Microsoft Word Cаидов Лотин-new doc



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/52
Sana08.06.2022
Hajmi1,8 Mb.
#643260
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
Bog'liq
markaziy-osiyo-xalqlari-tarixi compress

Savol va topshiriqlar: 
1.
 
Ahamoniylarning Markaziy Osiyoga bosqinchilik yurishlari haqida 
qanday manbalarda ma’lumotlar uchraydi? 
2.
 
Kir II ning Markaziy Osiyoni bosib olishidan asosiy maqsadi nima edi? 
3.
 
Sak va massagetlarning Ahamoniylarga qarshi kurashi haqida 
nimalarni bilasiz? 
4.
 
Ahamoniylar Markaziy Osiyoning qaysi hududlarini bosib olmadi? 
5.
 
Ahamoniylar davrida Markaziy Osiyoda davlatchilik, madaniyat, din 
qanday bo’lgan? 
33
parfiyaliklarning, saranglarning va tamanlar yerlarining chegaralarida 
yotardi. Tekislikning tepalik bilan tutashgan yeridan katta Akes daryosi 
oqib o‘tardi. Dastlab daryo besh tarmoqqa bo‘lingan va u shu yerda 
yashovchi "xalq"larning yerlarini ko‘kartirardi» degan. 
Gerodotning Osiyo haqidagi bunday ta’rifini Markaziy Osiyo tarixiy 
geografiyasini o‘rgangan tarixchi olim, geograf V.V Bartold inkor etgan va 
bu malumotni tahlil qilishdan voz kechgan (Bartold.V.V., 1965a, str.25-26. 
100-101.). 
Aksariyat tadqiqotchilar bu ma’lumotga ijobiy yondashadilar. Gerodot 
aytib o‘tgan Oks daryosini barcha tadqiqotchilar Tejen bilan tenglashtira-
dilar. Bu haqida Gerodotdan ham avvalroq yozib qoldirgan yunon muallifi 
Gekatey (er.avv. taxminan 500y.) xorazmiylarni qisman tekislikda, qisman 
tog‘liklarda, parfiyaliklardan sharqda yashagan deydi. Bu zamonaviy 
Xorazm emas, balki Marvning bir rayoni bo‘lganligi aniq. 
I.Markvart yuqoridagi aytib o‘tilgan «Avesto»dagi Aranem-Vayjoni 
«Eron (oriy) yalangligi» degan ma’noni anglatib, «Katta Xorazm» bilan 
aynan o‘xshash degan nazariyani olg‘a suradi. Uning aytishicha, «Katta 
Xorazm» Datya daryosi(Amudaryo) bo‘yida joylagan va u yerda qish 10 
oyga cho‘ziladi, ya’ni qish kattiq keladi degan edi. Biroq «Katta Xorazm» 
davlatining qachon inqirozga yuz tutganligi haqida biror fikr bildirish 
qiyin. Ammo shunisi aniqki, «Katta Xorazm»ga tegishli qator Janubiy 
viloyatlar Midiya davlati davridayok undan ajralib ketgan va keyinchalik 
Ahamoniylar davlati tomonidan bosib olingan. Miloddan avvalgi IV asrga 
kelib «Katta Xorazm»ning shimoliy qismida, Amudaryosining quyi 
xavzasidagi hududlarda Qadimgi Xorazm davlati tashkil topgan. 
Markaziy Osiyo hududida Ahamoniylarga qadar tashkil topgan ikkin-
chi davlat bu Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki ma’lu-
motlar yunonistonlik Ktesiyda uchraydi. Boshqa bir yunon solnomachisi 
Diodor esa, Ktesiy hikoyalariga asoslangan holda Ossuriya podsxosi Nin-
ning Baqtriyaga qilgan harbiy yurishlari haqida xabar beradi. Ktesiyning 
hikoyalarida tarixiy haqiqat bor. Uning ma’lumotlari miloddan avvalgi 
XIII–VI asrlarga oid bo‘lib, ularda Baqtriyaning qudrati, shon-shuhrati, 
ming minglab shahar va qishloqlari, serunum yerlari va ko‘p sonli chor-
valari haqida hikoya qilinadi. 
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik 
tadqiqot ishlari yunon mualliflarining «Qadimgi Baqtriya podsholigi» 
haqidagi hikoyalari zaminida tarixiy haqiqat borligiga ishora qiladi. Bunga 
misol qilib Janubiy Baqriyada Oltin-1 va Oltin-10 hamda Baqtra shahri 
vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashkan-
tepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklarni ko‘rsatish mumkin. Ularning har 


34
birida mahalliy hokimliklarning o‘rdasi bo‘lgan. Qadimgi Baktriya pod-
sholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi harbiy-demokratik 
tipdagi konfederatsiya edi. 
Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda bir butun yirik madaniyat markazi 
sifatida shakllangan yurtlardan biri Baqtriyadir. Uning hududini 
O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Janubiy- G‘arbiy Tojikiston yerlari, 
Shimoliy Afg‘oniston tashkil etadi. Bu yurt o‘z vaqtida Eron ahamoniylar 
davlatiga tobe sifatida katta jarima to‘lardi. 
Shunday davlat uyushmalaridan yana biri Qadimgi Baqtriya saltanati 
bo‘lgan. «Avesto»da Baqtriya «go‘zal, tog‘lari yuksak ko‘tarilgan» deb 
tasvirlanadi. Baqtriya haqida eng qadimgi ma’lumotlar ahamoniylar bitik-
larida, xususan, dunyoga mashhur Naqshi Rustam maqbarisi va Bexustun 
qoyasida uchraydi. 
Persepolda saroyidagi ganchkor rasmlarda baqtriyaliklar o‘n beshinchi 
qatorda idish ko‘targan holda va ikki o‘rkachli Baqtriya tuyalari bilan 
tasvirlangan. Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Ahamoniylar imperiyasining 
iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan. U haqidagi xilma xil 
malumotlar qadimgi yunon tarixchilari – Gerodot, Ktesiy, Strabon, Diador, 
Arrian, Kursiy Ruf, Gekatey, Skilak va boshqalarning asarlarida mavjuddir. 
Mualliflarning ta’kidlashicha, mazkur mamlakatning qadimiy bo‘lib, mada-
niyati yuksak darajada rivojlangan. Masalan, Ktesiy Ossuriya podsxosi Nin-
ning Baqtriyaga qilgan yurishi, Baqtriya podsxosi Oksiart va uning xazinasi 
haqida xabar beradi. Ktesiy tomonidan tasvirlangan xalqlar orasida baqtriya-
liklar birinchilardan bo‘lib tilga olingan. Baqtriyaning o‘zini esa u sharqqa 
joylashtiradi, g‘arb tomonidan Baqtriya «tekisligiga» boradigan yo‘lni 
«tog‘lar» to‘sib turishi, ulardan faqat «dovonlar» orqali o‘tib borilishi haqida 
yozib qoldirgan. Baqtriya Tanaisdan Xind daryosigacha cho‘zilgan. Tanais 
uni Yevropadan ajratib turadi. Bundan tashqari «Baqtriya» nomi Esxilning 
miloddan avvalgi 472 yilda sahnaga qo‘yilgan «Forslar» tragediyasida, 
shuningdek Gekatey, Skilak asarlarida ham uchraydi. 
Tadqiqotlarning chuqur tahlili qadimgi Baqtriya saltanatning 
hududlari Baqtriya o‘lkasi hududlaridan katta ekanligini ko‘rsatadi. Uning 
tarkibiga Marg‘iyona va So‘g‘d ham kirgan degan fikrni tasdiqlaydi. 
Shunisi e’tiborliki, Baqtriya tabiiy boyliklari mamlakatning tashqarisiga, 
hatto Old Osiyogacha ma’lum bo‘lgan. Ayniqsa, Badaxshon la’li barcha 
Sharq hukmdorlari orasida yuksak qadrlangan. 
Shunday qilib, arxeologik va yozma manbalarning tahlili miloddan av-
valgi birinchi ming yillikning boshlarida, Ahamoniylarning bosqinchilik-
laridan ancha oldin qudratli harbiy-siyosiy uyushmalar, ilk davlatlar bo‘lgan-
47
jamoalarn yetakchi rol o‘ynagan. Ahamoniylar sulolasi hukmronligining 
o‘rnatilishi Markaziy Osiyoning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotiga ikki xil 
ta’sir ko‘rsatdi. Bir tomondan bu yerda quldorlik tizimi rivojlanishini 
tezlashtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning xonavayron bo‘li-
shiga olib keldi. Mamlakatdan juda ko‘p boyliklar o‘lpon tarzida olib 
chiqib ketilar, usta hunarmandlar esa Ahamoniy podsholar saroylarini 
qurish uchun poytaxtga jo‘natilar edi. 
Afrosiyob shahar qoldiqlarini o‘rganish davomida arxeologik mate-
riallar, hamda antik davr tarixchilari qaydnomalaridan So‘g‘dning o‘sha 
davrdagi hayotini umumiy tarzda tasvirlash imkonini beradi. So‘g‘dning 
bu davrdagi ijtimoiy - iqtisodiy hayotida dehqonchilik asosiy rol o‘ynagan. 
Bu vaqtga kelib So‘g‘dda dehqonchilik sun’iy sug‘orish usuliga o‘tib 
bo‘lgan edi. Ahamoniylar hukmronligining so‘nggi davrida So‘g‘dda deh-
qonchilikning rivojlanganligi haqida tarixiy qo‘lyozmachalarda ko‘plab 
ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Jumladan, yunon tarixchisi Strabon, Politi-
med, ya’ni Zarafshon daryosi haqida quyidagilarni yozib qoldirgan: 
"Mahalliy yerlarni sug‘orgach, daryo sahro tomon oqib, o‘sha yerda qum-
larga singib ketadi ". Demak, Zarafshon daryosi so‘g‘diylar qazigan 
ko‘plab kanallarga qo‘shilib, so‘ngra cho‘l tomonga oqib ketgan ekan. 
Aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan qishloq 
manzilgohlari bilan bir qatorda shaharlar ham bo‘lgan. Ulardan eng yirigi 
esa Marokand shahri bo‘lgan. Shahar ichidan Siyob daryosi oqib o‘tgan. 
Arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, qadimgi Samarqand shahri 
(yoki uning markazi) Afrosiyob shahar - kal’asi o‘rnida bo‘lgan. 
Xorazm ekspedisiyasi tadqiqotlari mil. avv. VI-V asrlarda Xorazmda 
yirik aholisi manzilgohlari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Ulardan 
biri Ko‘zaliqir shahri hisoblanib, u uchburchak shaklida bo‘lib, 1 km 
masofagacha cho‘zilgan. Shahar - kal’aning tashqi perimetrlari yo‘lak-
simon bo‘lib, eni 2,5 metrdan 4 metrgacha bo‘lgan. O‘rganilayotgan davr 
Xorazm yodgorliklariga, shuningdek, Dingilja va Qal’aliqir aholi manzil-
gohlarini kiritish mumkin. 
Marg‘iyona o‘zining serhosil dalalari bilan mashhur bo‘lgan. Strabon-
ning qayd etishicha, Marg‘iyonada juda ajoyib uzum navi yetishtirilgan. 
Vu yerda Ahamoniylar sulolasi hukmronligidan avvalroq yirik aholi turar - 
joylari qadimiy ko‘targan. Ularning eng yirigi Gayurqal’a o‘rnidagi 
qadimgi Marv shahar kal’asi bo‘lgan. 
Shimoliy Parfiya (Marv) da Yelkantepa shahar - qal’asi asosiy turar – 
joylaridan biri bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlar shu davrda Marv vohasida 
yirik sug‘orish kanallari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatmoqsa. Arxeologlar 
tomonidan bu yerdan ko‘plab buyumlar topib o‘rganilgan. 
Baqtriyada ham aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. 
Kvint Kursiy Ruf Baqtriya uzumzorlari va boshqa jihatlari haqida to‘xtalsa, 


46
kirganlar va Ahamoniylarga yiliga 200 vavilon kumush talanti (talant — 30 
kg ga yaqin kumush) mikdorida xiroj to‘laganlar. Xorazm, Sug‘diyona va 
Parfiya XVI satraplik tarkibiga kirib, 300 talant to‘laganlar. 
Baqtriya XII satraplikni tashkil etib, 360 talant to‘lagan, saklar XV 
satraplikning tarkibiga kirib, 250 talant to‘laganlar. 
Ahamoniylar davlati harbiy aristokratik davlat bo‘lib, hukmron forslar 
va midiyaliklardan chiqqan boylarga tegishli bo‘lgan. 
Markaziy Osiyo mahalliy ma’muriyatining hokimiyati ham katta 
bo‘lgan. Asta-sekinlik bilan ular orasida separatizm kuchayib borgan. Qar-
shilik ko‘rsatishning markazi Baqtriya bo‘lgan. Bu satraplikning Ahamo-
niylar podsholigi tarkibidagi ahamiyagi shunchalik ediki, Baqtriya noib-
ligiga albatta Ahamoniylar xonadoniga mansub shahzodalardan tayinla-
nardi. Aynan shu satraplik tez-tez markazga qarshilik harakati olib borgan. 
Miloddan avvalgi IV asrdagi Ahamoniylar davlati kuchsizlanish jarayoni 
bu harakatni yanada kuchaytirdi. Miloddan avvalgi IV asrning 2-yarmidan 
Xorazm mustakilligini tiklaydi. Kuchsizlanib qolgan Ahamoniylar davlati 
miloddan avvalgi IV asrda Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari tomo-
nidan bosib olingan. 
Ahamoniylar davlati 200 yil hukm surdi va Markaziy Osiyo xalqlari 
tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda yirik ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, 
yagona pul tizimi, soliq tizimi, ma’muriy bo‘linish tizimi, yagona umum-
davlat yozuvi – oromiy yozuvi paydo bo‘ladi. Shuningdek, davlat pochtasi 
tashkil topadi. Qadimgi karvon yullari qayta tiklanib, yangilari ko‘riladi. 
Amaldagi turli xalqlarning qonunlari bilan birga yagona yangi davlat 
qonunlari ishlab chiqiladi. Ahamoniylar davrida xalqaro savdoga qulay imko-
niyatlar yaratiladi. Yagona davlat tarkibidagi turli xalqlar ilmiy bilimlari, 
san’ati va diniy tushunchalari bir-birlarini to‘ldirib, boyitib, barcha xalqlar-
ning boyligiga aylanadi. Ahamoniylar davrida Markaziy Osiyoliklar ilk bor 
zarb qilingan tanga pul bilan, oromiy yozuvi bilan tanishishdi, bunga Mar-
kaziy Osiyo hududlarida Ahamoniylar davrida amalda bo‘lgan tilla va boshqa 
tangalarning topilganligini dalil sifatida ko‘rsatish mumkin. Markaziy Osiyo 
xalqlari yagona davlat tarkibidagi qadimgi Elam, Vavilon, Misr sivilizatsiyasi 
bilan tanishadi. Ahamoniylar davlati madaniy hayotida Markaziy Osiyo 
xalqlari: baqtriyaliklar, xorazmiylar, sug‘diylar, parfiyaliklar, marg‘iyonalik-
lar va saklar ham muhim o‘rin egallaganlar. 
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Ahamoniylar sulolasi 
xukmronligi davridagi Markaziy Osiyo sharqiy eroniy xalqlarning ijtimoiy 
- iqtisodiy turmush tarzi g‘arbiy eronliklardan tubdan farq qilgan. 
Markaziy Osiyoda ham kuldorlik tuzumlari rivojlangan bo‘lsada. bu 
yerda u xo‘jalikning asosiy omili bo‘lib qolmadi. Bu yerda qabilaviy urug‘ 
35
ligini ko‘rsatadi. Mintaqadagi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlarni birlashtirgan 
mazkur siyosiy uyushmalar ichki taraqqiyot natijasida va shuningdek 
g‘arbdan eramizdan 9-7 asrlarda mavjud bo‘lgan qudratli Ossuriya va Midiya 
davlatlarining bosqiniga qarshi ittifoq sifatida tashkil topgan degan xulosaga 
kelish mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda va xalqaro jamoatchilikda 
“Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi Qarshi shahri tashkil topganligining 
2700 yilligi, Samarqand shahrining 2700 yilligi keng nishonlanganligi 
hududimizda sivilizatsiya asoslari bundan uch ming yillar oldin shakllan-
ganligini aniq isbotlaydi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish