Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
149
qiladi. Agar sovxozga direktor bo‘lganimda, o‘zim bilar edim, qanday odamlarni qaerga qo‘yishni. 
Lekin xalq aytmoqchi, «biri kam dunyo»— odam bolasiga doim nimadir yetmaydi. 
Tog‘lar sari borar ekanlar, endi yo‘llarida traktorlar va ot-ulov mingan kishilar uchramas, qishlov 
hamda qo‘tonlar onda-sonda ko‘zga chalinib qolar, bu yerlarda tabiatning ham turqi boshqacha edi: 
xuddi begona joylarga o‘xshar, tevarak tumtaygan va sovuq edi. Bo‘ston bilan Ernazar kechga tomon, 
hali quyosh botmasdan toshloq dara ichidan yo‘l bosib, Ola Mo‘ngu yoqasiga yetib keldilar. Qosh 
qoraymay yana bir oz yursalar ham bo‘laverardi, lekin podani tong qorong‘ilab, hali yulduzlar 
o‘chmay haydab kelganda ham, kun bo‘yi yurib tog‘larda bundan ortiq masofa bosib bo‘lmasligini 
hisoblab chiqdilar-da, daraning dovon boshlanadigan shu yerida tunashga qaror qildilar. Chorvadorlar 
dovonga chiqish oldidan tunab qolinadigan bunday kechani shikama deydilar. Shikamaga tanlagan 
joylari ham juda qulay edi. Muzliklardan jilg‘a shaldirab tushar va pastga qarab shu yerdan yo‘l olar, 
agar tog‘ yonasidan joy tanlasalar, muzliklardan esuvchi sovuq izg‘irindan saqlanar edilar. 
Muzliklardan esadigan, odamning suyak-suyagidan o‘tib ketadigan sovuq izg‘irin yarim kechada 
boshlanib, quyosh ertalab ko‘tarilguncha davom etishini cho‘ponlar bilardilar. Son-sanoqsiz chorvani 
muzliklarning tungi ayozidan as-rash va ertalab yangi kuch bilan dovon sari ko‘tarilish — shikamaning 
asl ma’nosi mana shunda edi. 
Yo‘lovchilar yerga tushib, horigan otlarni egar-jabduqdan bo‘shatib, tunga hozirlik ko‘ra 
boshladilar. Uncha baland bo‘lmagan qoya ostidan joy topdilar — Ernazar dara ichidan, hov butazorlar 
o‘sgan yerlargacha borib o‘tin yig‘ib keldi. O’t yoqib, uning atrofida uydan olib chiqqan taomlari bilan 
tamaddi qilishdi, hatto tunuka choynakda choy qaynatib ichishdi va olis yo‘ldan so‘ng o‘rin tuzatib 
cho‘zilishdi. 
Dovon ostidagi tog‘ yonalarida tez qorong‘i tushdi va kun xuddi qish kirganday bir zum ichida 
sovudi. Yozdan qishga o‘tish uchun otda bir kun yo‘l yurish kifoya qildi. Ola Mo‘ngu muzliklaridan 
izg‘irin esdi. Axir mangu muzliklar qo‘l uzatsa yetadiganday yaqin edi. Bo‘ston qaysidir gazetada 
o‘qigan edi, bu muzliklar million yillardan beri mavjud, vodiylardagi hayot ularga bog‘liq, muzliklar 
asta-sekin erib, jilg‘alar va daryolarni to‘ldiradi, pastliklardagi barcha dov-daraxt, o‘t-o‘langa jon ato 
etadi, dalalarda ekin-tikinni yashnatadi, tabiatdagi hamma narsalar mana shunday donolik bilan 
yaratilgan. 
— Ernazar,— dedi uxlash oldidan Bo‘ston,— sovuqni qara-ya! Suyak-suyagingdan o‘tib ketadi-
ya! Yaxshiyam, po‘stinlarimizni olgan ekanmiz. 
— Po‘stinni aytasiz,— javob berdi Ernazar.— Ilgarigi vaqtlarda duo o‘qib jon saqlashgan, uni 
dovon duosi deyishgan. Esingizda bormi? 
— Yo‘q, esimda yo‘q. 
— Mening esimda qolgan, bobomiz aytib bergan edi. 
— Qani, o‘qi-chi. 
— E, men o‘ttan-bo‘ttan bilaman, xolos. 
— Ishqilib, bilar ekansan-ku. Qani boshla! 
— Xo‘p, mayli. Men aytib turay, siz takrorlang. Eshityapsizmi, qani, siz ham aytavering: «Yo 
yaximalak, osmonning Hokimi ko‘k Tangri muz dovon uzra yo‘limizni yengil qilgaysan. Chorvamizni 
qora izg‘iringa giriftor etmagaysan, buning o‘rniga osmondagi qora quzg‘unni olgaysan. Bola-
chaqamizni sovuq nafasing bilan qotirib qo‘ymagaysan, buning o‘rniga osmondagi haqqushni 
olgaysan. Otlarimizning ayillarini qattiqroq tortib bog‘lagaymiz, qo‘toslarga ortgan ko‘ch-
ko‘ronimizni mahkamroq joylagaymiz va senga tavof qilib aytgaymiz, yo‘limizni bog‘lama, bizni 
dovondan ko‘m-ko‘k o‘tloqlar, muzday buloqlarga o‘tkazib qo‘y, bizning ushbu so‘zlarimizni qabul 
et...»Menimcha, shunday edi. Uyog‘i esimda yo‘q... 
— Attang... 
— Nimasiga achinasiz? Hozir bunaqa duolar hech kimga kerak emas. Endi maktablarda bularni 
qoloqlik va jaholat deb o‘rgatishadi. Qarang, axir, koinotga odam uchyapti deyishadi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish