www.ziyouz.com
кутубхонаси
16
imomi shayx Abu Bakr Muhammad bin Ali bin Ismoil Qaffoli Shoshiyning muridlari bo’lgach, ul
kishining xizmati uchun Toshkentga kelib, turg’un bo’lib qolganlar.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy (shayxning tug’ilgan yilini aniqlay olmadik. Uning
vafoti yili ba’zi manbalarda 366 h. – 976–977 m. yil Deyilsa, ayrimlarida 427 h. – 1035–1036 m. yil
deb ko’rsatiladi. Ehtimolki, bulardan biri tug’ilgan yili bo’lishi mumkindir. Buni yana aniqlash lozim) o’z
zamonining taniqli ulamolaridan bo’lib, tafsir va fatvo bobida ko’pgina kitoblar bitganlar. Ul jumladan,
«Shavohid un-nubuvva», «Daloil al-qibla»lardir. Imom G’azzoliy, Imom Roziy, Imom Navviylarning
kitoblarida Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiyning asarlariga murojaatlar bor.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z vaqtlarini uch qismga bo’lgan edilar: bir yil Rum
tomonidagi G’azo shahriga borardilar, ul vaqtlarda Rumda islom yoyilmagan ekan; bir yil hajga
borardilar va yana bir yil viloyatlarida bo’lib, xalqni Haq tomon da’vat qilurdilar. Bu to’plamni
tuzuvchining aqidasiga ko’ra, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy Rum tomonidagi G’azo
shahriga borganlarida Xoja Muhammad Nomiy ul hazratda valiylik va yo’lboshlovchilik fazilatlarini
mushohada qilib, murid bo’lganlar va ul kishining xizmati uchun Shoshga kelib, turg’un bo’lib
qolganlar. Ayrimlar Muhammad Nomiy Xorazmda deb aytsalarda, ammo, bizningcha, yuqoridagi holat
haqiqatga yaqindir. Shayx Qaffoli Shoshiy bir Necha marta Bag’dod va G’azoga borganlar va bu
to’g’riroqdir.
Ayturlarkim, hazrati shayx Abu Bakr Qaffoli bir marta hajga borayotib, Bag’dodga kiribdilar.
Shaharda tashvish va besarishtalik hukm surarkan. Buning sababi shu ekanki, Rum sultoni Bag’dod
podshohiga ibri tilida juda murakkab uslubda chiroyli noma yuboribdi, unda uch ishdan birini bajarish
lozimligi aytilgan ekan; birinchisi, nomaga shunday javob yozmoq; ikkinchisi, agar bu muyassar
bo’lmasa, boylik jo’natmoq va agar bul ham qabul qilinmasa, unda uchinchisi – urushga tayyor
bo’lmoq kerakligi. Bag’dodliklar rumiylar bilan urushmoqqa tayyor emasdilar hamda Rum podshohi
talab qilgan miqdordagi boyliklari ham yuq edi. Shuning uchun ibri tilida javob xat yozishni
ma’qulladilar. Shu maqsadda Bag’doddagi ulamo va fozillarni to’plab xatga javob yozish lozimligini
aytdilar, Lekin uni hech kim yoza olmadi. Rum podshosining elchisi esa javobni Tezlashtirishni har gal
eslatardi. Xuddi shu vaqtda shayx Abu Bakr Qaffol Bag’dodga kirib borgan edi.
Turkistondan bir donishmand kelganligi haqidagi gap shaharga tarqaldi. Bu xabar Bag’dod
podshosiga borib yetdi. Podshoh odamlarini yuborib, shayx Abu Bakr Qaffolni hurmat bilan saroyga
Keltirdi. Podshoh shayx Abu Bakr Qaffolga maqsadini aytib, unga Rum sultonining nomasini berdi.
Shayx Abu Bakr Qaffol yetmish ikki tilni bilardi. Shuning uchun xatni o’qib chiqdiyu, bir shart bilan
javob yozaman dedi. Podshoh ul shart nima deb so’radi. Shayx aytdi: podshoh hazratlari amir ul-
mo’minin Usmonning mushafi (qur’oni)ni menga bersalar, javob yozurman. Podshoh bu shartga
ko’nmadi, ammo javob yozishni iltimos qilaVerdi. Shunda podshoh ulamo va amirlar bilan Kengashdi.
Ular aytdilar: shartni bajarmasangiz, xatning javobini yozmaydi. Shartni qabul qilib, mushafni bering.
Shundan so’ng ko’p oltin berib, qaytib olarmiz, agar yo’q desa, zo’rlik bilan ham mushafni olurmiz.
Podshoh rozi bo’lib, amir ul-mo’minin Usmonning qur’onini shayx Abu Bakr Qaffolga berdi. Qur’onni
olgan shayx podshohning asl maqsadini ham sezdi. Xatga javob yozish uchun podshohdan o’n kun
muhlat so’radi. Podshoh rozi bo’ldi. Shayx podshoh oldidan chiqib o’zining nihoyat ziyrak shogirdini
uchar otga mindirib, Qur’onni unga berib, o’n kun ichida Tabrizga yetib borishi lozimligini aytib, uni
jo’natdi. Shundan so’ng ibri tilida nihoyat go’zal javob xatini yozdi. O’n kundan so’ng podshoh chopari
kelib, xatni so’radi. Shayx hazratlari Rum sultonining nomasi va unga yozgan javobini podshoh oldiga
olib bordilar va uni o’qib berdilar. Bunday go’zal javob xatni eshitib hamma hayratda qoldi. Elchi xatni
olib Rumga Ketdi. Rum sultoni uni o’qigach, aytdi: shunisi ma’lumki, bunday javob yozguvchi
Bag’dodda yo’qdir. Bas shunday ekan, uni kim yozdi? Elchi aytdi: bu xatni Turkistondan kelgan bir
donishmand yozdi, chunki bag’dodlik ulamo uni yozishdan ojiz qolgan edilar. Rum sultoni ham
shundayga o’xshaydi, deb aytdi.
Ul mushaf (qur’on) Xorazmshoh Shoshni xarob qilgan zamonda Abu Muso mahallasidan g’oyib
bo’lgan edi.
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |