishli yordam ko‘rsatishlari lozim.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda ekologik barqarorlikni
ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ham hissalari
salmoqli bo‘layotir.
154
Do'stlaringiz bilan baham: |