www.ziyouz.com
кутубхонаси
20
albatta, joyiga keltirmoq lozim, degan tushuncha bilan yashaganligini ko’rsatadi. Bu esa nihoyatda
muhim bo’lib, oddiy mehnatkash kishilarni hamisha ulug’lash va kishining o’zi ham kamtar bo’lishi
kerakligi g’oyasi bilan sug’orilgandir.
Xoja Ahror maktabda o’qish jarayonida o’sha davr taomiliga ko’ra «Chor kitob», «Haftiyak»,
«Qur’on» va Hadislarni hamda maktabda o’qitiladigan boshqa fanlarni o’qigan, tasavvuf sohasida
yaratilgan asarlarni mutolaa qilishga kirishgan. Uning xotirasi yoshlikdan mustahkam bo’lib, o’tgan
voqealar, suhbatlarning mazmunini keyinchalik qiyinchiliksiz esga olardi. Jumladan, Qozi shunday
yozadi:
«(Xoja Ahror) aytur edilarki, Men kichik edim va maktabga borardim. Yo’lda ikki kishining o’zaro
gaplashib turganini ko’rdim. Ularning biri ikkinchisiga shunday der edi: agar qopag’on itga duch kelib
qolsang, undan qutulishing qiyin bo’ladi. Bu vaqtda itning egasini yordamga chaqirib, uning panohida
qopag’on itdan qutulish mumkin. Endilikda zolimlar zulmidan qutulish yo’li yo’q ekan, yagona tadbir
bu Haq taologa murojaat qilib, undan zolimlardan qutulishga ko’maklashishni iltimos qilib
so’ramoqdir».
Xoja Ahror tug’ilgan xonadon vakillari o’qimishli kishilar bo’lishgan. Ana shulardan biri Xoja
Ahrorning tog’asi Xoja Ibrohimdir. Xoja Ibrohimning tarjimai holidan ayrim lavhalar bizga ma’lum.
Jumladan, Xoja Ibrohim XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Samarqanddagi Egu Temur nomi bilan
yuritiladigan madrasada ta’lim olgan va shu yerda istiqomat qilgan (bu madrasa hozir saqlanmagan
va qayerda joylashgani ham aniqlanmagan). Xoja Ibrohim o’sha zamonning mashhur olimlaridan
bo’lmish va shu madrasada yashovchi Sayyid Sharif Jurjoniydan (1377–1411) ta’lim olgan. Shu bilan
bir qatorda samarqandlik ulamolardan Xoja Alouddin Attorlarning suhbatlaridai bahramand bo’lgan.
keyinchalik esa bu ulamo avlodidan bo’lmish mavlono Muhammad Attor Samarqandiy, uning o’g’li
mavlono Hasanlar haqida Xoja Ahror nihoyat samimiyat bilan so’z yuritadi. Jumladan, mavlono
Muhammad Attor va uning o’g’li Mavlono Hasanlarning xojagon tariqatining aziz va sodiq
davomchilari ekanliklari qayd qilinib, ularning asosiy marom va maqsadi xalqqa foyda Keltirishga
intilish ekanligi uqtiriladi. Ular o’z muridlariga aytar edilarki, «bir musulmonga naf’ yetkazish uchun
intilmoq kerak». Shu maqsadda mavlono Muhammad Attor har yili shahar darvozabonlariga meva va
turli xil shirinliklar yetkazib berar ekan. Bundan maqsad agar biror faqirning ishi ularga tushib qolsa,
yordamlari tegar, deb o’ylar ekan. Aytishlaricha, Xoja Alouddin Attor, mavlono Muhammad Attor va
Hasanning qabrlari shayx Attor Samarqandiy nomi bilan shahardagi xon Sayyid imom qabristonida
ekan. Bularning hayoti va faoliyati davri XIV asr oxiri va XV asrlarga mos keladi.
Shunday qilib, Xoja Ahrorning tog’asi Ibrohim Samarqandda Egu Temur madrasasida ekanligi
vaqtida zamonasining mashhur allomalari bilan muloqotda bo’lib, o’zi ham e’tiborli shaxslardan biriga
aylangan. Shuning uchun u jiyani Xoja Ubaydulloh (Xoja Ahror)ning ham ana shu muhitda bo’lishini,
ma’lumotini oshirishini istar edi. Bu haqda Xoja Ahror keyinchalik shunday hikoya qilgan ekan:
«Tog’am o’qishni davom ettirishimni juda ham istar edilar. Shu maqsadda meni Shoshdan
Samarqandga olib keldilar». Ayrim ishoralarga ko’ra bu voqea Xoja Ahrorning 23–24 yoshligi vaqtida,
ya’ni 1427 yilda sodir bo’lgan ekan. Ma’lumki, bu davrda Samarqandda Mirzo Ulug’bek tashkil etgan
ilmiy-adabiy muhit nihoyatda shuhrat qozonib, o’sha zamonning mashhur allomalari Qozizoda Rumiy,
G’iyosiddin Jamshed, Fazlulloh ibn Abdulvohid Abulays, Sa’diddin Qoshg’ariy mavlono Sakkokiy,
Bisotiy, Amir Sayyid Qosim Anvor kabi shoir va adiblar ilm-fanning turli sohalarida faoliyat ko’rsatar
edilar. Shu bilan bir qatorda bu alloma va adiblar o’sha davrdagi Samarqandda mavjud bo’lgan
Ulug’bek madrasasi, amir Shohmalik madrasasi, Egu Temur madrasasi, Firuzshoh madrasasi,
Saroymulkxonim madrasasi (madrasai xonim), mavlono Qutbiddin sadr madrasasi, Fazlulloh Abulays
xonaqosi kabi ilm dargohlarida ta’lim olayotgan tolibi ilmlarga dars aytib, ma’ruzalar qilib, yosh
avlodni ilm-fanning sirlaridan xabardor qilardilar. Bundan tashqari, Mirzo Ulug’bekning tashabbusi
bilan qurilayotgan turli xil imoratlar (Chinixona, Rasadxona), bog’larni bino qilishda donishmand
me’morlar, mohir naqqoshu rassomlar, zarkorlar ham to’plangan edilar. Shuning natijasida o’sha
davrda Samarqand ilmu fan va turli xil hunarmandchilikning markaziga aylanib, ilmiy-ijodiy va
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |