Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
131
hushi ham (o‘ziga yetarlicha, fahmi-farosati ham joyida, Bo‘ston va Bozorboy ikkovlari bir-birilariga 
toqat qilolmasliklarini aniq biladi, lekin zarracha sir boy bermay, uni ochiq yuz bilan qarshi oldi, 
achingan, tasalli bergan bo‘ldi. Keling, keling, qo‘shnimizning qo‘shnisi, to‘rga o‘ting, ana gilam, 
o‘tiring, voy, namuncha bo‘rilar sizni quvlamasa, voy, omon-eson qutulibsiz-ey bir balodan, ota-
bobolarimizning arvohlari qo‘llabdi sizni, kulfatingiz arigani rost bo‘lsin. Lekin, o‘zlari uyda yo‘q 
edilar. Rayonga majlisga ketgan edilar, tezda kelib qolishlari kerak. Direktorning «Gazigi»da tashlab 
ketishmoqchi edi, o‘tiring, o‘tiring, o‘tiring, hozir choy damlab kelaman, birpas shoshmay tursangiz, 
issiq ovqat ham tayyor bo‘ladi. 
Ko‘rgilik ekan, hamon mundoq mehmonnavozliklar borligini bildi, Bozorboy har qalay uy bekasini 
bir sinab ko‘ray-chi, chaqirilmagan qo‘noqqa mehribonchiliklari rostmikan, dedi. Buning ustiga qocha-
qocha bo‘laricha bo‘lgan, sal o‘zimga kelvolay deb, ichkisi qistab, aroq so‘ragani jazm qildi. U betini 
sidirib tashladi: 
— Choyni xotinlar ichadi,— dedi u dabdurustdan.— Gapimdan xafa bo‘lma. Lekin Bo‘stonday 
davlatmand odamning uyidan o‘tkirrok bir narsa topilmaydimi? Dovruq solib yurgan odam-ku, 
Bo‘ston! 
Bozorboyning o‘zi asli shunday itfe’l edi. Mabodo, ichkilik olib kelmaganlarida ham, u 
Bo‘stonning xotini tusi qochganligini ko‘rib, ich-ichidan mamnun bo‘ldi. Bozorboyning 
betgachoparligi Gulimxonga yoqmadi. Nima, ohanjama qilib o‘tiradimi, xon bo‘lmasa, bek bo‘lmasa, 
bor-yo‘g‘i jo‘ngina bir cho‘pon — ko‘yboqar bo‘lsa? 
— Voy, gapingizni qarang,— dedi Gulimxon sal rangi o‘chib.— Bo‘stoningizni hech shu qurib 
ketkurga hushi yo‘q, shuning uchun... 
— Bilaman, bilaman, Bo‘stoning ichmaydi!— uning gapini pisand qilmay bo‘ldi Bozorboy.— Bir 
aytdim-qo‘ydim-da. Choyingga rahmat. O’ylovdimki, o‘zi ichmaydiyu, lekin mehmonlarga... 
— Voy, u nima deganingiz,— qisindi Gulimxon va Bozorboyning yonida o‘tirgan Risqulga qaradi. 
Risqulning tizzalari bo‘ri bolalari solingan o‘sha qurmag‘ur xurjunga tegib turardi. 
Risqul aroqqa chiqmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘algan edi, shu payt eshikda Bo‘stonning ikkinchi 
yordamchisi pedinstitutni chala tashlab ketgan, oyoq-qo‘li chaqqon va chapdast yigitcha Marat 
ko‘rindi. Uning oblastda ko‘rmagan joyi, qilmagan ishi yo‘q, mana endi esi kirib, Bo‘stonning oldida 
mahkam o‘rnashib qo‘ya qolgan edi. 
— Menga qara, Marat,— dedi unga Risqul.— Berkitib qo‘ygan yarimtang bor edi shekilli. 
Bilaman seni. Qo‘rqma, agar Bo‘ston so‘rasa, men javobini beraman. Obke, tezroq o‘sha yarimtangni. 
Bozorboyning o‘ljasini yuvamiz. 

Yuvamizmi? Men birpasda!— mamnun bo‘lib ha-xoladi Marat.
Yarim stakandan keyin Bozorboyning xafagarchiligi yozildi. Qo‘rquv ketib, yana o‘sha-o‘sha 
qashshang va betamiz Bozorboy bo‘ldi-qoldi. Xuddi o‘z uyiday gilamga yonboshlab, boshidan 
kechirganlarini hikoya qildi, bo‘ri bolalarini xurjundan chiqarib ko‘rsatdi. Shunda o‘zi ham ularni 
yaxshilab ko‘rib oldi. Oldin bo‘richalar qimirlagilari kelmay turdi, hech narsaga qarashmadi, xuddi 
himoya istaganday qaygadir yashirinmoqchi bo‘lishardi, keyin issiq ta’sir qildi shekilli, jonlanib, 
g‘imirlab qolishdi, uy ichida har yoqqa dumalab, ingillab, tumshuqchalarini o‘tirganlarning tizzalariga 
urishdi. Ular hech narsani ko‘rmagan, bilmagan ko‘zchalarini mo‘ltillatishib, onalarini, uning 
emchaklarini qidirishardi. Uy bekasi yuragi achib, boshini sarak-sarak qildi: 
— Voy, sho‘rlikkinalar-ey, ochkab ketishibdi-ku! Bo‘ri bolasi bo‘lsa-da, baribir bola-da. Nima, 
bularni ochdan o‘ldirmoqchimisiz? Nima qilasiz? 
— Nega endi o‘larkan?— xafa bo‘ldi Bozorboy.— Bularning joni toshdan ham qattiq. Ikki kun 
boqib turamanu keyin rayonga topshiraman. Hayvonot bazasida bilishadi ularni qanday boqishni. 
Xo‘jayinlarning qo‘lidan har narsa keladi — xohlasa, bo‘rini ham ko‘lga o‘rgatib, tsirkda o‘ynatadi, 
chipta sotib, pul yig‘adi. Balki bularni ham tsirkka olishar. 
Bekach bilan birga achinishib turgan odamlar bu gapga iljayib qo‘yishdi. Lekin, bo‘ri bolalarini 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish