Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
olishim kerak, o‘rtoq Toship? 
— Daraxt kesishga! — Dalavoy shiddat bilan otdan sakrab tushdi. — Qani qog‘ozingiz? 
— Qanaqa qog‘oz? — Dadam goh Dalavoyga, goh pocha-po‘stinli mehmonga javdirab 
qaray boshladi. — Axir... Axir bu o‘zimning tomorqamdagi daraxt-ku. Mana qarang, 
qurib qolgan. — U gapining rostligini isbotlash uchun bilakdek shoxni maxsi-kalishli 
oyog‘i bilan bir tepgan edi, qars etib sindi. — Ko‘rdingizmi, qurib qolgan. Kuzda kesib 
olmoqchi edimu, vaqt bo‘lmadi. — U boyadan beri burnini tortib turgan akamga 
dashnom berdi. — Nega anqayib turibsan? Bor oyingga ayt, choy qo‘ysin, mehmonlar 
keldi, degin. 
Akam ikkalamiz tizzagacha qorga botib, oldinma-ketin uyga yugurdik. Gurji kuchugim 
ham qorda ko‘milgancha ketimizdan chopdi. Oyim hamon isitmalab yotgan kichik 
akamning boshida mung‘ayib o‘tirgan ekan. 
— Oyi, Dalavoy keldi! — dedi akam hovliqib. 
Oyim sakrab o‘rnidan turib ketdi. 
— Voy sho‘rim! Ertalabdan buyon o‘ng qovog‘im uchayotgan edi-ya. Bu ko‘rgulik ham 
bor ekan. 
U birpasda hujradan turshak, jiyda, ikkita zog‘ora olib chiqdi. Sandal ustiga yamoq 
dasturxon yozdi. 
Zum o‘tmay uyga rangi o‘chgan dadam, ketidan Dalavoy bilan pocha-po‘stinli mehmon 
kirib kelishdi. Oyim Dalavoyga peshvoz chiqdi. 
— Keling, opovsi, yaxshi yuribsizmi, kelinim yaxshimilar? — dedi ovozi titrab. — 
Kiraveringlar. Yo‘q, yo‘q, piymangizni yechmang, uy sovuq. 
Dalavoy piymasining qorini qoqqan bo‘ldi-da, kigiz ustidan yurib, sandal chetiga bordi. 
— Hozir choy qaynaydi, o‘rgilay! — Onam tashqariga chiqib ketayotgan edi, Dalavoy 
to‘xtatdi. 
— Ovora bo‘lmang, biz ketamiz, — u akamga yuzlandi. — Siyoh-ruchkang bormi? 
Akam tokchadan siyohdon, «qurbaqa» peroli ruchka oldi. 
— Nima qilyapsiz, aylanay? — oyimning rangi dokadek oqarib ketdi. 
— O‘ynayapman! — Dalavoy piymasining qori bilan sandal chetidagi ko‘rpachaga 
cho‘kkaladi. — Ko‘rib turibsiz-ku, nima qilmoqchiligimni! — U ostonada turgancha
papiros chekib, uy ichini jirkanibroq tomosha qilayotgan pocha-po‘stinli mehmonga 
qaradi.— O‘zim yozaveraymi? 
Mehmon «ma’qul» degandek bosh irg‘ab qo‘ydi. 
Dalavoy charm paltosining ich cho‘ntagidan qog‘oz oldi. Ruchkani siyohdonga botirgan 
edi, qirs etgan ovoz chiqdi. U jahl bilan yana botirdi. Peroga siyoh o‘rniga muz ilashib 
chiqdi. 
— Qanaqa o‘quvchisan, o‘zi? — Dalavoy sarg‘ish qoshini chimirib, akamga qaradi. — 
Siyohing muzlab qopti-ku. 
To‘satdan oyim yig‘lab yubordi. 
Nima qilaylik, o‘rgilay, — dedi iltijo bilan. — Sovuqni ko‘rmaysizmi? Manavinisi uch 
kundan buyon ol ket, ol qo‘y bo‘lib yotibdi. — U sandal chetida yotgan kichik akamga 
imo qildi. — Bolaginamdan ayrilib qolaman shekilli. 
Dalavoy ruchkani yana muzlagan siyohdonga botirgan edi, onam uning qo‘liga yopishdi. 
— Yozmang, jon ukam, yozmang, rahmingiz kelsin. 
Dalavoy ijirg‘anib, qo‘lini siltab tortdi. Kulrang ko‘zlari qisilib ketdi. 
— Torting qo‘lingizni! — dedi shiddat bilan. 
— Ho‘v! — dadamning tahdidli ovozini eshitib, burilib qaradimu qo‘rqib ketdim. Uning 
yuzida boyagi yalinchoq ifodadan asar ham qolmagan, ko‘zi g‘azabdan chaqnar edi. 
— Ho‘v, olifta! — dedi yana o‘sha tahdidli ohangda. — Tur o‘rningdan! Xudo bo‘lsangam 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish