Microsoft Word Динишщева Зумрад


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QORAQALPOG' ISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI



Download 2,56 Mb.
bet2/39
Sana21.01.2022
Hajmi2,56 Mb.
#394071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QORAQALPOG' ISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI

ORTA PROFESSIONAL TA’LIMI TO RTKO L PEDAGOGIKA KOLLEJI Ekologik ta’lim metodikasi fanidan

OQUV MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIYASI MODELI OQUV MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK



XARITASI


Muallif;
Dinisheva Zumrad

20 YIL


Hozirgi eng muhim dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a'zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir".

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo’g’ini hisoblanib, u maktabda o’qish uchun tayyor, sog’lom bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlashda, unga ona tabiatimiz haqidagi barcha bilimlarni egallab olish,tabiatni asrash, tabiatga bo’lgan mehrni o’stirish, to’g’ri munosabatda bo’lish madaniyatini o'rgatish zarur. Ushbu masalalarga oid bilimlarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani o'z ichiga qamrab oladi. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi boshlang’ich bilimlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o'rganadi.

MTTda ekologiya fanini o'qitishdan maqsad: O’quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilada bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini rivojlantirish, ularning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlab, ularga ya’nada tabiat haqida kengroq va chuqurroq bilimlar berishni metod va usullardan foydalangan holda o’rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tabiatga bo’lgan mehrni tarbiyalash.

Kutilayotgan natijalar: MTTda ekologiya fani bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotda qo'llaydi, maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalar ekologiya bo’yicha ishlarni amaliy ravishda tashkil eta oladi. MTMda va oilada bolalarni ekologik madaniyatini rivojlantirishda, lug'atini boyitish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, ekologik bilimlarini oshirish maqsadida mashg'ulotlarini o'tkazadi.

MTTda ekologiya faniga ajratilgan soat kollejda 80 soat davomida o'tiladi,shundan nazariy o'quv mashg'ulotlari uchun - 30 soat, amaliy o'quv mashg'ulotlaruchun -50 soat ajratilgan.

MTTda ekologiya fani jarayonida quyidagi o'quv mashg'ulot turlari mavjud:



  1. Ikkita turdagi nazariy mashg'ulot: nazariy-yangi bilimlarni egallash bo'yicha o'quv mashg'ulot va nazariy-to'liq o'quv mashg'ulot berilgan.

  2. Amaliy mashg'ulot: bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish, mustahkamlash va ko'nikmalarni shakllantirish.

Ta’lim jarayonini tuzishda va amalga oshirishda shaxsga maqsad, sub’ekt ustunligi, natija va uning samaradorligini asosiy mezondek yo'naltirish ta’lim jarayoninig barcha ishtirokchilarining to'laqonlik rivojlanishi:ta’lim berish jarayonini shaxsparvarlashtirish va tabaqalashtirish: kasbiy tayyorgarlik yo'nalishlari bo'yicha Davlat ta’lim standartlari talablariga rioya qilgan holda ta’lim oluvchi shaxsni rivojlanish yo'liga yo'naltirish:

Tizimli yondoshuv.Ta’lim texnalogiyasi tizimning barcha belgilarini o'zida mujassam etmog'i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo'g'inlarini o'zaro bog'langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo'naltirilgan yondoshuv: Ta’lim beruvchi vazifasining o'zgarishi: nafaqat bilim berish, balki ta’lim oluvchilarni ularni mustaqil uzlash,tahlil qilish, taqqoslash, o'zgartirishga, hayotiy muhim vazifalarini hal etishda qo'llash, barcha hayot yo'li davomida bilimlarini tezkor yangilash va to'ldirishni o'rgatish. Buning uchun esa,o'qituvchi barcha to'g'ri yechimlarning birinchi toifadagi namoyishchisi bo'lmasdan, balki o'quv jarayonini tashkilotchisi, maslahatchisi va nazoratchisi bo'lishi kerak; bilimlarni yetkazishning kam samarali og'zaki yo'llarini kamaytirishga keltirish.

Muloqatli yondashuv. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan teng huquqli tomonni o'rgatishi; shuncha o'qitish emas, ta’lim oluvchilarni rivojlanishiga, uning o'ziharakaatlanishiga sharoit yaratishga qancha rag'batlantirish; ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni mustaqil rejalashtirish qobiliyatini va uni yechish yo'llarini taklif etish,olingan natijalarni baholash yoki tekshirishga olinishiga tayyorgarlikni shakllantirishni ko'zda tutadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Mustaqil individual ish ^ guruhlarda hamorlikdagi ish- hamkorlikda ta’lim berishda bilish jarayonining dialektik o'zaro bog'liqligi shundan iborat.

Muammoli ta’lim. Yo'nalish bo'yicha mustaqil ijodiy bilish faoliyatini ta’minlash: muammoli vaziyat ^ muammoni shakllantirish ^ uni hal etish yo'li ^ muammoni yechish ^ yechimni tekshirish.

Asosiy konseptual yondashuv va maqsaddan kelib chiqqan holda hamda o'qitish texnologiyalarini loyihalashtirishda o'qitish metodlari, shakllari, vositalari hamda qayta aloqaning usul va vositalari tanlab olingan, ya’ni:

O'qitishning metodlari va texnikalari: kichik- ma’ruza,hikoya, tushuntirish,yo'riqnoma berish, namoyish, ko'rsatish, videometod, kitob bilan ishlash, INSERT mashq, suhbat, bahs, aqliy hujum, pinbord, muammoli metod, keys-stadi, loyiha.

O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari: Jamoaviy, ommaviy, guruhli va yakka tartibda.

O'qitish vositalari:

O'qitishning texnik vositalari- kompyuter,yozuv taxtasi, flipchrt, proyektor, slaydalar, o'quv- kompyuter tizimi.

O'quv- didaktik materiallar- o'quv topshiriqlar va uni o'quv bajarish bo'yicha yo'riqnoma berish, darsliklar, uslubiy majmua.



Qaytar aloqa usullari va vositalari:kuzatish, tezkor so'rov, savol-javob, o'quv topshiriq, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat testlari natijalarini tahlil asosida pedagogik diagnostikasi.

Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mavzu: Umumiy ekologiya haqida tushuncha

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni:

O’quv mashg’uloti shakli va turi

Nazariy

O’quv mashg’uloti rejasi

  1. 1. Umumiy ekologiya haqida tushuncha.

  2. Ekologiya fanining asoschilari va ta’lim tarbiyada tutgan o’rni.

  3. Umumiy ekologiyaning bo’limlari.

  4. Hozirgi zamon ekologiyasining sohalari.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Umumiy ekoligya haqidagi tushunchalarni, uning asoschilari, bo’limlari, sohalari hamda tarbiyada tutgan o’rni to’g’risidagi bilim-ko’nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash.

O’qitish natijasi

Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko’nikma yoki kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar

1 .Umumiy ekologiya haqidagi tushunchalar bilan tanishtirish.

  1. Ekologiya fanining asoschilarini tasnifini berish;

  2. Umumiy ekologiyaning bo’limlarini tushuntirish;

  3. Hozirgi zamon ekologiyasining sohalarini ochib berish.

O’quv faoliyat natijalari:

  1. Umumiy ekologiya haqidagi tushunchalar bilan tanishadilar.

  2. Ekologiya fanining asoschilarini fikrlarini tasniflaydilar.

  3. Umumiy ekologiyaning bo’limlarini tushuntirib aytib beradilar.

  4. Hozirgi zamon ekologiyasining sohalarini ochib va tartibli ravishda izohlab beradilar.

O’qitish metodlari

Kichik axborotli (ma’ruza, hikoya, tushuntirish, ko’rsatma berish) namoyish. Ko’rsatish (video usul, kitob bilan ishlash, insert mashq, aqliy hujum ta’lim o’yini) tanlab olinadi.

O’qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, komp’yuter, videofil’m, mulyajlar, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varag’i, yo’riqnoma, elektron yo’riqnoma.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda.

O’qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so’rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-O’quv mashg’ulotiga kirish (5daq)

Tashkiliy qism:

1. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. (Salomlashish,xonani ko’zdan kechirish va davomatni aniqlash).

Mashg’ulotga

tayyorlanadilar

2-bosqich. Asosiy (65 daqiqa)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:

1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan Mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. (O’quvchilarni yangi o’quv yili bilan tabriklash, omad tilash; fan bo’yicha o’quvchilarni avvalgi olgan bilimlarini aniqlash maqsadida (B/N) ishini olish).

Maqsad va vazifani belgilanishi:

2. Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tanishtiradi.

3. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; (Ekologik bo’limlar haqida ma’lumotlar to’plash).

4. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (1-ilova). Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish: Tezkor- so’rov, savol-javob, aqliy hujum, pinbord-(o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati hamdir), “o’ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o’quv material bayoni:

  1. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi;

  2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan Mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi (2-ilova).

Yangi o’quv materialini mustahkamlash:

  1. Mustahkamlash uchun savollar beradi (3-ilova).

Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;

  1. guruh -savollarga javob beradi va yozadi;

  2. guruh test yechadi;

  3. guruh test tuzadi;

  4. guruh ekologiya bo’yicha rasm chizadi.

  1. Guruhlarning ishlari tekshiriladi va baholanadi.

  1. Kichik guruhlarga bo’linadi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi, har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.

  2. Guruhlarda ishlashni boshlashga ruhsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.

Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.

  1. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.

Savol- javob asosida (B/N) ishini yozib beradilar.

Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Topshiriqni bajaradilar.

Kichik guruhlarga bo’linadilar.

Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.

Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar.

Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.

Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi






Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan o’zaro bir- birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi; 12. Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.




3-bosqich Yakuniy (10 daqiqa)

Mashg’ulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (4-ilova).

1.I.Xolliyev, A. Ikromov “Ekologiya” Toshkent- “Talqin” -2004. 22-26-betlar.

2.O.Hasanboyeva, X.Jabborova, Z.Nodirova “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” Toshkent-2012. 5-7- betlar.

Baholari bilan tanishadilar. Topshiriqni yozib oladilar.

1-ilova




Ko’rsatkichlar

Maks. Baho 5

Baholar
















Faol

ishtiroki

5

Nofaol

4

Qisman

3

Umuman

ishtirok

etmadi

2

O’ylang- juftliklar-ga bo’lining-fikrlar bilan almashing” texnikasini faolliklari

5

Faol

ishtiroki

Nofaol

Qisman

Umuman

ishtirok

etmadi





Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish