Microsoft Word Документ Microsoft Word (2). docx



Download 155,05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi155,05 Kb.
#233796
Bog'liq
Jak Fresko



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

©2007 Jak Fresko va Roksana

 

KELAJAKNI LOYIHALASH 

JAK FRESKO



Muallif tomonidan alohida minnatdorchilik: 

Roksana Medouz 

Bob Shilling 

Stiv Doll 

 

Tarjimonlar: 

Jumaniyazov Temurbek Yangiboyevich 

Sayfiyev Farruhjon Shavkat o‘g‘li 

 

Kitobni  kelakka  hissa  qo‘shish  va  unga  aloqador  alternativ  loyihalar  hamda 



fikrlarni o‘zbek ommasiga taqdim qilish uchun tarjima qilindi. Barchasi qiziquvchan 

yoshlar va kattalar uchun.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2021-yil 


MUNDARIJA 

Kirish 

Kelajakni loyihalash 

Kelajakka chorlov 

I BOB. O‘tmishdan kelajakka 

II BOB. O‘zgaruvchan dunyo 

III BOB. Ilmiy metodni qo‘llab 

IV BOB. Mavjudlik haqidagi afsonlar 

V BOB. Bir tizimdan ikkinchisiga tomon 

VI BOB. Yorqin kelajak 

VII BOB. Aqlli shaharlar 

VIII BOB. Texnofobiya 

IX BOB. Dengizdagi shaharlar 

X BOB. Yechimlar va qonunlarni belgilash 

XI BOB. Hayot tarzi 

Xulosa 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 


Kelajakni lohiyalash 

 

Siz kelajakni qurishga tayyormisiz? 



 

Ko‘pchiligimiz,  kelajak  jamiyatdagi  o‘zgarishlarga  tayyorgarlik  ko‘rishimiz 

mumkin deb o‘ylaymiz. Lekin ko‘pchilik odamlarning kelajak haqidagi tushunchalari 

ayni  paytda  hukmron  bo‘lgan  qarashlar  va  qadriyatlar  bilan  qattiq  chegaralangan. 

Ayniqsa, tez o‘zgaruvchi zamonaviy dunyoda bu qadriyatlar haqiqatdan ancha yiroqda 

bo‘lsa ham. Yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘zi tomonidan qurilmagan dunyoga kirib keladi. 

Har  bir  keladigan  avlod  o‘zidan  oldigi  avlodlardan  qolgan  qadriyatlar,  yutuqlar, 

umidlar,  muvaffaqiyat  va  omadsizliklarni  o‘ziga  meros  qilib  oladi.  Shu  jumladan 

oldingi avlodlarning qabul qilgan qarorlarining natijalarini ham. 

 

Odamzot mavjud bo‘lgan yuz ming yillar oldin, texnika yutuqlari hali ibtidoiy 



yoki umuman mavjud bo‘lmagan davrlardagi harakatlar ham bugungi kun insoniyat 

hayot tarzida va atrof-muhitda oz bo‘lsada o‘z izini qoldirgan. Har bir avlod terimchilar 

va ovchilar, keyin esa kashshoflar va yer haydovchilar tomonidan navbatdagi avlodga 

yashab  qolishga  yordam  beruvchi  qurollarni  qoldirgan.  Avlodlar  almashinuvi  juda 

sekin va deyarli sezilmaydigan tarzda amalga oshgan. U paytlarda juda kam odamlar 

ilm-fanga  va  narsalarning  haqiqiy  tabiatiga  ahamiyat  bergan.  Tushuntirishlar  esa 

noilmiy ko‘rinishda bo‘lgan. 

 

Hozirgi  yuqori  texnologiyalar  dunyosida  esa  unday  emas.  O‘zgarishlar 



millionlarga ta’sir qiladi va bu sanoqli soniyalar ichida sodir bo‘lishi mumkin. Bugun 

tug‘ilgan bola uning ota-onasi meros qilib olgan dunyodan hayratnarli darajada farq 

qiluvchi dunyoni qabul qiladi. Undan yuz oldin dunyo qanday bo‘lgani hech qanday 

ahamiyat  kasb  etmaydi.  Unga  oldingi  avlod  ekspluatatsiya,  kuch  bilan  egallangan 

narsalar  hamda  zamonaviy  odamlarga  bir  tarafdan  imkoniyat  beradigan,  boshqa 

tarafdan esa katta qiyinchilikni tug‘diradigan shubhali yutuqlarni meros qilib qoldiradi. 

 

Ilmiy  prinsiplarni  u  yoki  bu  ko‘rinishda  qo‘llash  hayotimizni  yaxshilaydi  va 



insoniyatning  barcha  yutuqlariga  javob  beradi.  Jamiyatga  huquq  va  imkoniyatlarni 


beruvchi  muhim  hujjatlar  va  deklaratsiyalar  qabul  qilingan.  Ammo  insoniyatning 

taraqqiyoti va tanazzulining qoq yuragida ilm-fanning mustahkam asoslari yotadi. 

 

O‘tmishdagi avlodlarda uzoqdagi kelajakni rejalashtirish imkoniyati bo‘lmagan. 



Kelajak  haqidagi  barcha  bashoratlar  ilmiy  asoslanmagan  edi.  Donishmandlar  yoki 

folbinlar tomonidan tushlar, glyutsinatsiya, shisha shar va shunga o‘xshagan yo‘llar 

bilan bashoratlar amalga oshirilgan. Lekin, bashoratlardagi kelajak o‘sha davrdagidan 

deyarli farq qilmagan. Ba’zi bashoratlar amalga oshgan, ammo bu shunchaki tasodif 

deb qaralishi mumkin. 

 

Hozirda  sun’iy  yo‘ldoshlar  Yer  kurrasini  aylanib  uchar  ekan,  bizning 



hayotimizga  aloqador  bo‘lgan  barcha  ma’lumotlarni  soniyaning  kichik  ulushlarida 

uzatib  beradi.  Bu  ma’lumotlar  ob-havoni  o‘rganish,  geografik  xaritalarni  tuzish, 

geologik  izlanishlarni  o‘tkazish,  aholi  hududlarini  tadqiq  etish  va  global  isish 

jarayonini nazorat qilishga yordam beradi. Bu birinchi marta olimlarning qoniqarsiz 

deb baholagan sayyoramizning haqiqiy holatini kuzatishga imkon berdi. 

 

Har kuni trillionlab bit ilmiy axborotlar kiberfazo bo‘ylab yorug‘lik tezligida bir 



zumda  uzatiladi.  Bu  yuqori  texlogiyalar  sivilizatziyasiga  imkon  beradi.  Fizika  va 

texnologiya  juda  ko‘plab  jarayonlarni  nazorat  qilayotgan  bir  paytda,  haligacha 

millionlab insonlar kunlik hayotini reja qilishda faylasuflar, folbinlar va har xil eskidan 

qolgan udumlarga murojaat qilib yashab kelmoqda. Ko‘plab davlat liderlari insonlar 

taqdirini hal etishda psixoanalitik va astrologlarga murojaat qiladi. 

 

Nega zamonaviy inson o‘tmishdagi ajdodlarning qarashlari va tushunchalariga 



bog‘lanib qolishi kerak? Ammo, bu hamon davom etib kelmoqda. Masalan, bugun ham 

ba’zi davlatlarning o‘zaro kelishmovchiligi barchaga ayon. Bunga aqliy yechim bo‘lsa-

da,  ular  yakun  topmaydi.  Bu  kelishmovchiliklar  faqat  qurol  sotuvchilariga  foyda 

keltiradi. Kelishmovchiliklar va urushlar oddiy aholi uchun befoyda bo‘lib, bu bilan 

ko‘plab odamlarning qirilib ketishi va atrof-muhitning zarar ko‘rishiga erishiladi xolos.  

 

Agar biz barcha insonlarni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yagona tizim deb qarasak, ular 



bitta oiladir. Shu kabi fikrlashni o‘rgansak, barcha harbiy uslublar eskiradi. Ular o‘z 

ma’nosini yo‘qotadi. Texnologiya va boshqaruvlar tezlik bilan o‘zgarayotgan davrda 

dunyoga yangi nigoh va yondashuvlar bilan qarash zarurati tug‘iladi. Ayniqsa, hozirda 



bu  juda  zarur.  Chunki,  bugungi  kunda  ilm-fan  katta  tezlik  bilan  ijobiy  yechimlarni 

ko‘rsatib bera oladi. Ilm-fan hech qachon hozirgidek qudratli bo‘lmagan. 

 

Mazkur  material  o‘quvchilarni  kelajakka  munosabatini  bildirishiga  chorlash 



uchun;  nafaqat  o‘zi  uchun,  balki  butun  jamiyat  uchun;  nafaqat  o‘z  avlodi,  balki 

navbatdagi  barcha  avlodlar  uchun  ishlab  chiqildi.  Buni  faqat  ilmiy  tarafdan  imkoni 

bo‘lgani uchun emas, balki bu hozirda o‘ta zarur ekanidandir.      

 

Kelajakka chorlov 



 

Kelajak  o‘z-o‘zidan  kirib  kelmaydi.  Zilzila  kabi  tabiiy  hodisalargina  bundan 

mustasno. Kelajak insonlarning say’i-harakatlari evaziga keladi va bu asosan ularning 

axborot bilan qanchalik yaxshi ta’minlanganiga bog’liq. Siz o‘zingizga “Men qanday 

dunyoda yashashni xoxlayman?” va “Men uchun demokratiya nimani anglatadi?” kabi 

savollarni berish bilan, ertangi dunyoning shakllanishida o‘z hissangizni qo‘shishingiz 

mumkin. 

 

E’tiboringizga fikrlab ko‘rishingiz uchun bir ssenariyni havola etamiz. Tasavvur 



qiling, sizga sayyoramizda bugungi hukmron sivilizatsiyani hech qanday cheklovlarsiz 

qayta qurishni topshirishdi. Maqsad – dunyoni urushlar, qashshoqlik, ochlik va atrof-

muhit  ifloslanishidan  qutqarish.  Shuningdek,  resurslardan  maksimal  foydalanish 

muddatiga erishgan holda, sayyoramizdagi har bir inson uchun eng yaxshi jamiyatni 

yaratish.  

 

Unutmang,  jamiyatni  qayta  qurishda,  nazaringizda  real  ishlaydigan  va  foyda 



keltiradigan istalgan uslubdan foydalanishga haqqingiz bor. Yagona cheklov – sizning 

ijtimoiy tajribangiz sayyoramizning real imkoniyatlariga asoslanishi zarur. Unga ko‘ra 

resurslar  Yerdagi  hayot  davomiyligini  ta’minlash  uchun  yetarli  darajada  bo‘lishi 

kerakligini anglatadi. 

Siz ehtimoliy dunyolar ichida eng yaxshisi shu deb tanlashingiz va hatto butun 

sivilizatsiyani qayta qurishingiz mumkin. Lekin, resurslarning o‘zini oqlamagan har 

qanday  ko‘rinishdagi  sarf  qilinishi  jamiyatning  istalgan  qatlamining  turmush  tarzini 



yomonlashuviga sabab bo‘lishini hisobga olish zarur. Loyihalashtirish faqatgina atrof-

muhit  himoyasini  o‘z  ichiga  olmasdan,  o‘zingiz  zarur  deb  bilgan  barcha  tarmoq, 

jumladan shaharlar, transport strukturasi, shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar va ta’lim 

strukturasini ham loyihalash zarur bo‘ladi. 

Tanlov cheklanmagan. Siz milliy o‘ziga xoslikni qo‘llaysizmi? Sizning xalqaro 

maslahat kengashingiz bo‘ladimi? Barchaning ehtiyojlarini qondirish uchun sayyora 

resurslarini qanday boshqarasiz va taqsimlaysiz? Qarorlarni qabul qilish uchun ilmiy 

metodlarni  qo‘llaysizmi  yoki  siyosatga,  tasavvufga  ishonasizmi?  Turlicha  diniy 

qarashlar bilan qanday munosabatda bo‘lasiz? Siz hattoki almashinish vositasi sifatida 

puldan foydalanilmaydigan iqtisodiy tizimni ishlab chiqishingiz ham mumkin. 

O‘zingizni  shaxs  sifatida  boshqalardan  ustun  qo‘ymaysizmi?  O‘zingizga 

kattaroq  uy,  hashamatli  mashina  yoki  yuqori  sifatli  televizorni  talab  qilmaysizmi? 

Bularga loyiq ekaningizni nima bilan asoslaysiz? Yoki bu boshqalarning bunga loyiq 

emasliklari bilan bog‘liqmi? O‘zingizni mahoratingiz darajasi bilanmi? O‘zingizning 

sarflagan vaqt yoki pul miqdori bilanmi? 

Esingizda  bo‘lsin,  agar  siz  boshqa  millatlarning  qadriyatlariga,  o‘zingiz  yoki 

qo‘shni  millatlarning  qadriyatlariga  qarshi  chiqsangiz,  bu  ularning  ommaviy 

noroziligiga  sabab  bo‘ladi.  Siz  siyosiy  korrupsiyani  qanday  yo‘q  qilasiz?  Universal 

qonun va kelishuvlarni e’lon qilasizmi? Kerak payti harbiy va militsiya metodlaridan 

foydalanasizmi? Hamma resurslarni barcha millatlarniki deb e’lon qilasizmi? 

Bu masalani hal etishda xurofotlardan va millatchilikdan holi bo‘lish etiladi va 

bu  hislatlarni  ishlab  chiqilayotgan  jamiyat  modeliga  kiritish  lozim  bo‘ladi.  Bunga 

qanday erishasiz? Bu juda ko‘p intizom kiritishni talab qiladigan murakkab loyihadir. 

Bu  muammoni  muhokama  qila  turib  hal  etishimiz  zarur  bo‘lgan  masalalar 

shulardan iborat. Bu eskirgan an’anaviy qarashlardan mutlaqo erkin bo‘lgan yangicha 

yondashuv  bo‘lishi  mumkin.  Ammo  doimo  bu  jamiyat  kim  uchun  qurilayotganini 

unutmaslik kerak.    



Amaldagi  qarashlar  doirasidan  chiqib,  yangi  ijodiy  g‘oyalarni  taklif  qilishdan 

qo‘rqmang.          

 

 

  



 

               



Download 155,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish