www.ziyouz.com
кутубхонаси
27
esa, o’zlarining turmush tarzi oddiy va kamtarona edi... Chilla o’tirishni tark qilmasdilar. Biz bu
hazratning xonadoniga besh yil bordi-keldi qilgan ekanmiz, shu orada bir martagina go’shtli taom
yeganmiz, xolos. Bu ham besabab emasdi. Chunki shu kuni shayxning uylariga amir Feruz shohning
ukasi amir Mahmudshoh kelgan edi. Men esa, mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy bilan tashqarida o’tirgan
edim, bizning oldimizga go’shtlik taom Keltirdilar. Xoja Ubaydullohning quyidagi hikoyasi ham diqqatni
o’ziga tortadi:
«Ramazon oyida shayx Bahovuddin Umar Kozurgohdagi Xoja Abdulloh Ansoriy oromgohida uzlatda
bo’ldilar. Havo issiq bo’lishiga qaramay, o’tiradigan joyda soya bo’lmasada, u kishining muridlari
qatori men ham quyoshda o’tirdim, ancha qiynaldim. Iftor vaqtida ro’za ochilib, taom yedik. Ertasi
ma’lum bo’ldiki, biz yegan taom boshqalar – omma uchun mo’ljallangan mahsulotdan tayyorlangan
ekan. Bundan men juda qayg’urdim va keyinchalik o’z mehnatim bilan Dehqonchilik qilib, umr
kechirishimning ham, mol-mulk orttirishga intilishimning boisi ham shu hodisa bo’lgan edi. Ammo
dunyo orttirishim avlodim va suhbatdoshlarimga ancha tashvish keltirdi. Endi bilsam ulug’
mashoyixlarning ko’pi shuning uchun tarki dunyo (boylikdan voz kechish) qilar ekanlar».
Bunda muhim bir kuzatishning xulosasi bor, ya’ni Xoja Ubaydulloh Mehnat qilmay kun kechirish
yoki birovlarga mo’ljallangan narsalarga ega bo’lishga intilishdan nafratlangan hamda Mehnat bilan
orttirilgan mol-mulk ham tashvish va ko’ngilsizliklarga olib Kelajagini ta’kidlamoqda. Demak, inson o’z
ehtiyojidan ortiqcha narsaga intilib, o’ziga-o’zi kulfat va g’am-anduh orttirar ekan.
Shu bilan birga, Xoja Ahrorning ta’kidlashicha, ko’pgina mashoyixlar, jumladan, Zayniddin Xavofiy,
Bahovuddin Umarlar ham fuqaro manfaati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilishda yoki zolimlar
zulmi oldini olishda faollik ko’rsatmas ekanlar. Shuning uchun ular bunday masalalar bo’yicha Shohrux
Mirzo oldiga shaxsan bormagan ekanlar. Shayx Bahovuddin Umar esa masalalarni hal qila olish
qobiliyatiga ega bo’lmagan birovni Shohrux Mirzo va uning amaldorlari oldiga yuborib qo’ya qolar
ekan. U shaxsni xalq «shayx elchisi» der ekan. «Shayx elchisi» bozorlarda ot surib borar va biror ishni
natijali hal qila olmas ekan. Xoja Ahrorning fikricha, fuqaro manfaatlari yoki zulm va
adolatsizliklarning oldini olish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishda mashoyixlar faollik
ko’rsatib, shohlar, jumladan, Shohrux Mirzo huzuriga borganlarida, obro’lariga ziyon yetmasdi. Bu
xulosalar nihoyatda muhim bo’lib, Xoja Ahror o’z faoliyati davomida ana shularga amal qilgan.
Demak, Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, naqshbandiya tariqati namoyandalari suhbatlardan
bahramand bo’lish bilan birga moddiy va ruhiy hayot masalalariga doir o’z tushunchalariga ega
bo’lgan.
Xoja Ubaydulloh Hirotda o’zining hammaslagi Sa’diddin Qoshg’ariy bilan ko’p bo’lardi. Ular o’z
fikrlarining tasdig’i uchun polvonlar kurashi ma’rakasiga qatnashar, biror polvonning g’olib Kelishini
oldindan bashorat qilar va bu bashorat amalga oshardi. Bular Xoja Ubaydulloh, bashoratlarining
imtihoni sifatida qaralardi.
Xoja Ubaydulloh Hirotda turli toifadagi kishilar bilan ham muloqot qilar, unga nisbatan e’tiqod
qo’yar edilar. Ana shunday kishilardan biri mavlono hoji Mahmud mujallid (muqovasoz) ekan. U Xoja
Ubaydullohga shunchalik e’tiqod qo’yibdiki, oxiri faqat uning mulozamatida bo’lar va, hatto, Mashhad
shahridan otasini keltirib, Xoja Ubaydulloh bilan tanishtirib qo’yibdi.
Mavlono hoji Mahmud orada ko’rinmay qoldi, – deb hikoya qiladi Xoja Ubaydulloh – surishtirib
ko’rsam, uni mirzo Boysung’ur tavsiyasi bilan Shohrux Mirzo devonida muqovasozlik lavozimiga
tayinlabdilar. Bordim. Yaxshi joyda o’tirarkan. Turk va hindu qullar xizmatida kamarbasta, yonida bir
yigit muqovasozlik hunarini o’rganardi. Bu kim, deb so’raganimda, hoji Mahmud aytdi: Shohrux Mirzo
bu yigitga muqovasozlikni o’rgat, deb topshirdi, uning oti shayx Busa’iddir. Men kirganimda hamma
o’rnidan turdi-yu, ammo bu yigit oyoq og’rig’i tufayli turmagan edi. Shunda Men «hali Seni yuzi qaro
ko’rarman» deb ko’nglimdan o’tkazdim. Bir necha vaqt o’tgach, tobim qochdi, tabiblar bir xil doruni
ichishni va parhyez taomlar tanavvul qilishni tavsiya qildilar. Men hoji Mahmud oldiga kelib, voqeani
aytdim, u doruni topib berdi. Parhyez oshimni kim pishiradi deganda shayx Busa’id Men pishiraman
dedi. Bir kun taom pishirayotganda qo’li qozonga Tegib, qora bo’libdi, buni sezmay yuzini artibdi va
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |