www.ziyouz.com
кутубхонаси
21
go’zallik yaratishga ishtiyoq jarayoni keng miqyosda davom etardi.
Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror tog’asi xoja Ibrohim bilan birinchi marta Samarqandga kelganida ana
shu muhitning guvohi bo’lgan edi. Xoja Ibrohim jiyani Ubaydullohni shahardagi mavlono Qutbiddin
madrasasiga joylashtirdi, Xoja Ubaydulloh shu madrasa hujralaridan birida yashab, o’qishni boshladi.
Tog’asi har zamon undan xabar olar, o’qishga astoydil kirishish zarurligini uqtirib turardi. Xoja
Ubaydulloh mavlono Qutbiddin sadr madrasasida o’qishni boshlash bilan birga boshqa ilm dargohlari
– madrasalarda yashaguvchi alloma va tolibi ilmlar bilan tanishadi. Ana shunday allomalardan biri
Sa’diddin Qoshg’ariy edi.
Sa’diddin Qoshg’ariy (vafoti 1456 yil, Hirot shahrida) naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan
namoyandalaridan bo’lib, xuddi shu davrda Samarqandda edi. Fazlulloh Abulays xonaqosida yashab,
undan fiqh, arabiyatdan bahramand ham bo’lar edi. Xoja Ubaydulloh bu alloma bilan munosabatda
bo’lib, uning naqshbandiya tariqatiga doir suhbatlariga qatnashar va o’zi ko’pgina masalalarni aniqlab
olardi. «Bir kun, – deb hikoya qiladi Xoja Ahror, – Fazlulloh Abulays xonaqosi oldidan o’tayotgan
edim, bir do’stim Men «bu xonaqoda birov kasal bo’lib yotibdi, shuni ko’rib o’taylik», dedi. Xonaqoga
kirdik, qarasam, bu kasal mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy ekan, hol ahvol so’radim. Hasba (tif) kasaliga
uchrab, ahvoli og’ir ekan. Uni ko’rishga kelganlar chiqib ketdilar va Men yolg’iz qoldim. Mavlonoga
qarovchi biror kishi yo’qligi sababli mavlono tuzalgunga qadar unga qarashdim. Mavlono tuzaldi,
ammo Men shu kasallikka chalinib, Mavlono Qutbiddin sadr madrasasidagi hujrada yotib qoldim».
Kasallik uzoq davom etadi va shu tufayli Xoja Ahror jismoniy jihatdan ancha kuchsizlanib qoladi.
Ana shu kunlarda tog’asi xoja Ibrohim o’qishning qolib ketayotganligini oraga solgach, Xoja Ahror
unga qarab, men o’qishni davom ettira olmasam kerak, chunki salomatligim bunga imkon bermaydi,
deb aytadi. Shundan so’ng xoja Ibrohim «men bunchalik bilmas ekanman, unday bo’lsa, qanday
tarzda mashg’ulot qilishni o’zing bilasan», deb javob beradi. Shundan so’ng Xoja Ahror madrasa
dasturi bilan o’qishni davom ettirmaydi. Shuni nazarda tutib, keyinchalik o’zi bir suhbatda aytgan
ekan: «Bizning madrasada olgan ta’limimiz «Masobeh» kitobining bir varag’ini o’qishdan nariga o’tgan
emas». Ma’lumki, Xoja Ahror tilga olgan «Masobeh» kitobi, aniqrog’i «Masobeh us-sunna» Abu
Muhammad al-Husayn bin Mas’ud al-Marvarrudiy al-Bag’dodiy (vaf. 112 m. yil) qalamiga mansub
bo’lib, u payg’ambar alayhissalomning hadislari to’plamidir. Bu kitob o’sha davrdagi madrasalar o’qish
dasturi bo’yicha o’qitiladigan asarlardan biri edi. Unga turli sharhlar yozilib, ular ham o’qitilardi. Kitob
arab tilida bitilgandan ma’lumki, Xoja Ahror turkiy va forsiy tillar bilan birga arab tilini ham bilar va bu
tilda yozilgan asarlarni mutolaa qilardi. Xoja Ahrorning madrasa ta’limini oz olgani haqidagi e’tirofi
Bejiz emas. Chunki keyinchalik muxoliflari uni o’qimaganlikda ayblashga intilardilar va orqasidan
«qishloqi shayx» deb Mensimas edilar. Bu e’tirof ana shularga javob tarzida aytilgandek tuyuladi.
Madrasa ta’limini salomatligi yomonlashgani sababli davom ettirolmagan bo’lsada, ammo u
mustaqil mutolaa qilar hamda o’sha davrning zabardast ulamolari bilan muloqot va suhbatlarda bo’lib
o’zining bilimini oshirardi. Xoja Ahror hatto shaxsiy hayotidan ham voz kechib, o’qish va mutolaani,
suhbatlardan bahramand bo’lishni afzal ko’rgan. Bu jihatdan Muhammad Qozi tomonidan Keltirilgan
quyidagi hikoya e’tiborga loyiq: Samarqanddagi shayxlardan biri Sa’diddin Qoshg’ariyga shunday
debdi: Xoja Ubaydulloh (Xoja Ahror)ga ayting, singlimning qizini – jiyanimni o’z nikohiga olsin.
Sa’diddin Qoshg’ariy bu gapni Xoja Ahrorga yetkazganda, Xoja Ahror shunday javob beribdi: men o’z
viloyatim va ma’rifatgohimni tark etib kadxudo (uylanish, kuyov) bo’lish uchun bu shaharga kelgan
emasman, balki mening maqsadim ulamo va allomalar suhbatidan bahramand bo’lmoqdir.
Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun ko’p mutolaa qildi, suhbatlarda bo’ldi. Buning isboti
uchun Xoja Ahror suhbatlarida tilga olingan va misollar keltirgan quyidagi manbalarni eslatish
mumkin: Muhiddin ibn al Arabiyning «Fusus al-hikam», Imom Muhammad al G’azzoliyning asarlari,
Imom Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning «Al-joMe’ us-sahih», Abdulloh Ansoriyning
«Manozili soirin», Abdurazzoq Koshiyning «Sharhi Manozili soirin», Farididdin Attorning «Tazkirat ul-
avliyo», ibn Jullobiyning «Kashf ul-mahjub», Xoja Muhammad bin Ali Hakim Termiziy asarlari, shayx
Xovandi Tahur, Xoja Muhammad Porsoning (vaf. 1419) xojagon tariqati masalalariga bag’ishlangan
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |