Microsoft Word buyuk manaviy murshid ziyouz com doc



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/83
Sana12.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#784185
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
Botirxon Valixo\'jayev. Buyuk ma\'naviy murshid Xoja Ahror Valiy

www.ziyouz.com
кутубхонаси
40
ham bor edi. U hazrati Xojaga qarab, shunday Dedi: Mirak Hasan devon bilan muloqotda bo’lganimda 
bir gapni sizga yetkazishni topshirgan edi. Xoja hazratlari aytdilar: qanday gap ekan? Xoja Mustafo 
aytdi: Mirak Hasan shunday dedi: Sulton Ahmad mirzoning ozgina joni qolgan. Hazrati Xoja iltifot 
qilib, uni ham olsinlar-da, bizlarni undan (Sulton Ahmad mirzodan) xalos qilsalar. Xoja hazratlari bu 
gapni eshitib, kayfiyatlarida o’zgarish yuz berib, oq sochlari tik turganday bo’ldi. Qo’llarini qo’llari 
ustiga qo’ydilarda, aytdilar: bu it bizni qassoblik qilishga da’vat etmoqda. G’azablari kuchaygan, dast 
turdilarda uyga kirib ketdilar. O’nbesh kundan so’ng Mirak Hasan bir gunohi bilan Sulton Ahmad 
mirzo g’azabiga uchrab, tiriklayin terisini shilishga buyurdi». 
Xoja hazratlarining muxoliflari buning bilangina chegaralanib qolmay, balki uni savodsizlik, 
o’qimaganlikda ham ta’na qilganlar. Xuddi shu gaplar tarqalganda Samarqandning a’lam ul-ulamosi 
faqeh (islom qonunshunosi) Xoja Fazlulloh Abulaysiy Xoja hazratlarini bunday ta’nalardan juda nozik 
tarzda himoya qilgan ko’rinadi: «Ayturlarki, – deb yozadi Muhammad Qozi, – hurmatli Xoja Fazlulloh 
shayx Abulays shunday degan ekanlar: biz bu buzrugvor (Xoja Ahror)ning kamolotlarini bilmasmiz. 
Bizga shunchaligi ma’lumki, ul hazrat rasmiy tarzda kam o’qigan bo’lsalarda, ammo har kuni bizning 
oldimizga «Tafsiri Qozi»dagi (ehtimolki, XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida yashagan Sheroz qozisi 
Bayzaviyning «Anvar ul-ta’vil» nomli arab tilida yozilgan tafsiri qisqartirilgan tarzda shunday 
nomlangan bo’lsa kerak) sharhlarga nisbatan bo’lgan shubhalari bilan kelib, bizni masalada lol 
qoldiradilar. Bu karomatdan boshqa gap emas. Yoki zamonasining donishmandlaridan biri bo’lmish 
mavlono Ali Arron esa Xoja hazratlarining bilimdonliklaridan nihoyatda hayratlanar va u kishi oldida 
biror narsa aytishga botina olmasdi. 
«Mavlono Ali Arron, – deb yozadi Muhammad Qozi, – Xoja hazratlari majlisiga ko’p kelardilar. Bir 
kun Xoja hazratlari mavlono Ali Arronga murojaat qilib, aytdilar: sizning huzuringizda bizning 
gapirishimiz odobdan bo’lmas. Siz gapiring, biz eshitaylik. Mavlono Ali Arron shunday javob berdilar: 
fayzlar yetkazguvchi olam sirlaridan bevosita so’z aytuvchi hazrat oldida bizning gapirishimiz 
odobsizlik sanaladi». 
Bunday hol esa Xoja hazratlariga ta’na toshini otuvchilarga yaxshigina javob edi. Shunday bo’lsa-
da, g’iybat va ta’nalarning hammasi Xoja hazratlari mavqyeiga, uning sulton va amiru amaldorlar 
hamda shariat Peshvolari nazdidagi e’tiboriga ta’sir qilmasdan qolmasdi. Ammo Xoja Ahror 
hazratlarining fuqaroparvarligini, olijanob fazilatlarini qadrlaguvchilar unga nisbatan bo’lgan 
e’tiqodlarini susaytirgan emasdi. Shuning uchun Xoja hazratlari Andijon yoki Qarshida, Doij (Loyish) 
yoki Forobda, Motrid, Kamongaron yoki Xoja Kafshiy kabi shahar, nohiya va mahallalarda 
bo’lganlarida muxlislari e’tiqodining butunligi nazarga tashlanardi. 
«Bir yil shaharda vabo tarqalib, hamma tashvishda edi. Shu vaqtda Xoja hazratlari uydagilari bilan 
mavlono Fazlullohning Kamongaron tog’i etagida joylashgan bog’ida edilar. Hazratning muridlari va 
xizmatida bo’lguvchilar esa Vaxashti qishlog’ida edilar. Hazrat bu joyga kelib, muxlislari bilan suhbat 
qurardilar». 
Xoja hazratlarining yoshi ulg’ayaVergach, salomatligi susayib borar, ba’zan kasallanib qolardi. Bir 
marta qattiq kasallanishi va tuzalishi voqeasi Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida shunday 
hikoya qilingan: 
«Avvalgi marta kasal bo’lib qolganlarida bu kitob tuzguvchini (Muhammad Qozini) tabib olib kelish 
uchun Hirotga jo’natdilar. Bu vaqtda Xoja hazratlarining shogirdi mavlono Qosim tirik edi va Menga 
qarab, Tezda borib kelishim shartligini alohida tayinlagan edi. Men tabibni keltirganimda mavlono 
Qosim olamdan o’tgan edilar. mening Samarqanddan Hirotga borib kelishim uchun esa hammasi 
bo’lib o’ttiz besh kun vaqt o’tgan edi, xolos. Men Xoja hazratlaridan mavlono Qosimning vafoti 
sabablarini so’radim. Xoja hazratlari aytdilar: Mavlono Qosim bir kun mening huzurimga kirib, «men 
o’zimni sizga fido qildim», – deb aytdi. Men aytdim: Qosim, sen faqir kishisan, ko’pgina kishilar 
Sening qaramog’ingdalar, shuning uchun bunday qilma. Shunda mavlono Qosim aytdi: Men bu ishda 
siz bilan maslahatlashmoq uchun kelganim yo’q, bu ishni qildim va Haq subhonahu uni qabul etdi. 
Men qancha gapirsam ham u boshqa hech narsa demadi. Ertasi kuni Xoja hazratlarining kasallari 


Buyuk ma’naviy murshid 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish