Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
59
— Anqayma, adashib qolasan! 
Yoymachilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga o‘tirib olishgan. Angishvonadan tortib elakkacha
sichqon tutadigan qopqondan tortib isiriqqacha hammasi bor. Qo‘ltiqtayoqli askar jikkak 
chol bilan savdolashib sumak olyapti. Kun salqin bo‘lishiga qaramay, ko‘ylakchan bo‘lib 
olgan ozg‘in bola bir pachka papirosni ko‘z-ko‘z qilib, bor ovozi bilan baqiradi. 
— Papirosi nord, chekmanglar chort! 
Shovqin-suronlaru turli hidlardan boshim aylanib ketdi. Unisi turtadi, bunisi surtadi, bu 
ham yetmagandek oyimga dag‘dag‘a qilishadi. 
— Hov echki! Ko‘zingga qara! 
Nihoyat mol bozoriga keldik. Ana bozoru mana bozor! Ko‘ziga qon to‘lgan, burnidan 
temir halqa o‘tkazilgan buqalar, dumbasining og‘irligidan yurolmay qolgan, shoxi qayrilib 
ketgan qo‘chqorlar, biri olib, biri qo‘yib, paydar-pay hangrayotgan eshaklar... Ayniqsa, 
anavi qorasi zo‘r ekan. Bir hangrashda ketma-ket ulab, yetti marta hangradi. Tag‘in har 
hangraganda quloqlari dikkayib, dumi xoda bo‘lib ketadi. Burun kataklari kerilib, ikki 
biqini kirib-chiqib, kirib-chiqib turadi. Oxiriga borganda o‘pkasi to‘lgandek, ovozi 
xazinlashib qoladi-yu, ammo o‘sha zahoti bir pishqirib oladi-da, yangi kuch bilan 
qaytadan hangray boshlaydi. Oyoq ostini tezak bosib ketgan. Shuning uchun bozorni 
Tezakop desa kerak-da. (Bu nom Oq podshoning savdogari Tezikov ismi bilan 
bog‘liqligini keyin bilganman.) Kech qolganimiz uchun bizga eng chekkadan — tovuq 
bozorining yonidan joy tegdi. Biroq bu yerda ham ko‘p turolmadik. Janjalning ustidan 
chiqib qoldik. Shundoqqina oldimizda tarashadek ozg‘in, peshonasi tirishgan, tajangligi 
aftidan ko‘rinib turgan kishi qizil babax xo‘rozning oyog‘idan bog‘langan ipdan tutib, 
cho‘kkalab o‘tirar, dam-badam nos otib, o‘zicha allakimni so‘kar edi. Baquvvat oyoqlari 
uzun-uzun xo‘roz esa bo‘ynini cho‘zib, atrofga olazarak qarar, chamasi boshqa xo‘rozlar 
bilan urishishga bahona qidirardi. Shu payt ayvoni katta oq kalaminka shapka kiygan, 
cho‘michdek burnining teshigidan juni chiqib turgan kishi xo‘rozning tepasida to‘xtadi. 
— Cho‘cha chan pul, aka mullo? — dedi oyog‘i bilan xo‘rozga imo qilib. 
Tajang kishi asabiylik bilan boshini ko‘tardi. Nosini tupurib, kaftining orqasiga labini 
artdi. 
— Shu jo‘jami! — dedi ingichka, tajang ovozda. — Ko‘zmi, po‘stakning teshigimi! 
Burni cho‘michdek xaridor pinagini buzmadi. 
— Chan pul cho‘cha? — dedi yana. 
— Bu jo‘jamas, xo‘roz! — Tajang kishi o‘rnidan turib ketdi. — Babax xo‘roz! Bir tepsa 
odamni yiqitadi! 
Burni cho‘michdek xaridor yana pinagini buzmadi. 
— Ha, endu cho‘cha-da! Chan pul o‘zu? 
Shunda kutilmagan voqea bo‘ldi. Tajang kishi babax xo‘rozni oyog‘idan yulqib ko‘tardi-
yu, xaridorning boshiga tushirdi. 
— Mana senga «cho‘cha!» — dedi baqirib. 
Xo‘rozning qiyqirig‘i bilan xaridorning dodlashi baravar eshitildi. Boshidagi ayvoni keng 
shapkasi uchib, tezak ustiga tushdi. Xo‘rozning qizil patlari hammayoqqa to‘zib ketdi. 
Xaridor silliq boshini changallagancha odamlar orasiga sho‘ng‘idi. Zum o‘tmay, 
shopmo‘ylov militsionerni boshlab keldi. 
— Mana shu! — dedi xo‘rozni amallab buti orasiga tiqayotgan tajang kishini ko‘rsatib. — 
Boshimga urde! Ho‘kizdek xeroz bilan urde! Tuyadek xeroz bilan urde! Bosh yorilg-o-on! 
— Nima gap, grajdanlar? — Shopmo‘ylov militsioner cho‘ntagidan hushtak olib, lunjini 
shishirgancha churillatdi. 
Tomoshaning davomini ko‘rishni juda xohlardimu oyim qo‘ymadi. 
— Yur, keta qolaylik, — dedi sekingina. — Bizniyam boshimiz baloga qolib yurmasin. 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish