www.ziyouz.com
кутубхонаси
38
odam emasmanki, urushsam. Agar urushmoqchi bo’lsangiz, bizni nima uchun olib keldingiz, sulh
tuzmoqchi bo’lsangiz, uni Nega Kechiktirayapsiz? Sizning lashkaringiz orasida turishga boshqa
toqatim qolmadi, deb aytibdi. Mirzo aytibdi: barcha ish sizning iltifotingizga bog’liqdir, siz nimani lozim
topsangiz, o’sha amalga oshguvsidir. Shunda Hazratning ishoralari bilan bir Necha kishi otlandi, ular
qatorida Men ham bor edim. Umar shayx, Sulton Mahmudlar tomon yo’l olindi. Ular ham buni eshitib,
Hazratni kutib olish uchun yarim yo’lgacha chiqdilar va birga Shohruxiyaga bordilar. Bu muloqot
vaqtida Hazrat Sulton Mahmudxonga ko’p iltifot ko’rsatdilar. Bunda sulh tuzish marosimining rejasi
Kelishib olindi. kelishuvga ko’ra, ikki lashkar saf tortib turardilar, o’rtada shohona chodir tikiladi. Ikki
tomondan sanoqli kishilar chodirga Keladilar va shu yerda Hazrat ularni kelishtiradi va sulh
shartnomasi imzolanadi. Kun oxirlashgach, Hazratning Sulton Mahmudxonga ko’rsatgan iltifotlarining
natijalari Sezila boshlandi. Bu yerdan Ketish taraddudi ko’rilayotganda Hazrat menga qarab aytdilar:
bizning risolamizni olib kelib, uni Sulton Mahmudxon huzurida o’qib bersangiz. Ertalab, kelishuvga
ko’ra, Sulton Ahmad mirzoning lashkari jubba (jangda kiyiladigan kiyim) kiymay, yarog’larini olgan
holda Talli Qahqaha degan joyda saf tortdilar. Xoja hazratlari yana Shohruxiyaga bordilar. Sulton
Mahmudxon u kishining huzuriga zudlik bilan kelgan bo’lsa-da, ammo Umar shayx mirzo biroz
hayallab, malol kelganday bo’lib keldi. Xoja hazratlari bu holni mushohada qilib, meni huzurlariga
chaqirib, zudlik bilan Sulton Ahmad mirzo oldiga borib, Umar shayx mirzoning erinib chiqqanini aytib
qo’y, toki u ham o’zining ehtiyoti choralarini ko’rib, bu masalada mening umidimda bo’lib qolmasin.
Zero, payg’ambar alayhissalom ham ehtiyot chorasini ko’rib, tuya tizzalarini bog’lab qo’y, deganlar.
Men Sulton Ahmad mirzo huzuriga borib, aytilgan gaplarni yetkazdim. Sulton Ahmad mirzo
lashkarini ergashtirib, Xoja hazratlari huzuriga otlandi. Shunday qilib, ma’lum fursat o’tgach, ikki
lashkar jubba kiymay barcha qurollar bilan qurollangan holda bir-biri qarshisida saf tortdilar. O’rtada
tiklanishi lozim bo’lgan chodirning o’rni haqida ko’p bahs bo’ldi: birov uni birinchi tomonga, boshqalar
esa ikkinchi tomonga yaqin bo’libdi, deb da’vo qila boshladilar. Muzokara cho’zildi. Birdaniga Xoja
Hazratlari peshin namozi uchun shu yerda tahorat oldilar. Shundan so’ng meni o’z huzurlariga
chaqirib, aytdilar: Sulton Ahmad mirzo huzuriga borib aytingki, Men (Xoja Hazratlari) bir kishiman,
buning ustiga qarilig’im ta’sir qilayotir, shunday bo’lsa-da, sizlar bir-birovlaringiz bilan urushmangiz,
deb harbiy yuklaringizning og’irligini ham zimmamga oldim. Boshqa kuch-qudratim va toqatim ham
qolmadi. Agar bizga e’tiqodingiz bo’lsa, unda qo’ying, chodirni qayerga tiklamoqchi bo’lsalar
tiklayversinlar.
Men Xoja hazratlarining bu so’zlarini yaxshi xulqli Sulton Ahmad mirzoga yetkazganimda, ul podsho
shunday Dedilar: mayli, chodirni qayerda tiklamoqchi bo’lsalar, tiklayVersinlar. mening yakkayu
yagona umidim va ishonchim Xoja hazratlaridirlar. Shundan so’ng chodirni ma’lum joyda tikladilar.
Sulton Ahmad mirzo ma’lum odamlari bilan kelib, chodirdan joy oldilar. keyin Xoja hazratlari borib,
Sulton Mahmudxon va Umar shayx mirzolarni kelishilgan miqdordagi odamlari bilan birga boshlab
keldilar. Ular chodirga yaqin kelib, otlardan tushdilar. Shunda Sulton Ahmad mirzo odamlari bilan
chodirdan chiqib, ularni kutib oldilar. Xoja hazratlari avval Sulton Mahmudxonni boshlab keldi, Sulton
Ahmad mirzo u bilan quchoqlashib ko’rishdi. So’ng Umar shayx mirzoni boshlab keldilar. Umar shayx
akasi – Sulton Ahmad mirzo qo’llarini olib yuzlariga surtar va yig’lardi. Sulton Ahmad mirzo ham
ukasining bo’ynidan o’par va tinmay yig’lardi. Bunday lahzani kuzatayotganlarning hammasi ham
yig’lar va ohu fig’on Chekardi. Hammalari chodir tagida joylashdilar. Shunday bir hashamatli yig’in
ediki, Men dasturxon yozishda shoshib qoldim. Ikki tomon lashkari esa, egardan tushmay, chodirni
ziyraklik bilan kuzatardilar, biror noxush harakatni sezsalar bir-birlariga qarshi kurashga tayyor
turardilar. Ovqat keltirdik. Ovqatlangandan so’ng sulh shartlarini Kelishib oldilar. Xoja hazratlari
Toshkandni Sulton Mahmudxon ixtiyorida qoldirdilar. Men sulh shartnomasini yozdim va imzolandi.
Fotiha o’qib, o’rinlaridan turdilar. O’sha kuni hammaning tilida Xoja hazratlari salobatining
ulug’vorligidan so’z borardi. Chunki o’shanda yig’ilgan yuz ming lashkar agar urushga kirishib
Ketsami, qancha falokat yuz berishi va qon to’kilishi ham mumkin edi. Xoja hazratlarining salobati,
g’ayrati va himmati tufayli bir necha soat ichida ana shuncha odamlar orasidan xusumat va
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |