Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
93
qorayib, to‘lishib, bag‘rida yalt-yult chaqinlar chaqib turgan yurg‘un bulutlar tun yarim kechadan 
oqqanda nihoyat quyib berdilar. Yirik marvarid tomchilar qaqragan yerga shatir-shutur urilib, suvlar 
sharillab oqa boshladi, yomg‘ir Avdiy Kallistratovning yuziga ham sepalab hushini o‘ziga keltirdi. Bu 
hayotning ajib tortig‘i edi. 
Avdiy poezddan tashlab yuborganlarida pastga qulagan ko‘yi temir yo‘l bo‘yidagi chuqurlikda 
yotardi. Hayoliga dastlab shu fikr keldi: «Qaerda yotibman? Yomg‘ir yog‘yapti shekilli?» U ingrab, 
surilmoqchi bo‘l-di, biqinidagi dahshatli og‘riqdan chinqirib yuboray dedi, boshi cho‘yanday 
og‘irlashib ketgandi, u yana hushini yo‘qotdi, lekin bir oz vaqtdan so‘ng ko‘zini ochdi. Xaloskor 
yomg‘ir uni hayotga qaytardi. Yomg‘ir saxiylik bilan sharros solib quyar, suv tepadan Avdiy yotgan 
chuqurga sharqirab oqib tushardi. Yomg‘ir Avdiy atrofida zo‘r berib chuchvara tugar, suv halimazotda 
uning tomog‘igacha kelib qoladi. Avdiy o‘zini qo‘lga olmay iloji yo‘q edi, bu xatarli joydan chiqish 
payiga tushdi. Dastlabki daqiqalarda shalayim va karaxt tanasini harakatga keltirish azobi azim bo‘ldi. 
Avdiy tirik qolganiga ishongisi kelmasdi. Axir, vagonda uni qon qaqshatib kaltaklashmadimi, shiddat 
bilan borayotgan poezddan berahmlarcha tashlab yuborishmadimi, lekin, qarang, u tirik-ku, va 
bularning bari hech narsaga arzimaydi, qanday bo‘lmasin, u tirik ekan! Joni chiqmagan ekan, mana 
surilishi, harakat qilishi, ko‘rishi, eshitishi, emaklashi mumkin. Manavi chelaklab yog‘ayotgan oq 
yomg‘ir ham qanday yaxshi! Uning qon qaqshagan badanlariga shunchalar ham yoqyaptiki, qo‘l-
oyoqlariga darmon bo‘lyaptiki! G’uvillab, qizigandan qizib ketayotgan boshiga shifo bo‘layotganini 
aytmaysizmi! Kuchi yetgancha tepaga surilaveradi. Tezda tong yorishadi. Ertalab bo‘ladi. Tag‘in 
hayot, umrguzaronlik boshlanadi... O’shanda u nima qilish kerakligini o‘ylab topadi. Hozir esa bir 
amallab oyoqqa turib olsa bas... 
Bu orada jala va tun qorong‘iligini yoraroq biri ketidan biri poezdlar guldirab o‘tdilar... U shunga 
ham xursand edi. Nimaiki hayotdan nishona bersa, uni behad quvontirmoqda edi... 
Avdiy qo‘lidan kelgan taqdirda ham yomg‘irdan qochishni istamasdi. Yomg‘ir butun vujudiga 
qayta jon ato etayotganligini his qilib turardi. Qo‘l-oyog‘i butun bo‘lsa, bas. Shilingan, tilingan, lat 
yegan bo‘lsa ham mayliga, hatto biqinidagi og‘riq ham chikora, chidaydi... U bir amallab bexatarroq 
yerga, tepacha ustiga sudrala-sudrala chiqib oldi. Endi butun vujudini yomg‘ir ixtiyoriga berib, nafasini 
rostlardi... 
Shunday qilib, u adam sahrosidan yana tiriklik dunyosiga qaytdi va hayotining tub mazmunini yana 
bir boshdan tiklashga kirishdi. Fikr-o‘ylari ajoyib bir ravshanlik va salmokdorlik kasb etayotganligidan 
hayrati ortdi... 
Shunda u Pontiy Pilat huzuridan G’ulqof sari olib ketilayotgan Zotga aytdi: «Yo ravvi, men shu 
yerdaman! Yo ravvi, Seni xalos etmoq istayman, ne qilay, ne qilayin? Seni nechuk qutqarib olayin? 
Men yana hayotga qaytdim. Sening holingni o‘ylab meni vahim bosyapti!» 
Inson ba’zan, hayolan bir paytning o‘zida yuzlab, minglab yillar bilan ajratilgan vaqt bo‘laklari 
ichra yashay oladi. Bunday tarixiy holat tasavvur qobiliyatini yo‘qotmagan har bir odamda bo‘lib 
turadi. Biroq o‘tmish voqealarini ko‘z o‘ngidagi borliq kabi yaqin ko‘radigan odam, uzoq o‘tgan 
kechmishlarni xuddi o‘z jonajon ishi, o‘z taqdiri deb biladigan odam, haqiqiy jafokash, riyozat 
egasidir, zero, u yoxud bu voqea nima bilan tugaganligi, nimalarni keltirib chiqarganligini oldindan 
ko‘ra-bila turib, voqealarning borishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatolmay, faqat dard-alam chekadi va 
o‘zini hech qachon amalga oshmaydigan adolatning tantanasiga qurbon qiladi. Kechmish kun 
haqiqatini tiklash va tasdiqlash muqaddasdir. G’oyalar mana shunday tug‘iladi, yangi nasllarning 
oldingi va undan ham, ana undan ham oldingi avlodlar bilan ruhiy chatishuvi shunday ro‘y beradi, 
dunyo shu bilan ustivor, hayot tajribalari doim ortib, ustma-ust, qavat-qavat bo‘lib boraveradi — 
yovuzlik va ezgulik nasllardan nasllarga bitmas-tuganmas xotira iplari kabi, bitmas-tuganmas tirik vaqt 
va tirik makonlar kabi ko‘chib o‘taveradi... 
Darvoqe, shuning uchun aytilgankim, kuni kecha o‘tganlar bugun nima bo‘lishini bilmagaylar, 
lekin bugun kun kechirayotganlar kecha nimalar bo‘lganligini bilgaylar, ertaga esa bugunning kishilari 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish