Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
U yonboshlab yotganicha yaktagining cho‘ntagidan nosqovog‘ini chiqarib bir otim nosni 
tili tagiga tashlaydi-da, ko‘zlarini qisib bahor oftobiga tikilgancha hassasini chertib 
xirgoyi qiladi: 
«Tolda chumchuq sayraydi, ko‘rsam ko‘nglim yayraydi...» 
Shunda endi yo‘lga kirgan ukam ishtonchan chopqillagancha uning yoniga keladi. Ermon 
buva xirgoyisini to‘xtatadi. Ukamning buti orasiga qo‘l cho‘zib hazillashadi: 
— Nosdan bering, otam, nosdan bering. 
Ukam qitig‘i kelib qiqirlab kuladi. Ermon buva tirnoqlari qiyshayib ketgan barmoqlarini 
hidlagan bo‘ladi-da, ataylab aksa uradi. 
— Ap-ap-ap-shu! Voy-bo‘! Nosingiz zo‘r ekan-ku, otam! 
Ukam huzur qilib qiqirlaydi. Nariroqqa qochib boradi-da, tag‘in buvasiga «nos bergisi» 
kelib qoladi. Qaytib keladi. Keyin hammasi yangitdan boshlanadi. 
Bir mahal oyim maydon chekkasida turib meni imlab chaqirayotganini ko‘ramanu 
yuguraman. Oyim qo‘lidagi obdastani uzatadi. 
— Ma, buvangga oborib ber. 
Bilaman, obdastada iliq suv bor. Bir qo‘lim bilan obdastaning bandidan, ikkinchi qo‘lim 
bilan jo‘mragidan tutib halloslab chopib kelaman. 
— Mang, buva! 
Ermon buva hayron bo‘lgandek qarab turadi-da, mamnun jilmayadi: 
— Peshin bo‘p qoldi deng, qoravoy? Barakalla! Umringizdan baraka toping, Poshsha 
qizim sizlarning rohatingizni ko‘rsinlar. 
Shunday deydi-da, bir qo‘lida hassa, bir qo‘lida obdasta panaga o‘tadi. Bir ozdan so‘ng 
yuz-qo‘lini artib qaytib keladi. Qiyiqchani joynamoz qilib o‘t ustiga tashlaydi-da, pichirlab 
uzoq namoz o‘qiydi. Bolalar jimib qolishadi. Nihoyat u cho‘kkalab o‘tirgancha ovozini 
chiqaradi. 
— Ilohi omi-in! Yurtimiz tinch bo‘lsin, u dunyoyu bu dunyo qirg‘inbarot bo‘lmasin, ollohu 
akbar. 
Bolalaru qizlar chuvillashib baravar salom berishadi. Ermon buva alik oladi-da, chordana 
qurib o‘tiradi. Boyagi tugunni shoshilmasdan yechadi. 
— Qani qoravoylar! Qani popuklar, — deydi qandaydir tantanavor ohangda. — 
Dasturxonga marhamat. Uyalmanglar, tasadduqlar! 
Dasturxonda zog‘ora nonmi, arpa nonmi bo‘lgan kuni hammamizga bayram. Ko‘pincha 
unisiyam bo‘lmaydi, bunisiyam. Biroq tutmayiz albatta bo‘ladi. Tutmayizni yeb olsangiz 
darrov qorningiz to‘yadi. Shunaqa shirin, shunaqa mazali! Men bir kaft mayizni og‘zimga 
tashlaymanu uyga g‘irillayman. Oyim albatta choy damlab qo‘ygan bo‘ladi. Olma 
choymi, boshqami, ishqilib choy-da! Shundoq qilib hammamiz birgalashib ovqatlanamiz. 
Oxirida Ermon buva dasturxonga fotiha o‘qiydi. 
— Yaratgan ne’matingga shukur! — deydi ingichka ovozda. — Ilohi omi-in! Yurtimiz 
tinch bo‘lsin, u dunyoyu bu dunyo qirg‘inbarot bo‘lmasin, ollohu akbar! 
Ana undan keyin Oltmishvoyning ta’rifi boshlanadi. Oltmishvoy Ermon buvaning o‘g‘li. 
Habiba buvi ko‘p tuqqan. Hammasi chillasi chiqmasdan o‘lib ketgan. Ammo Oltmishvoy 
boshqacha yigit-da! Bittayam kasal bo‘lmagan. Menday paytida otni egarlab o‘zi 
choptirgan. Jo‘raboshimizday bo‘lganida ketmon bilan bir tanob yerni hashpash 
deguncha ag‘darib tashlagan. Oltmishvoy ana shunaqa yigit! 
Avvaliga Habiba buvi oltmishta tuqqani uchun Oltmishvoyning oti shunaqa deb o‘ylagan 
edim. Yo‘q, keyin tushundim. Oltmishvoy Ermon buva oltmishga kirganda tug‘ilgan 
ekan. 
— Mening Oltmishvoyimdaka yigit dunyoda yo‘q,— deydi Ermon buva har kungi gapini 
qaytarib. — Bunaqa yigitni xudo bitta yaratganu qolipini sindirib tashlagan! — U o‘zining 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish