Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
ko‘ylak kiygan Bashor opamni darrov tanidim. Opam kuchukni ko‘rib, darvozadan kiriboq 
to‘xtab qoldi. Dadam bir zum tikilib qaradi-da, garangsibroq o‘rnidan turdi. Kuchukni 
haydash bahonasida opam tomon chopdim. Opam uch-to‘rt qadam bosdi-yu, ko‘zida 
yosh bilan hayqirib yubordi: 
— Adajon! 
Dadam bir qalqib ketgandek bo‘ldi. 
— Iye, iye, — dedi ovozi titrab. Keyin oshxonaga qarab qichqirdi. — Hoy, bu yoqqa chiq
qizing keldi! 
Bashor opam dadamning quchog‘iga o‘zini otdi. 
— Yig‘lama, ona qizim, yig‘lama. — Dadam Bashor opamning sochini silar ekan, ko‘zlari 
namlandi. (Uning ko‘zida hech qachon yosh ko‘rmagan edim.) — Bormisan, oppoq qizim. 
Opam dadamning bag‘ridan chiqishi bilanoq oyim quchoqlab oldi. 
— Voy o‘zimning qochqoq qizimdan aylanay! — dedi Bashor opamning yuzidan o‘pib. — 
Voy, o‘zimning to‘ng‘ich qizimdan o‘rgilay! 
Boyadan beri nariroqda bola ko‘tarib iljayib turgan pochchamni endi ko‘rishdi. Dadam 
pochcham bilan ham quchoqlashib ko‘rishdi. Singilcham birpasda qo‘lma-qo‘l bo‘lib 
ketdi. Opam, aka-ukalar birinchi jiyanimizni «xomtalash» qilib yubordik. 
O‘sha kuni dadam o‘z qo‘li bilan osh damladi. Hatto pochcham ikkovlari jinday-jinday 
vino ham ichishdi. 
...O‘shandan keyin bironta bayram shunchalik esimda qolgani yo‘q. 
BOZOR
Akalaring bo‘lishi ham yaxshi, ham yomon. Yaxshiligi shuki, bolalardan kaltak 
yemaysan. Arifmetikadan ikki olmaysan. Yomonligi shuki, nuqul akalaringning kiyimini 
kiyasan. Masalan, mana bunday. Katta akamga etik oberishadi. Bir yilmi, ikki yilmi 
o‘tgandan keyin katta akamning oyog‘i katta bo‘lib ketadi. Etik kichkina akamga o‘tadi. 
Kichkina akamning oyog‘iyam bir joyda turavermaydida. O‘sadi, etik sig‘maydi. Ana endi 
etik bizniki! Faqat bizga yetib kelguncha etikning tagi Naim sartaroshning iyagidek sip-
silliq bo‘lib ketadi. Aslida, buyam yomonmas. Qishda yaxmalak uchishga maza. Ammo 
tagining ko‘chib ketgani yomon. Cho‘lda bir oy yurib chanqagan tuyadek suv demaganni 
yamlamay yutadi. Bora-bora ukamga dabdalasi chiqqan etik tegadi. Telpak masalasi 
ham shundoq. Katta akamdan kichkina akamga, kichkina akamdan menga, mendan 
ukamga yetib borguncha, telpakmas, taqiri chiqqan bir parcha teri qoladi. Valiga maza! 
Akasi yo‘q, ukasi yo‘q. Zebi xola unga doim yangi kiyim olib beradi. Shundoq deymanu
dadamga ham qiyin. Hammamizni baravar yasantira olmaydi. To‘g‘ri, gohi-gohida biz 
kichkinalarning ham g‘amini yeb turishadi. Kuz kunlaridan birida shunday quvonchli 
voqea bo‘ldi. Kechasi hamma yotganda dadam bilan oyim maslahatlashib qolishdi. 
Rostini aytsam, gap poylaydigan odatim bor. Poylamoqchi emasdimu, o‘zlari gaplashib 
qolishdi. Eshitish kerakmi, kerak! 
— Salqin tushib qoldi, — dedi oyim o‘ychan ohangda. — Bolalarning egnida yo‘q, 
boshida yo‘q. Ayniqsa kichkinalarga qiyin. 
Dadam anchagacha indamadi. Chamasi, qayerdan pul topishni o‘ylardi. 
— Echkini sota qolamiz, — dedi nihoyat bir qarorga kelib. 
— Takanimi? — Bu oyimning ovozi edi. 
— E, uni qanchaga olardi? — dedi dadam hafsalasiz ohangda. — Narigisini sotamiz. Besh 
yuzlarga obqolar. 
Tushundim. Bundan chiqdi Qoraquloqni sotishmoqchi. Erta bahorda echkimiz 
odatdagidek ikkita tuqqan edi: biri erkak, biri urg‘ochi. Urg‘ochisining o‘zi oq, qulog‘i 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish