Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
130
topshirish mumkinligigacha. Bir so‘z bilan aytganda, planni qanday bajarish to‘g‘risida. Topgan 
ohanjama gaplarini qarang, uning o‘zi biladi nima qilishini: qishda yemni o‘z vaqtida ber, yozda 
tog‘larda barvaqt turib, kech yot, xullasi kalom, yaxshi ishla, moldan, qo‘ydan ko‘zingni uzma. Jon 
kuydir Bo‘ston va boshqalarga o‘xshab. Biroq birovning ishi yaxshi chiqadi, boshqasiniki mundoqroq. 
Birovning ishi o‘ngidan keladi, birovniki kelmaydi. Misol uchun, Bo‘stonning qo‘rasida dvijok patillab 
turibdi — kechasi bilan uylarda ham, saroyda ham, hovlilarda ham chiroq o‘chmaydi. Xo‘sh, nimaga? 
Chunki u ikkita agregatni qo‘lga kiritgan — bittasi ishdan chiqsa yoki remontga tursa, shu zahoti 
ikkinchisi ishga tushadi. Boshqa cho‘ponlarda esa, shu bilan birga Bozorboyda ham dvijok qurg‘ur yil 
bo‘yi bitta. O’zi bitta bo‘lgandan keyin odamni ko‘p ovora qiladi: bir qarasang ishlaydi, bir qarasang, 
ishlamaydi, dam yonilg‘i bor, dam yo‘q, goh bir joyi singan, goh bir joyi chiqqan, goh unga qarab 
turadigan yigitcha hamma narsa joniga tegib, shaharga ketib qolgan — shaharda yoshlarning oshig‘i 
olchi, qishloqqa qaraganda yuz karra yaxshi yashashadi. Ana shunaqa ishlar. Hamma hisobotlarda 
barcha cho‘pon brigadalari elektr chirog‘i bilan ta’minlandi, deb aytiladi, aslida esa hech vaqo yo‘q... 
Shundan keyin kim yaxshi? Albatta, Bo‘ston yaxshi. Buning ustiga ichmaydi. Kim yomon? 
Bozorboy va unga o‘xshaganlar. Buning ustiga ular ichishadi. Xo‘p, yomon bo‘lsang, bo‘yningga bir 
ursinlaru haydab yuborsinlar, tamom vassalom. Vaholanki, ketaman deb, ariza berib ko‘r-chi, darrov 
senga militsiyani to‘g‘rilashadi, pasportni olib qo‘yishadi, hech qanday hujjat-pujjat berishmaydi; bor, 
akasi, ishingni qil, ketishga ruxsat yo‘q, deyishadi. Hozir hech kim cho‘pon bo‘lishni istamaydi, 
ahmog‘i yo‘q, deydi. Hamma shaharda yashasam, deb ishqivoz. Shaharda ishni tugatasanu maza qilib, 
madaniy hordiq chiqarasan, bo‘lmasa, kvartirangda yotib damingni olasan. Hamma narsa tayyor, 
oldingda muhayyo, o‘t yoqish kerakmas, suv oldingda, chiroq kechasiyu kunduzi bor, hojat ham 
shundoq burningni tagida... O’tardagi turmush ham turmushmi? Mol bolalaydigan mahal-ku salkam bir 
yarim ming bosh sigir-buzoqni eplashing kerak, na kechasi tinim bor, na kunduzi, bir yarim ming 
qoramolning bari boshingda mo‘ngrab turadi. Shiptir-shilta kechmay, ko‘r-chi, ichmay ko‘r-chi, 
xotiningni, cho‘pon-cho‘liqlaringni urmay ko‘r-chi, g‘irt hayvonning o‘zi bo‘lasan-qolasan... Xo‘sh, 
keyin kim yomon? Bozorboy va unga o‘xshaganlar... 
Sal narsaga barmokdarini nuqib pesh qilib turishadi tag‘in: Bo‘ston O’rkunchievni ko‘r, ana, ilg‘or, 
ana, o‘rnak... Basharasiga solib-solib yuborsang shu ilg‘or taviyaning! Bo‘stonning omadi bor, uning 
odamlari ham yaxshi, bir borgan kishi hech qaytib ketmaydi, bitta oiladek bo‘lib ishlashadi. 
Bozorboyga o‘xshagan cho‘ponlar o‘chib qolgan dvijoklardan allaqachon qo‘lni yuvib, qo‘ltiqqa urib, 
eskichasiga, kerosin chiroqlaru qo‘l fonarlariga o‘tib olishgan. Bo‘stonning MI —1157 degan elektr 
generator agregati qo‘ralarning orqasida soatday muntazam yurib turibdi, uning gup-gupi uzoq-
uzoqlardan eshitiladi, chirog‘i ne-ne joylardan ko‘rinadi. Bo‘rilarni orqaga qaytargan ham avvalo shu 
bo‘ldi, ular yetay-etay deb turganlarida chiroqlarni ko‘rib, dvijok ovozini eshitdilaru taqa-taq to‘xtab 
qoldilar. 
Itlar hamon biri olib, biri qo‘yib akillashardi. Bo‘rilar shu atrofda izg‘ib yurishganga, lekin yaqin 
kelishga yurak betlamayotganga o‘xshaydi... 
Ha, Bo‘stonning omadi chopgani chopgan. Hammasini qara, hammasi orasta, hamma narsa joy-
joyida, uylari chiroqlardan charog‘on, garchi qo‘y qo‘rasida tursalar ham, lekin hammayoq ozoda, 
supurilgan, sidirilgan. Etik-paytavalarni dahlizda yechishga, gilam paypoqning o‘zida ichkariga 
o‘tishga to‘g‘ri keldi. 
Odamning bir omadi kelsa, hamma narsada keladi. Muni qarangki Bozorboy ilgari bilmagan ekan. 
Dovonda nobud bo‘lgan Ernazarning bevasi durkungina, o‘ktamgina juvon ekan. Mana, endi shu 
Gulimxonni, Bo‘stonning xotinini oling. Qancha g‘amlarni boshidan kechirmadi, lekin hozir o‘ynab-
kulib baxtiyor bo‘lib yuribdi. Yoshi ham hoynahoy hali qirqqa yetmagandir. Uning Ernazardan qolgan 
ikki qizi internatda o‘qishadi. Buning ustiga omadi chopsa shunaqa bo‘ladi-da, yaqinda Bo‘stonga 
o‘g‘il tug‘ib berdi. Oldingi xotinidan Bo‘stonga ikki qiz qolishgan edi, ular katta bo‘lishib, turmushga 
chiqishib, o‘zlaridan tinchib ketishdi. Gulimxonning o‘zi ham ochiq chehralikkina ayol ekan, aqli-


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish