www.ziyouz.com
кутубхонаси
26
kirishgan va, shu bilan birga, o’zining olijanob fazilatlari bilan ularni yangi-yangi sifatlar ila boyitgan.
Shunday qilib, Xoja Ubaydulloh birinchi marta 1427–1429 yillarda tog’asi xoja Ibrohimning
tashabbusi bilan madrasada o’qish uchun Samarqandda bo’ldi: Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida
qaynoq ilmiy-ijodiy muhit, uning zabardast namoyandalari, xususan, falsafa-tasavvuf sohasidagi
Sa’diddin Qoshg’ariy, Sayyid Qosim Anvor, Attor Samarqandiylar bilan muloqotda, o’zining bilimi va
tasavvuri doirasini kengaytirdi, o’ziga xos hurmatga ham sazovor bo’ldiki, bu xoh Sayyid Qosim
Anvorning hammaslaklariga Xoja Ubaydulloh to’g’risida bildirgan fikrlaridan ham oydinlashadi. Bu
orada Sa’diddin Qoshg’ariy va Sayyid Qosim Hirotga qaytdilar.
Xoja Ubaydulloh Samarqand muhitidan ko’pgina bahramand bo’lgan bo’lsa-da, u Hirot tomon
bormoqchi bo’ladi. Shu vaqtda xojagon tariqatining muxlislaridan biri unga murojaat qilib, Hirotga
bormang, Sa’diddin Qoshg’ariy borganidan pushaymon bo’libdi, debdi. Xoja Ubaydulloh Hirotga borish
niyatidan qaytmayajagini aytgach, o’sha muxlis shunday debdi: unday bo’lsa, iltimosim shuki, Hirotda
shayx Umar xonadonidan bahramand bo’lishga intilsangiz. Men shayxni ko’rganman, u kishi
tariqatimizning jonkuyarlaridandir.
Xoja Ubaydulloh Hirot safariga Buxoro orqali yo’lga chiqadi, Pirmastda shayx Sirojiddin huzurida
bo’ladi. Buxoroga Kelgach, mavlono Muborak shoh madrasasi hujrasidan joy olib, bobosi shayx
Xovandi Tahur muxlislaridan bo’lmish mavlono Hamididdin va Xoja Alouddin G’ijduvoniylarning
suhbatlaridan bahramand bo’ladi. Xoja Alouddin Xoja Ahrorda juda ko’p fazilatlarni kuzatar va «u
yetuk shaxs» deb aytardi.
Buxorodan Hirotga yo’l oladi. Hirot safari jarayonida Xoja Ahror asli xorazmlik bo’lgan ulug’ yoshli
Xoja Musofir nomli shaxs bilan uchrashadi. Xoja Musofir turli masalalar haqida hikoya qilardi,
jumladan, o’zi ko’rgan va shohidi bo’lgan quyidagi voqeani aytib berdi, deb eslaydi Xoja Ubaydulloh.
Men, – degan edi Xoja Musofir, – Xoja Bahovuddin Naqshband suhbatlarida ko’p bo’lganman. Menda
raqs va qo’shiqqa nisbatan kuchli moyillik bor edi. Bir kuni Xoja Bahovuddin huzurida o’yin va qo’shiq
tashkil etish maqsadida qo’shiqchilar, doyra va nay asboblarini hozirladik. Bunga Xoja nima der
ekanlar, deb o’yladik. Hazrat Xoja majlisda qatnashdilar, ammo o’yin va qo’shiqlarni man’ qilmadilar.
Faqat «inkor namekunem va in kor namekunem» (inkor qilmaymiz, ammo bu ishni qilmaymiz) deb
aytdilar.
Bu hikoyada naqshbandiya tariqatining mavjud hayot va uning barcha murakkabliklarini e’tirof
etguvchilik, xursandchilik qiluvchilarga mone’ bo’lmaslik xususiyatlari yaqqol bayon etilgan. Bular esa,
keyinchalik Xoja Ubaydulloh faoliyatida ham me’yorni saqlash sharti bilan davom ettirilgan.
Hirot shahriga yaqin bo’lgan Childuxtaron rabotida – deb hikoya qiladi Xoja Ahror, – bir shaxsni
uchratdim. Bu kishi suhbat chog’ida Xulg’utav mavZeida Bahovuddin Naqshband xalifalaridan bo’lmish
mavlono Ya’qub Charxiy haqida juda samimiyat bilan so’zladi. Buni eshitib, bu hazrat qoshiga
borsammikan, degan fikr ham tug’ildi. Ammo Hirotga yaqinlashib qolganimni nazarda tutib, avval
Hirotga borishga qat’iy qaror qildim. Xoja Ahror Hirotga yetib boradi va uning e’tirof etishicha, bu
shaharda 4-5 yil qoladi. Bu vaqt Hirotda Shohrux Mirzo hokimiyati davom etar va Hirotda ilmiy-adabiy
muhit o’zining xususiyatlari bilan mavjud edi. Hirotga kelgan Xoja Ahrorni esa, birinchi navbatda,
tasavvuf va uning namoyandalari qiziqtiradi. Shuning uchun Samarqandda orttirgan do’st va
maslakdoshi Sa’diddin Qoshg’ariyni so’rog’lab topadi va uning suhbatlarini, Hirot bo’ylab sayohatlarini
davom ettiradi. Shu bilan birga u Hirotning mashhur mutasavvuflaridan shayx Bahovuddin Umar,
shayx Zayniddin Xavofiylarning huzurida ham bo’lib, ulardan shayx Bahovuddin Umarga nisbatan
ko’proq moyillik ko’rsatar, uning suhbatlarida ko’p bo’lardi. Xoja Ubaydulloh bu haqda shunday hikoya
qiladi: shayx Bahovuddin Umar suhbatlari mening uchun unchalik foydali emasdi. Shunisi borki, bu
suhbatlar vaqtida Men o’zligimni ko’proq taniy boshladim.
Shunday ekan, shayx Bahovuddin Umarning qaysi fazilatlari Xoja Ubaydullohning diqqatini o’ziga
tortgan edi? Bunday fazilatlardan biri shundaki, eslaydi Xoja Ubaydulloh, – shayx Bahovuddin Umar
o’zlarini suhbatdoshlaridan katta tutmasdilar, nihoyat kamtar edilar, kishilar bilan samimiy va ochiq
munosabatda bo’lardilar, har kimga o’ziga munosib Keladigan tarzda muomala qilardilar. Ikkinchisi
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |