40
2.3. Qadimgi Eron Ahamoniylar davlatining tashkil topishi va uning
jahonga hukmronlik g‘oyasi
O’quv maqsadi:
Qadimgi Elam davlati, eramizdan avvalgi I ming
yilliklarning boshida Eron davlati, aholisi, hududi,mashg’ulotlari, davlat
tuzumi, Ahamoniylar davlati va saltanatini tashkil topishi, Ahamoniylar-
ning jahonga hukmronlik siyosati, Kir II ning G’arb va Sharq mamlakat-
lariga bosqinchilik yurishlari, Ahamoniylar saltanati dunyoning turli min-
taqasida yashayotgan elat va xalqlarning birlashtirgan birinchi jahon im-
periyasi ekanligi haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berish, mavzuda
ko’rsatilgan tarixiy davr haqida umumiy tushunchalar hosil qilish.
Tayanch tushunchalar:
Ahamon, Kir, Kambiz, Kir II, Parsumash,
Anshan, Suza, Midiya, Lidiya, Marg‘iyona, Xorazm, So‘g‘diyona, Ariya,
Bobil, Garpog, Ashshurbanipal.
Miloddan avvalgi VI asrda tashkil topgan Ahamoniylar davlati deyarli
2 asr yashadi. Bu mamlakat jahon tarixida o‘nlab fors podsholiklari va
Misrni to shimoliy-g‘arbiy Hindistonga qadar bo‘lgan davlat va xalqlarni
birlashtirgan yirik davlat edi. U dunyoning yirik bir mintaqasida tarqoq
holda yashayotgan xalq va elatlarni siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan
birlashtirgan 1-yirik jahon imperiyasi hamdir. Ahamoniylar davlati tarixi
amalda Yaqin va O‘rta Sharq hamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi edi.
Uning poytaxti Peropol shahri bo‘lib, forslarga qadar bu o‘lkada
elamitlar istiqomat qiladilar. Forslarning bu joyda bo‘lishi avval juda tinch,
elamit hukmdorlari roziligi bilan osoyishta o‘tdi. Keyinroq esa bu o‘lka
forslar tomonidan elamitlardan zo‘rlik bilan tortib olindi. Bu voqealar
yozma manbalarning xabar berishicha, miloddan avvalgi 1
ming yillikning
boshlarida sodir bo‘lgan.
Forslar kelib chiqishi jihatidan elamitlar bilan hech qanday etnik aloqaga
ega emas. Forslar, avvalo, Janubiy Eronda joylashgan. So‘ngra butun Eronni
egallashgan. «Avesto»da ular «azad» nomi bilan yuritilgan. Tarixiy
an’analarga ko‘ra, azadlar ariylarni tashkil etgan. Ariylar egallagan yurt
keyinroq Eron nomini olgan. Juda qadim zamonlarda Eronning forslar
egallagan janubiy hududi shumerlar tomonidan Nim (baland) deb yuritilgan,
akkadlar esa uni «Elamtu» deb ataganlar. Elamtu xalqlari orasida «Tog‘li
mamlakat» nomini anglatgan. Elamitlar esa o‘z yurtlarini «Xotamtu» deb
ataganlar. Umuman olganda forslarniig qadimgi tarixiy manbalarida juda
kam berilgan bo‘lib, 1- martta ular miloddan avvalgi IX asrga oid ossur
yozuvlarida tilga olinadi. Bu davrda fors ko‘chmanchilarining shimoldan
janub tomon ko‘chishi ko‘zatilgan. Ular Suza shahridan shimoliy - sharqdagi
Anshan viloyatidan o‘zoq bo‘lmagan Parsumash shahriga kelib joylashadi. (
41
Bu nom shaharga forslar bostirib kirib, uni o‘zlariniki
qilganlaridan keyin
berilgan.) Rivoyatlarga ko‘ra shu yurtga kachonlardir ko‘chib kelib
hukmronlikni qo‘lga kiritgan forslarning nufuzli oila a’zolaridan biri Ahamon
miloddan avvalgi VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida o‘z sulolasiga
asos solgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, forslar allaqachon fors qabilalararo
ittifoq tuzishgan. Tarixchi olim Fray o‘zining «Nasledie Irana» kitobida fors
qabilalari ittifoqini VII asrda aynan Ahamonning o‘g‘li Chishpish tuzganini
ta’kidlaydi. Fransuz arxeologining ta’kidlashicha, ularning boshqaruv mar-
kazi Shishtradan 40 km o‘zoqlikda bo‘lgan Baxtiyor tog‘lari territoriyasida
bo‘lgan. Chishpish, uning o‘g‘li Kir nabirasi Kambiz va evarasi Kir II lar o‘z
vaqtida Anshanning hukmdorlari bo‘lgan. Bobil shohi Ashshurbanipalning
miloddan avvalgi 639 yilga oid xujjatlarida ham Kirning nomi uchraydi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Bobil va Parsumash o‘rtasida ko‘plab qizg‘in
savdo aloqalari olib borilgan. Ashshurbanipal o‘z
xujjatlarida Kirni Parsu-
mash qiroli sifatida e’tirof etgan. Anshan shahrining xuddi shu davrga oid
hujjatlarida esa aynan Kir I Anshanning qiroli sifatida e’tirof etilgan. Demak
Kir I o‘sha vaqtning o‘zida 2 ta shaharning hukmdori bo‘lgan. Bunda o‘z-
o‘zidan bu ikki shahar Kir I ning hukmdorlik davrida birlashtirilgan degan
xulosa kelib chiqadi. Lekin ossur manbaalarida asosan bu fikr noto‘g‘ri,
chunki bu manbada Elam shohi Ummanmenanu va uning ittifoqdoshlari
haqida yozib qoldirilgan. Bu ittifoqdoshlar 6 ta bo‘lib, ular birma-bir sanab
o‘tiladi va shunda Parsumash va Anshan alohida-alohida tilga olinib o‘tilgan.
Olimlarning tadqiqotlari natijasida, Bobil shohi Ashshurbanipal va Par-
suaga (Parsumash) qiroli Kir o‘rtasida yozilgan qo‘lyozma topib o‘rganildi.
Bu ko‘lyozmaga asosan Kir II va uning ota-bobolari forslar bo‘lib, ular
Anshan va Persiya hukmdorlari bo‘lishgan. Lekin buyuk tarixchi olim
Gerodotning yuqoridagi to‘rt qirol haqidagi bergan ma’lumotlarida ularni
qirollar emas, balki ko‘zga ko‘ringan xonadon a’zolari, aslzodalari deya
ta’kidlaydi. Bunga dalil qilib, Gerodotning
Midiya haqidagi yozma man-
balarini ko‘rsatish mumkin. Unda Gerodot Kir II ning otasi Kambizni tilga
olib, uni qirol emas, balki yuqorida aytib o‘tilganidek nasl-nasabli aslzoda,
ko‘zga ko‘ringan shaxs sifatida tilga oladi.
Ahamoniylar birinchi bo‘lib Midiyani (550) so‘ng Lidiyani (546)
bosib olganlar. Lidiyadan keyin ular Kichik Osiyodagi yunonlarga qarashli
bo‘lgan davlatlarni ham o‘z tasarruflari ostiga olishadi. Miloddan avvalgi
545 va 539 yillar orasida Kir boshchiligida forslar Marg‘iyona, Xorazm,
Sug‘diyona, Baqtriya, shuningdek Ariya va uning atrofidagi davlatlarni
birin-ketin bosib oldi. Gerodotning xabar berishicha, Kichik Osiyoga
Kirning o‘zi yurish qilmagan, balki uning ishonchli qo‘mondanlaridan biri
Garpog yurish qilgan.
64
bo‘lgan ta’sirni qabul qilib rivojlantirish darajasida bo‘lmasa har qanday
kuchli ta’sir ham yerli madaniyatga singmasligi va iz qoldirmasligini es-
latib o‘tishimiz lozim.
Haqiqatda, mintaqada yuzaga kelgan tarixiy sharoit
ellinistik madaniyatni o‘zlashtirish, va o‘zi ham uning yuskak namunalarini
yaratishga qodirligini isbotladi. Baqtriyada ellinistik uslubda yasalgan
san’at buyumlari rasmlarini pullarda tasvirlash maxorati yuksak bo‘lgan.
Baqtriyadan tashqari bir oz keyinroq, So‘g‘diyona, Parfiya, Xorazmda ham
ellinistik madaniyat ta’siri ostida yaratilgan arxitektura va san’at asarlari
topilgan. Ularda ham ellinistik shakl va timsollar yerli badiy an’analarga
binoan qayta shakllanganligini ko‘ramiz. Qizig‘i shundaki, Markaziy
Osiyoni ellinlashgan markazlarida ishlangan san’at buyumlarini ko‘chman-
chilar Yevroosiyo cho‘llariga ham tarqatganlar. Haligacha Ural, Oltoy,
Qozog‘iston qo‘rg‘onlarida Amudaryo hazinasidagi buyumlarga yaqin
bo‘lgan san’at asarlari topilmoqda.
Markaziy Osiyo va Shimoliy Afg‘onistonda yaratilgan ellinistik san’at
asarlarini mavzu jihatdan uch guruhga ajratish mumkin: diniy, epik va folkler
bilan bog‘liq bo‘lgan asarlar. Ayniqsa, milloddan avvalgi IV –
II asrlarda
Baqtriyada rivojlangan ellinistik san’at diniy e’tiqod bilan bog‘liq edi.
Markaziy Osiyoda ellinizm davrida Olimp xudolari bilan birga yerli
ma’budalar timsoli va vazifalar birlashtirildi. Axura-Mazda - Zevs, Mitra -
Zevs, Appolon, Nika -Tyuxe-Xvaninda, Anaxita-Afina, Poseydon - Vaxshu
va boshkalar. Qizig‘i shundaki, ko‘p o‘rinlarda grek xudolari yerli kiyimda,
qiyofada tasvirlangan. Masalan, Mitraninig boshidan nur sochilib turgan
kiyofasi Zevs, Gelios, Xeraklga ko‘chirilgan, yoki aksincha, yerli ma’buda
Xvaninla Gresiyada g‘alaba ma’budasi Nika (Tyuxe) ramzlari-guldasta va
uch tishli asbob bilan tasvirlangan.
Bulardan tashqari, mintaqada Dioskurlar,
Dionis e’tiqodlari ham keng tarqalgan. Grek madaniyati bilan tanishmasdan
avval Markaziy Osiyo xalqlarida xudoni inson shaklida tasvirlash bo‘lmagan.
Miloddan avvalgi V asrda eronshohlar tomonidan mintaqa bosib olingach,
xalqlar Eron orqali Ioniya va Gresiya madaniyati bilan tanishganlar. Shu
davrdan boshlab yerli xudolarni odam shaklidagi xaykal va xaykalchalarda
tasvirlaganlar. Xudolar tasviridan tashqari binolarni quyma tasvirlar bilan
bezash, kolonnalar, binolarni rejalashtirishlar ham Ellada san’ati, arxitekturasi
ta’siri ostida bo‘lgan. Xalchayonda topilgan xaykalchalar, o‘g‘il bolalar tutib
turgan gul shodalari tasviri bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Ma’lumki, Aleksandr yurishlari natijasida Sug‘diyona, Samarkand katta
talofat ko‘rgan. Ammo bu mintaqada ham hayot asta-sekin iziga tushgan,
hunarmandchilik, savdo va qishloq xo‘jaligi yo‘lga qo‘yilgan,
ellinistik va
so‘g‘d madaniyatinining ikki taraflama boyish jarayoni amalga oshirilgan.
So‘g‘diyonada ellinistik madaniyat markazi Samarqand bo‘lgan, lekin bu
49
Do'stlaringiz bilan baham: