31
III-BOB. ISTIQBOLLI SOYA NAVLARINING O’SISHI, RIVOJLANISHI
VA HOSILDORLIGI.
Respublikamizning shimoli-g’arbiy mintaqasida
joylashgan Xorazm vohasi
ekin maydonlari tuproqlarining unumdorligini oshirish, qishloq xo’jaligi ekinlarini
takroriy
va
almashlab
ekish
tizimini
yaratish,
tuproqlarni
ekologik
sog’lomlashtirish kechiktirib bo’lmaydigan masalalardan hisoblanadi.
Aholisi zich joylashgan, sug’oriladigan yerlari cheklangan Xorazm viloyati
sharoitida sug’oriladigan yerlardan unumli foydalanish o’ta dolzarb muammodir.
Ko’p yillar mobaynida yerlardan foydalanishda yo’l qo’yilgan xatoliklar –
almashlab ekish tizimini qo’llamaslik, yetarli miqdorda organik o’g’itlarni
ishlatmaslik, yerlarning meliorativ holatining yomonlashuvi, turli zaharli kimyoviy
preparatlar va mineral o’g’itlarning me’yoridan ortiq
ishlatilishi va hokazolar
oqibatida tuproqdagi gumus miqdori va unumdorligi kamayib, ekinlarning
hosildorligi yil sayin pasayib bormoqda. G’o’zalarning paxta hosildorligi gektariga
32 tsentnerdan 21,5 tsentnergacha, sabzavot va ozuqabop
ekinlarning hosildorligi
1,5-2 martagacha pasaydi.
Tuproqdagi patogenlar, zararkunandalar va begona o’tlarning ko’payib
ketishi, turli zaharli birikmalarning to’planishi va tuproqdagi foydali
mikroorganizmlarning kamayib ketishi natijasida
ekinlarni almashtirib ekish
zaruriyati kelib chiqadi. Juda ko’p tadqiqotlar va ilmiy tajribalar sug’oriladigan
yerlardan foydalanishning yagona to’g’ri yo’li bu ekinlarning almashlab ekish
tizimi ekanligini tasdiqlaydi.
Xorazm vohasi sharoitida tuproq unumdorligini oshirish muammosi o’ta
muhimdir, chunki keyingi yillarda Tuyamo’yin suv omborining salbiy ta’siri,
ekinlar tizimida beda salmog’ining keskin kamayishi va boshqa sabablarga ko’ra
ancha maydonlarda tuproqdagi gumus va oziqa moddalarining kamayishi,
kanallardagi suvning va yerlarning sho’rlanish darajasining ortishi kuzatilmoqda.
SHuningdek, vohada cho’llanish jarayonlarining
jadallashuvi ham sodir
bo’lmoqda.
32
SHu bois Xorazm Ma’mun akademiyasining eksperimental bazasida azot
to’plovchi o’simliklardan beda, qashqarbeda, xashaki no’xat, shabdar, soya,
krotalyariya, ozuqaviy ekinlardan oq jo’xori, makkajo’xori, amarant, nut, Kolumb
o’ti; sabzavot ekinlaridan – pomidor,
achchiq va shirin qalampir, sabzavot soyasi
va boshqa o’simliklar ekilib, ularning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi
o’rganilmoqda. O’simliklarning vegetatsiyasi davomida
fenologik kuzatuvlar va
biometrik
o’lchovlar
amalga
oshirilmoqda.
Bu
o’simliklarning
tuproq
unumdorligiga
ta’siri,
ularni
yetishtirishning
mintaqaviy
agrotexnikasi
takomillashtirilgan.
Soya o’simligining dunyoning ko’p mamlakatlarida yetishtirilishi, uning
muhim
oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ekin sifatidagi ahamiyatlariga
qaramasdan respublikamizda soya ekiladigan maydonlar juda kam. Soya
o’simligining biologiyasi, yetishtirish agrotexnikasi va
biomassasini qayta ishlash
usullari yetarli darajada ilmiy asoslangan. Xorazm vohasining o’ziga xos iqlimi,
yer osti suvlari yuza joylashgan va tuproqlari turli darajada sho’rlangan
sharoitlarida soya navlarini yetishtirish o’rganilgan [6].
UrDU tajriba uchastkasida va Xorazm Ma’mun akademiyasining
eksperimental bazasi dalalarida soya o’simligining uchta navi – Orzu, Genetik,
O’zbek-2 navlari ekilib, ularning o’sishi, rivojlanishi o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: